Tanqid kelajakning mevasidir  ( 5858 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 12:37:08

Ko'ksingizni to'ldirmasin malomatlar
Bu dunyodan chiqib oling salomatlar
Ko'paymoqda soat sayin tezlik ila
Har qadamda Qiyomatdan alomatlar.

Turli tuman dunyo qarash tuzilmishdir
Shariatning rishtalari uzilmishdir
Yoshlar hayoli har narsada buzilmishdir
Har qadamda Qiyomatdan alomatlar

Mo'min debon peshonasin o'polmaysiz
Ayblarini oy bilan ham yopolmaysiz
Namozidan boshqa amal topolmaysiz
Har qadamda Qiyomatdan alomatlar

Faqat kufr shirkiy ishlar gunoh bldi
Uch qavatli uy qurish ham muboh bldi
Har qadamda Qiyomatdan alomatlar . . . . . .

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 20:27:31

Ajabo ! 1000 so'm pul masjidga ko'pu , paynetga esa oz
Bir varroq Qur'on o'qimaymizu
O'ttiz varroqli gazetani bir zumda o'qiymiz
Besh minutli namozni o'qishga erinamizu
Ellik minutli serial naqadar oz
Keremas gaplarni ko'p gapiramizu
Kalimalarni unutib qo'yamiz. . . .

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  25 Iyun 2011, 21:24:17

Ajabo ! 1000 so'm pul masjidga ko'pu , paynetga esa oz
Bir varroq Qur'on o'qimaymizu
O'ttiz varroqli gazetani bir zumda o'qiymiz
Besh minutli namozni o'qishga erinamizu
Ellik minutli serial naqadar oz
Keremas gaplarni ko'p gapiramizu
Kalimalarni unutib qo'yamiz. . . .


Bunday bo'lishiga nima sabab, deb o'ylaysiz (forumdoshlar)?

Yoki ojiz(kuchsiz)likdanmi?

Boshqacha aytganda - Islom diyni bizga nega quchog'ini ochmayabti?

Menimcha:
Bizda(Ba'zilarda, demoqchiman) asosiy bir omil yoki sifat yo'qki Islom ta'sir qilmayabti.

O'sha sifat nima va o'sha sifatga erishish yo'li qanday?

                                Iymonmi?
Ho'p iymon bo'lsa, iymon kuchayishi uchun yuqoridagi omil bo'lishi kerak emasmi?

Ya'ni iymonni saqlab turish, ushlab turish uchun o'sha sifat kerak.
Boshqacha oytganda - Iymon goh kotariladi, goh pasayadi. Shu ko'tarilishiyu pasayishi nima sababdan, deb o'ylaysiz?

                                  Ilmmi?
Nega unda ba'zi sanoqli ilmlilar iymonsiz ketib qolishgan?
Yoki o'zgacha holatlarda - ilmli insonlar ilmiga amal qilmay qo'yganini ko'ramiz. Bunga sabab - iymoni pasayganidadir.

Iymonni ko'tarilishi yoki Islom, aniqrog'i Qur'on bizlarga ta'sir qilishi uchun o'sha omil , sifat kerak.

Bu sifat Quro'nni boshlanishida aytib qo'yilgan(Baqara-1,2,3 oyatlarda) azizlar !

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 22:24:23

Bugunda ham bor musulmonlar
Totib bo'lib jam'i lazzatni
Uyalmayin va'zlar aytarlar
Orzu qilib Firdavs jannatni

Mo'minlikning holin kuzating
Topolmaysiz ko'ngli hokimni
O'layotgan do'sti ham qo'rqar
,,Ichib qo'ymasin'' - deya, suvimni

Qayd etilgan


Mutaallim-2010  25 Iyun 2011, 22:33:10

Bugunda ham bor musulmonlar
Totib bo'lib jam'i lazzatni
Uyalmayin va'zlar aytarlar
Orzu qilib Firdavs jannatni

Mo'minlikning holin kuzating
Topolmaysiz ko'ngli hokimni
O'layotgan do'sti ham qo'rqar
,,Ichib qo'ymasin'' - deya, suvimni


Avval haqiqatni topilsa, keyin uni ahlini tanisa bo'ladi.

Haqiqiy mo'nimlar - undoq emas, haqiqiy mo'minning qanaqaligini amallaridan bilsa bo'ladi.

Uzur, noo'rin gapirgan bo'lsam !

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 23:18:39

Harchand o'qib o'rganibsan bilimdonsan
Gar amal qilmading nodonsan.
Ustiga kitob ortilgan eshak
Na olim va na donodir beshak.
U aqlsiz qayerdan topadi xabar
Ustida o'tinmi ,yo kitob- daftar

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  02 Iyul 2011, 20:20:26

Ayolda sharm yo'q, erkakda g'urur
Er ayol, ayol er libosin kiyur
Onalar o'z hojasin tug'ur
Oxir zamon bo'ldi ,og'ir zamoney !

Yetimlar yemaydi to'yib oshu non
Miskinlar mung'ayib yutaverar qon
To'qlarning qornini to'ydirar ehson
Oxir zamon bo'ldi, og'ir zamoney !

Umrimiz o'tmoqda qaytmas bu damlar
Qabrga eltmoqda tinmay qadamlar
Ko'zingiz ochingiz ,aziz odamlar
OXIR ZAMON BO'LDI, OG'IR ZAMONEY!

Xayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Akbarjоn  02 Iyul 2011, 22:37:32

Muallifi boshqa bolgan sherlarda ularning ism sharflari ko'rsatilishi kerak taqsir :)

Qayd etilgan