Uy sotib olayotganda nimalarga e'tibor berish kerak?  ( 9811 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Mahdiyah  19 Iyul 2012, 16:51:26

Uy tepa qavatda bo'lgani yaxshi, lekin lift ham tez-tez buzilmidigan bo'lishi kerak.
Aksariyat domlar SSSR payti qurilgan ko'pning lifti tez-tez buzilib turadi.
Chilonzorda bir dom bor tanishimiz shu domning 9-qavatida yashaydi, ayoli xomilador, lift esa qachondan beri ishlamas ekan.
Lift yaxshi ishlasa (bu esa shahar markazlarida yaxshiroq) yuqori qavatda yashaysizmi yo'qmi farqi yo'q.
Yana bir + si bolangizni kolyaskada ko'chaga olib chiqsangiz ham qulay.
4-5 qavatli binolarda esa lift bo'lmaydi, tabiiyki kolyaskani 2-3... etajdan qo'lda ko'tarib chiqishingizga to'g'ri keladi.

4 va 5 qavatli beton uylarning eng yuqori qavatini tavsiya etmayman.
Issiqda tomdan issiq o'tadi, sovuqda sovuq, yomg'irlarda suv o'tadi.  :)
Har yil remont qilishga to'g'ri keladi.

Qo'shni masalasini ham aytib o'tish kerak.
Chunki atrofingizda hammasi ho'mraygan ruslar bo'lsa ana...
Biri ichadigan-alkash, biri sigaret chakib padezniyam tutatib yuborsa...
O'zbekka yetmidi, salom alik qilasiz, keragida yordam beradi.

Yana bir narsa transport qatnovi yaxshi bo'ladigan joylar yaxshi, ayniqsa ishlaydigan, ko'p yuradigan odamlarga.
TTZ da Diadora degan joy bor, TTZni markazi desa ham bo'ladi, adashmasam 8-10 xil marshrutka o'tadi Chorsu-Oloy tarafga, lekin birontasiga chiqa olmaysiz  ;D juda qiyin.

Qayd etilgan