Xudoga aytib beraman  ( 9785 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Yusuf  25 Iyun 2011, 21:07:00

MEHRIBON VA RAHMLI  OLLOH NOMI BILAN BOSHLAYMAN!


Musulmonlik undoq ish ermas
Munofiqlik unga bo'lar kas
Gar da'vatlar quloqqa kirmas
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Farq yoqolsa ne xarom , halol
Yig'lar ko'kda holingga hilol
Namoz qazo bo'lsa bemalol
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Mol dunyo deb uxlay olmasang
Din deb yurak tig'lay olmasang
Qur'on o'qib yig'lay olmasang
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Osiylikka tutinsang sarmast
Bilki, qadim darding tuzalmas
Yolg'on so'zga yuzing qizarmas
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb

Do'stingga gar islomni ravo
Ko'rmayotgan bo'lsang, bil aslo
Mo'minlikka qilmagin da'vo
Yig'la gunohimni kechirgin deb

Gar qalbingda ilmdan g'urur
Yo'llaringni yoritmagay nur
 Musulmonman deb shodlanmay tur
Yig'la gunohimni kechirgin deb. . . .

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Iyun 2011, 23:58:18

aka mavzu nomi sal g'alatiroqmasmi? Shirkka o'xshab ko'rinib ketdi, astag'firulloh. To'g'ri tushundingiz deb umid qilaman

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  26 Iyun 2011, 00:13:38

Munojat degan ibodatni bilasizmi?
Shu ibodatga moslab nom berdim.

Har kim dunyoni o'z ko'zi bilan ko'radi.
Rahmat.

Qayd etilgan


Best friend  26 Iyun 2011, 00:47:18

Xudoga hammasin aytib beraman!

Dunyoda yashashga qo'ymasangiz gar,
Shu sizga buyursin qaytib beraman.
Ammo arimagay ko'nglimdan kadar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Fitratda tug'ildim, vale' tarbiya,
Mudhish bir holatga soldiku soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim deya,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon,
Jami' ilmlarga izladim imkon,
Ammo nimaligin bilmadim Iymon,
Xudoga hammasin aytib beraman.

So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan bezorlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin jigar.
Ko'zimdan yosh emas oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Yodimda o'zini eng zo'r er degan,
Namozxon bo'ldingmi, deya jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz sher kelgan,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Xaq so'z yetkazilsa mard jo'vonsherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading derlar.
Kecha kim eding, deb yuz burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Alloh ruhsat, degan oyatni bilib,
Hayotga tadbiq et, gar desam kulib,
Ayol zoti minar g'azabga to'lib,
Xudoga hammasin aytib beraman.

Hammaga tegishli aytilgan so'zlar,
Xaqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz, do'stlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.

 Hayrulla Hamidov

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Iyun 2011, 07:32:37

xudo bexabar qolibdimi, siz aytib bersangiz? Astag'firulloh.... Shunday deyish to'g'rimikin?

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  26 Iyun 2011, 08:51:54

Assalomu aleykum!

Ollohga shukurki ! Siz etgan fikr hayolimdanam o'tgani yo'q.
Uzr. Siz bu mavzuni noto'g'ri tushunibsiz !

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Iyun 2011, 09:32:36

men na olimman va na tolibi ilmman, ilm olish ilinjidagi oddiy bir bandaman. Mulohazam noto'g'ridir lekin tushuntirib bermaguningizcha fikrimni o'zgartirolmayman.

Qayd etilgan


registan  26 Iyun 2011, 10:24:39

Mavzu nomini shirkka aloqadorlik joyi yo'q, faqat... "Hudo" emas "Xudo" bo'ladi nazarimda.

Qayd etilgan


Best friend  26 Iyun 2011, 11:45:26

xudo bexabar qolibdimi, siz aytib bersangiz? Astag'firulloh.... Shunday deyish to'g'rimikin?
:asl3:

 Xudo hamma narsadan xabardordir! Lekin baribir Qiyomat kuni biz so'roq savol bo'lganimizda Men uchun nimalar qilding? deb so'rar ekan. Aslida Alloh kuzatib turganini hammamiz bilamiz. Alloh so'roq savolsiz ham hukm chiqarishga haqli. Lekin baribir so'raydi. Biz payg'amabrlarni xususan payg'ambarimizni s.a.v. Allohga munojot qilganini yahshi bilamiz.
 Biz iloji boricha dardimizni Allohga aytishga harakat qilishimiz kerak. Ammo bugungi kunda bunday insonlar juda kam, chunki tavakkul qila oladigan inson dardini aytadida Allohga. Misol uchun dardimizni biron insonga aytamiz. U inson agar dushman bo'lsa, battar bo'l deyishi aniq. Endi do'st bo'lsachi, do'st nima qiladi, albatta o'zimizdan ko'ra ko'proq siqiladi, lekin hamma narsani ham hal qilib berish qo'lidan kelmaydi albatta, bundan esa battarroq eziladi. Lekin biz dardimizni Allohga aytsak, u bizning muammolarimizni hal qilib beradi, chunki u zot har narsaga qodirdir. Mana shunday Allohga dardini aytish munojot deyiladi lekin, bunday munojot dunyoviy bo'lgandan ko'ra, din ishiga, oxiratga taaluqli bo'lgani afzalroq... Agar tushintirolgan bo'lsam hursandman. Qayerlaridadir xato qilgan bo'lsam Alloh o'zi kechirsin...

Qayd etilgan


azizbek_mx  26 Iyun 2011, 14:19:22

aytib berish bilan munojot qilishning o'rtasida tafovut bordir axir?

Qayd etilgan