Yoz keldi. Kunlar isib ketti. Ishga borishga erinib, moshina-ulov, shovqindan charchab, yoki shunchaki tabiat bag'rida dam olish u-n shartta tog'li hududlardagi oromgohlarga jo'navorgisi keladi odamni..
Mavzu tog'da dam olishni yoqtiruvchilar uchun.Yusufxona, Nanay,Chorvoq, Bog'iston, Burchimulla... kim qaerda dam oladi har yili?
Kimning dalaxovlisi bor?
Toqqa chiqqanda qaysi dorivor o'simliklardan terish kerak?
To'g asalini qaysi biri qaysi dardga davo?
Yoki,Hozir tog' rayonlarida ijaraga beriladigan uylar 1 kuniga necha pul bo'lgan?
hazil savollardan:
Toqqa chiqqanda ovqat qilish yoqadimi ko'pro yoki tayyor ovqatni eb faqat dam olishmi?
Toqqa chiqqanilada faqat cho'milish, eb-ichib, soya-salqinda dam olasizmi yoki baland tepalik(tog')larga ham chib turasizmi?
shunchaki berladigan savollardan:
Toqqa chiqish, havo almashtirish foydali deyiladi. Tog'da eng kamida necha kun qolgan yaxshi, foydali?
tog' xotiralari haqida:Kimda qizqarli voqealar bo'lgan, shu haqda yozishila mumkin. masalan: tepalikka chiqib olib, qaytib tushishga kuch yetmay, qoqilib-suqilib, shilinib, dumalab, chiqqaniga pushaymon bo'lganlar bormi?
Marhamat, mavzu mikrafoni sizga!