Assalomu aleykum !
Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman !
Hazrati Ali r.a. aytadilarki :
Rasululloh s.a.v meni chaqirdilar. U zot bilan uylarida yolg'iz qoldim,menga bunday dedilmar:
- Ey Ali ! Muso alayhissalomning ukasi Horun alayhissalom unga qanday maqomda blsa, sen ham menga huddi shunday maqomdasan. Mendan so'ng biror payg'ambar kelmaydi. Bugun senga bir qancha tavsiyalar beraman. Ularga amal qil, huzur halovatda yashaysan, (hukman) shahid blasan. Qiyomat kuni Alloh jalla jalaluhu seni faqih, olim qilib tiriltiradi.
- Kim halol narsalarni yesa, dini komil bo'ladi, qalbi yumshaydi, duosining qabuliga hech qanday to'siq qolmaydi.
- Kim harom narsalarni yesa, dini zaif bo'ladi, qalbi qorayadi. Kim harom yesa, qalbi o'ladi, aqidasi zaif bo'ladi. Alloh taolo uning duosini qabul qilaydi, ibodati ham kamayadi.
Ey Ali ! Xaromni qo'lga kiritish, xarom topish uchun yo'lga chiqqan har qanday odamga shayton ergashib oladi.
Alloh taolo tahoratsiz o'qilgan namozni va harom moldan berilgan sadaqani qabul qilmaydi.
Mo'min harom yemasa, dinida sobit bo'ladi. Kim olimlardan ayrilsa, qalbi o'ladi. Allohga itoatdan adashadi.
Rasululloh s.a.v marhamat qildilar:
- Ey Ali ! Tahoratni mukammal qil. Chunki, tahorat iymonning yarmidir. Tahorat olishda suvni isrof qilma. Tahoratni tugatganingdan so'ng ,,Qadr'' surasini o'n marta o'qi, Alloh seni qiyinchilikdan qutqaradi.
Tishlaringni misvok bilan tozala !
Misvokda din va badan uchun yigirma to'rtta foyda bor.