Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?  ( 9806 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  22 Iyun 2011, 17:29:44

Assalomu alaykum.

Har kimga o'zini uyida o'tirish nasib qilsin iloyim. Peshona teri bilan uy sotib olish, qurishga nima yetsin.

O'tgan yili qaynotam ko'p qavatli uy sotib oldilar, biz o'tiribmiz bu uyda.

Bir necha oy o'tgandan keyin uydagi bazi kamchiliklarni ko'rdik, bazilaridan afsuslandik.

Bu mavzuda uy sotib olayotganda (asosan domdan) nimalarga e'tibor berishimiz kerakligi haqida yozib o'tsak, balki bazilarimizga foydasi tegar.

1. Uyda dasturxon silkalaydigan joy yo'q, chunki har taraf yo domni hovlisiga, yoki yo'lakka to'g'ri keladi.

2. Oshxonani fortochkasi yo'q, balkon eshigini ochishga to'qri keladi, bu esa qishda qiyinchilik tug'diradi.

3. Bola xonasi asosiy eshikka yaqin, oshonani devori bilan bolani xonasi tutash. Domni ichidagi butun ovozlar, oshonadagi tiqir tiqirlar bolaga eshitilib, uni uyqudan uyg'onishiga sabab bo'lyabdi.


Qayd etilgan


Odildustov  28 Iyun 2011, 12:16:31

1. kup qavatli uylarda urta uy: urta podyezd urta etaj yahshi, hovli uylarda burchakdagi uy yahshi.
2. uyni skeleti birinchi navbatda turadi. uning ichki dekoratsiyasi remonti ikkinchi darajali. honalarning ichma ichligi, bir honadan ikkinchisiga utilmasligi, tualeti bilan hammomi alohida bulishiga ham yahshigina qaraladi.

Qayd etilgan


Humayro  28 Iyun 2011, 12:36:37

ha to'gri domda yashashni o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi, ayniqsa bolajon o'zbeklarga hecham to'gri kemaydu, qanchalik qulaylashtirmang hovliga ketvorishadi baribir. Bizam domdamiz, akamni hovlisi bor, ayam dadam domda turolmiydilar, siqilamiz deb, ketvorishadi hovliga, ayniqsa yoshi birjoyga borib qolganlarga bo'miydi. Yoshlarga, ishlayotgan odamga qulay kvartirada yashash.
savoliizga kelsak
Domda dasturxondan chiqadigan non ushoqlarini alohida xaltaga yig'amiz, kegin yaqin hovlilardan bolalar kelishadi bervoramiz. yoki hovliga borganda obketamiz
Oshxonani esa balkonga ko'chirdik, balkonda havo almashinuvi yaxshi ham bitta xonaga ko'paydi.

Uy olma qo'shni ol deydilar
uy olayotganda qo'shnilarga ham etibor berish kerak
qo'shni bilan chiqishomay kochib ketganlar ham bor

Qayd etilgan


Sadulla  29 Iyun 2011, 07:23:35

 :asl3:

Kvartira oldi-sotdisi sohasida ozgina ishlab ko'rganman.Shunga tayanib ba'zi fikrlarni sizlar bilan o'rtoqlashsam:

1.Uy sotib olayotganda uning joylashgan joyi juda ham muhim va uyingiz atrofidagi joylashgan binolar ham ahamiyatga loyiq.Chunki ko'pchilik bog'cha,maktablarga yaqin bo'lgan uylarni yaxshi ko'radi.O'zbekchilik bolam yaqinroqda bo'lsin deyishsa kerak  :) Keyin siz olayotgan uy oldida sizga yoqmaydiganroq joy bo'lishi ham mumkin.Masalan:Toshkentdagi bir mavze o'rtasida qbriston joylashgan edi va ko'pchilik u yerdagi uylarni sotib olishni xohlamas edi.Transport qatnovi kam joylardan ham uy olish biroz noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

2.Humayro aytganlaridek qo'shni masalasi ham bor.Chunki Xudo ko'rsatmasin yomon qo'shniga uchrab qolsangiz tinchkina yashashni orzu qilib qolishingiz ham mumkin.Bejiz aytishmagan "Uy olma qo'shni ol" deb.

3.Uy(kvartira)olayotganda eng yaxshi qavatlar 2-3 qavatdir.1-qavat tagingizda yerto'la bo'lsa sal xavfliroq,tepa qavatlarga esa ba'zida chiqish malol kelib qolishi mumkin,lekin bu sog'liqqa foydali  ;) .Olayotgan uyingiz chetda bo'lib qolmasligi kerak iloji boricha.Binolarning chet qismida joylashgan uylar(bunday uylar "tartsavoy"deyiladi,o'zbekchasiga bilmadim qanday bo'ladi)  devoridan sovuq yomon o'tib ketadi.Bino g'ishtdan qurilgan bo'lsa ham bu narsa bilinadi.Shuning uchun iloji boricha o'rtada joylashgan uylarni sotib olish kerak.

Hozircha shular yana ma'lumot kerak bo'lsa biz tayyor.

Qayd etilgan


siddiqa  06 Iyul 2011, 22:34:30

Qo'shnilargayam e'tibor berib surishtirib ko'rish kerak. Ahir yon qo'shni jon qo'shni,qo'shning tinch sen tinchlar bekorgamas.:-)

Qayd etilgan


akula  07 Iyul 2011, 00:56:16

manga chekka bulsa ham tinj joy bulsa yaxshi niyatim inshaolloh qishloqdan 6 sottukli yer olib chiroyli qilib uy qurish dam olish uchun  shaxardan bezor buganda mazza qilib ona tabiatdan baxra olish uchun ...

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  07 Iyul 2011, 03:53:09

manimcha muhimi domni eski yoki yangiligiga qarab olish kere..

Qayd etilgan


Ansora  11 Iyul 2011, 13:10:19

Fikrlar uchun rahmat forumdoshlar. Ha, uy sotib olish uchun hamma tarafni hisobga olish kerakligi javoblardan ham ko'rinib turibdi.

"Uy olma, qo'shni ol" degan dono xalqimiz...

Qayd etilgan


BelleQizcha  11 Iyul 2011, 14:58:20

Real estateda eng muhum narsani triple L diyiahadi, location, location, location...uyni qayerda joylashgandi juda.muhum!

Qayd etilgan


Ansora  11 Iyul 2011, 15:11:10

Real estateda eng muhum narsani triple L diyiahadi, location, location, location...uyni qayerda joylashgandi juda.muhum!

Tarjimon xonim, tarjimayam qivararsiz ;D

Qayd etilgan