Ajabo ! 1000 so'm pul masjidga ko'pu , paynetga esa oz
Bir varroq Qur'on o'qimaymizu
O'ttiz varroqli gazetani bir zumda o'qiymiz
Besh minutli namozni o'qishga erinamizu
Ellik minutli serial naqadar oz
Keremas gaplarni ko'p gapiramizu
Kalimalarni unutib qo'yamiz. . . .
Bunday bo'lishiga nima sabab, deb o'ylaysiz (forumdoshlar)?
Yoki ojiz(kuchsiz)likdanmi?
Boshqacha aytganda - Islom diyni bizga nega quchog'ini ochmayabti?
Menimcha:
Bizda(Ba'zilarda, demoqchiman) asosiy bir omil yoki sifat yo'qki Islom ta'sir qilmayabti.
O'sha sifat nima va o'sha sifatga erishish yo'li qanday?
Iymonmi?
Ho'p iymon bo'lsa, iymon kuchayishi uchun yuqoridagi omil bo'lishi kerak emasmi?
Ya'ni iymonni saqlab turish, ushlab turish uchun o'sha sifat kerak.
Boshqacha oytganda - Iymon goh kotariladi, goh pasayadi. Shu ko'tarilishiyu pasayishi nima sababdan, deb o'ylaysiz?
Ilmmi?
Nega unda ba'zi sanoqli ilmlilar iymonsiz ketib qolishgan?
Yoki o'zgacha holatlarda - ilmli insonlar ilmiga amal qilmay qo'yganini ko'ramiz. Bunga sabab - iymoni pasayganidadir.
Iymonni ko'tarilishi yoki Islom, aniqrog'i Qur'on bizlarga ta'sir qilishi uchun o'sha omil , sifat kerak.
Bu sifat Quro'nni boshlanishida aytib qo'yilgan(Baqara-1,2,3 oyatlarda) azizlar !