Muallif Mavzu: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?  ( 5748 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Assalomu alaykum.

Har kimga o'zini uyida o'tirish nasib qilsin iloyim. Peshona teri bilan uy sotib olish, qurishga nima yetsin.

O'tgan yili qaynotam ko'p qavatli uy sotib oldilar, biz o'tiribmiz bu uyda.

Bir necha oy o'tgandan keyin uydagi bazi kamchiliklarni ko'rdik, bazilaridan afsuslandik.

Bu mavzuda uy sotib olayotganda (asosan domdan) nimalarga e'tibor berishimiz kerakligi haqida yozib o'tsak, balki bazilarimizga foydasi tegar.

1. Uyda dasturxon silkalaydigan joy yo'q, chunki har taraf yo domni hovlisiga, yoki yo'lakka to'g'ri keladi.

2. Oshxonani fortochkasi yo'q, balkon eshigini ochishga to'qri keladi, bu esa qishda qiyinchilik tug'diradi.

3. Bola xonasi asosiy eshikka yaqin, oshonani devori bilan bolani xonasi tutash. Domni ichidagi butun ovozlar, oshonadagi tiqir tiqirlar bolaga eshitilib, uni uyqudan uyg'onishiga sabab bo'lyabdi.


Odildustov

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 10
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #1 : 28 Iyun 2011, 12:16:31 »
1. kup qavatli uylarda urta uy: urta podyezd urta etaj yahshi, hovli uylarda burchakdagi uy yahshi.
2. uyni skeleti birinchi navbatda turadi. uning ichki dekoratsiyasi remonti ikkinchi darajali. honalarning ichma ichligi, bir honadan ikkinchisiga utilmasligi, tualeti bilan hammomi alohida bulishiga ham yahshigina qaraladi.

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #2 : 28 Iyun 2011, 12:36:37 »
ha to'gri domda yashashni o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi, ayniqsa bolajon o'zbeklarga hecham to'gri kemaydu, qanchalik qulaylashtirmang hovliga ketvorishadi baribir. Bizam domdamiz, akamni hovlisi bor, ayam dadam domda turolmiydilar, siqilamiz deb, ketvorishadi hovliga, ayniqsa yoshi birjoyga borib qolganlarga bo'miydi. Yoshlarga, ishlayotgan odamga qulay kvartirada yashash.
savoliizga kelsak
Domda dasturxondan chiqadigan non ushoqlarini alohida xaltaga yig'amiz, kegin yaqin hovlilardan bolalar kelishadi bervoramiz. yoki hovliga borganda obketamiz
Oshxonani esa balkonga ko'chirdik, balkonda havo almashinuvi yaxshi ham bitta xonaga ko'paydi.

Uy olma qo'shni ol deydilar
uy olayotganda qo'shnilarga ham etibor berish kerak
qo'shni bilan chiqishomay kochib ketganlar ham bor

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #3 : 29 Iyun 2011, 07:23:35 »
 :asl3:

Kvartira oldi-sotdisi sohasida ozgina ishlab ko'rganman.Shunga tayanib ba'zi fikrlarni sizlar bilan o'rtoqlashsam:

1.Uy sotib olayotganda uning joylashgan joyi juda ham muhim va uyingiz atrofidagi joylashgan binolar ham ahamiyatga loyiq.Chunki ko'pchilik bog'cha,maktablarga yaqin bo'lgan uylarni yaxshi ko'radi.O'zbekchilik bolam yaqinroqda bo'lsin deyishsa kerak  :) Keyin siz olayotgan uy oldida sizga yoqmaydiganroq joy bo'lishi ham mumkin.Masalan:Toshkentdagi bir mavze o'rtasida qbriston joylashgan edi va ko'pchilik u yerdagi uylarni sotib olishni xohlamas edi.Transport qatnovi kam joylardan ham uy olish biroz noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

2.Humayro aytganlaridek qo'shni masalasi ham bor.Chunki Xudo ko'rsatmasin yomon qo'shniga uchrab qolsangiz tinchkina yashashni orzu qilib qolishingiz ham mumkin.Bejiz aytishmagan "Uy olma qo'shni ol" deb.

3.Uy(kvartira)olayotganda eng yaxshi qavatlar 2-3 qavatdir.1-qavat tagingizda yerto'la bo'lsa sal xavfliroq,tepa qavatlarga esa ba'zida chiqish malol kelib qolishi mumkin,lekin bu sog'liqqa foydali  ;) .Olayotgan uyingiz chetda bo'lib qolmasligi kerak iloji boricha.Binolarning chet qismida joylashgan uylar(bunday uylar "tartsavoy"deyiladi,o'zbekchasiga bilmadim qanday bo'ladi)  devoridan sovuq yomon o'tib ketadi.Bino g'ishtdan qurilgan bo'lsa ham bu narsa bilinadi.Shuning uchun iloji boricha o'rtada joylashgan uylarni sotib olish kerak.

Hozircha shular yana ma'lumot kerak bo'lsa biz tayyor.
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #4 : 06 Iyul 2011, 22:34:30 »
Qo'shnilargayam e'tibor berib surishtirib ko'rish kerak. Ahir yon qo'shni jon qo'shni,qo'shning tinch sen tinchlar bekorgamas.:-)

akula

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 177
  • -oldi: 189
  • Xabarlar: 237
  • Jins: Erkak
  • Textileluxe.ru
    • Textileluxe.ru
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #5 : 07 Iyul 2011, 00:56:16 »
manga chekka bulsa ham tinj joy bulsa yaxshi niyatim inshaolloh qishloqdan 6 sottukli yer olib chiroyli qilib uy qurish dam olish uchun  shaxardan bezor buganda mazza qilib ona tabiatdan baxra olish uchun ...
Olloh yakkayu yagona  va undan o'zga iloh yoqdur

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #6 : 07 Iyul 2011, 03:53:09 »
manimcha muhimi domni eski yoki yangiligiga qarab olish kere..

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #7 : 11 Iyul 2011, 13:10:19 »
Fikrlar uchun rahmat forumdoshlar. Ha, uy sotib olish uchun hamma tarafni hisobga olish kerakligi javoblardan ham ko'rinib turibdi.

"Uy olma, qo'shni ol" degan dono xalqimiz...

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #8 : 11 Iyul 2011, 14:58:20 »
Real estateda eng muhum narsani triple L diyiahadi, location, location, location...uyni qayerda joylashgandi juda.muhum!
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #9 : 11 Iyul 2011, 15:11:10 »
Real estateda eng muhum narsani triple L diyiahadi, location, location, location...uyni qayerda joylashgandi juda.muhum!

Tarjimon xonim, tarjimayam qivararsiz ;D

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?
« Javob #10 : 19 Iyul 2012, 16:51:26 »
Uy tepa qavatda bo'lgani yaxshi, lekin lift ham tez-tez buzilmidigan bo'lishi kerak.
Aksariyat domlar SSSR payti qurilgan ko'pning lifti tez-tez buzilib turadi.
Chilonzorda bir dom bor tanishimiz shu domning 9-qavatida yashaydi, ayoli xomilador, lift esa qachondan beri ishlamas ekan.
Lift yaxshi ishlasa (bu esa shahar markazlarida yaxshiroq) yuqori qavatda yashaysizmi yo'qmi farqi yo'q.
Yana bir + si bolangizni kolyaskada ko'chaga olib chiqsangiz ham qulay.
4-5 qavatli binolarda esa lift bo'lmaydi, tabiiyki kolyaskani 2-3... etajdan qo'lda ko'tarib chiqishingizga to'g'ri keladi.

4 va 5 qavatli beton uylarning eng yuqori qavatini tavsiya etmayman.
Issiqda tomdan issiq o'tadi, sovuqda sovuq, yomg'irlarda suv o'tadi.  :)
Har yil remont qilishga to'g'ri keladi.

Qo'shni masalasini ham aytib o'tish kerak.
Chunki atrofingizda hammasi ho'mraygan ruslar bo'lsa ana...
Biri ichadigan-alkash, biri sigaret chakib padezniyam tutatib yuborsa...
O'zbekka yetmidi, salom alik qilasiz, keragida yordam beradi.

Yana bir narsa transport qatnovi yaxshi bo'ladigan joylar yaxshi, ayniqsa ishlaydigan, ko'p yuradigan odamlarga.
TTZ da Diadora degan joy bor, TTZni markazi desa ham bo'ladi, adashmasam 8-10 xil marshrutka o'tadi Chorsu-Oloy tarafga, lekin birontasiga chiqa olmaysiz  ;D juda qiyin.

 

Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?

Muallif Shokir63Bo'lim Umumiy

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 12364
So'nggi javob 08 Mart 2011, 05:14:01
muallifi ibnUyayna
1 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatlanishida e'tibor berishingiz kerak bo'lganlar!

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 6223
So'nggi javob 03 Fevral 2011, 19:56:26
muallifi Ansora
Forumga moderatorlar kerak

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 133
Ko'rilgan: 49778
So'nggi javob 19 Sentyabr 2008, 06:17:05
muallifi AbdulAziz
Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

Muallif Muslima_subhBo'lim Umumiy

Javoblar: 814
Ko'rilgan: 324791
So'nggi javob 03 May 2016, 10:51:47
muallifi Solihatun
Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari

Muallif MaxCmdBo'lim Darsxona

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8823
So'nggi javob 27 Sentyabr 2006, 08:33:35
muallifi MaxCmd