Allohdan qo'rqish va yig'lash  ( 19407 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:25:15

Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o’tirgan edilar. Shabboda esdi va daraxtning qurigan barglarini uchirib keldi. Yashil yaproqlar uzilmay qoldilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam sahobalarga savol berdilar:
- Bu daraxt kimga o’xshaydi? Ayting-chi, kimga o’xshatar ekansiz?
Ashob:
- Alloh va Rasuli yaxshi bilishadi, yo Rasululloh, - dedilar.
Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
- Bu daraxt Allohdan nihoyatda qo’rqqan vaqtda gunohlari bu yaproqlar kabi to’kilgan va yaxshiliklari, savoblari o’zida qolgan mo’minga o’xshaydi, - dedilar.
(Ibn Habbon va Bayhaqiy rivoyat etganlar)
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Muhyiddin  01 May 2008, 12:21:59


Абдулқодир Гийлоний қуддиса сирруҳу ҳазратларини ксрдиларки, Ҳарами Каъбада юзини тошлар устиға қсйуб дер срди: "œА­й Худойи мутаол, мағфират айлағил ва агар азобға лойиқ бслсам, Қиёмат кунида мани ксзсиз ҳашр айлагил, токим схшилар рсбарссида хижил ва шармисор бслмайин".

Туфроқ узра юзум қсйуб дерман,
Ҳар саҳар вақтидаки, келгай бод.
А­й, ки асло Сени унутмасман,
Ҳеч Санга бандадин келурму ёд.

Шайх Саъдийнинг Гулистонидан

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:06:07

Yig’lab ko’zlari ko’r bo’lgan aqlli qiz

Bir kuni bir zot Hasan Basriy Hazratlari huzurlariga kelib yolbordi:
- Hazratim, Alloh uchun bizga yordam bering, - dedi.
Hazrati Imom Hasan Basriy:
- Qanday darding bor. Senga qanday yordam qilay? Agar dardingni va ehtiyojingni aytsang senga yordam berishim mumkin, - dedi.
U odam:
- Hazrat! Meni juda aqlli bir qizim bor. Endi esa bu aqlli qizimga nimadur bo’ldi. Kecha-kunduz yig’laydi. Qur’on o’qidi — yig’laydi, namoz o’qiydi — yig’laydi. Hadisi Sharif o’qidi — yig’laydi. Mana endi ko’zlari yaxshi ko’rmay qoldi. Ko’r bo’lib qolmasa, deb qo’rqaman. Sizdan o’tinib so’rayman, bir borib ko’rib qizimga nasihat qilib qo’ysangiz, - dedi.
Hasan Basriy Hazratlari rozi bo’ldilar. Ul odamning uyiga bordilar.
Hasan Basriy qizga:
- Qizim, nega yig’laysan? Yig’layversang ko’zlaring ko’r bo’lishi mumkin. Nega yig’lashingni sababini bizga aytsang, senga yordam beramiz. Iltimos qilsam sababini aytasanmi? — dedi.
Qiz:
- Hazrat, men sog’man, hech qanday xastaligim yo’q. ko’zlarimning ko’r bo’lay deyishiga ikki sabab bor:
Bu ko’zlarimiz Oxirat olamida Alloh Taoloni yo ko’radi yo ko’rmaydi. Agar, Janobi Haqni ko’rish ne’matiga erishsa, buning uchun minglarcha ko’z uni ko’rmoq uchun fido bo’lsin. Agar ko’rmasa, u holda Alloh Taolo o’z zotini ko’rishga loyiq etmagan ko’zlarni ko’r qilsin. Allohni ko’rmaydigan ko’zni ko’zim bor, deb nima qilaman, - dedi.
Hasan Basriy Hazratlari bu javobdan juda hayajonlandi, ko’zlaridan yoshlar oqdi va bunday dedi:
- Nasihat qilgani kelgan edik. O’zimiz nasihat oldik. Hakim bo’lish uchun kelgan edik, hakimimizni topdik.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:10:42

Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so’radi:
- Yo Rasululloh! Jahannamdan qanday saqlansa bo’ladi?
Sevikli Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallambunday deb javob berdilar:
- Ko’z yoshlaring bilan saqlanasan, chunki Allohga bo’lgan muhabbatdan Alloh uchun yig’lagan ko’zlarga jahannam alangasi hech qachon tegmaydi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:13:13


Savdogar Yunus bin Ubayt do’konida turli-tuman qimmatbaho matolar bor edi. Bularning bir qismi ikki yuz, bir qismi to’rt yuz dirhamga sotilardi.
Bu zot do’konida do’stining o’g’lini qoldirib, Juma namoziga ketdi. Shu onda do’konga qishloqda yashovchi bir xaridor kirib, ikki yuzga sotiladigan kiyimlik matoni to’rt yuzga oldi. Do’kondan chiqib ketar ekan, yo’lda do’kon sohibi bilan uchrashib qoldi. Do’kondor matoni tanib so’radi:
- Bu matoni qanchaga olding?
- To’rt yuzga oldim, - javob berdi u.
- Yanglishibsan, bu ikki yuz dirham turadi, yur men senga qaytimini beraman, - dedi Yunus bin Ubayt.
- Bu bizning yurtimizda to’rt yuz dirham turadi. Men o’zim shunchaga oldim, roziman, - dedi mushtariy.
- Men Allohdan qo’rqaman, mato ikki yuz dirham turadi, - deb unga ikki yuz dirhamini qaytib berdi. Do’konga kelib, o’rniga qo’yib ketgan yigitchaga:
- Sen Allohdan qo’rqmaysanmi? Uning qullaridan uyalmaysanmi, musulmonlarga ko’rsatilgan to’g’ri yo’ldan qaytib, nega bunday qilding, - dedi.
- Men xohlamagandim, xaridor o’zi shu narxga oldi, - dedi shogird.
Unga javoban Yunus bin Ubayt:
- O’zinga ravo ko’rmaganingni boshqaga nega ravo ko’rasan, o’zing rozi bo’lmaydigan ishga nega boshqa uchun rozi bo’lasan? — dedi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:14:52

Yig’layverib ko’zlari ko’r bo’lgan xotin

Ayol avliyolardan Alloh do’sti bo’lmish bir muborak zot xonim shunchalik yig’ladi, shuncha ko’z yoshi to’kdiki, ko’zlari ko’r bo’lish holiga keldi. Do’stlari, aqrabolari unga:
- Yig’layverib ko’zlaringiz ko’r bo’lib qolishidan qo’rqamiz, - dedilar. Ul avliyo ayol:
- Jahannam azobi ila, jahannam otashining alangalaridan ko’r bo’lgandan ko’ra bu dunyoda Alloh ishqi ila yig’lab-yig’lab ko’r bo’lmoq afzaldir. Agar ko’z sevgilisini ko’rishdan mahrum va hasratli bo’lsa, bu ko’z qanday yig’lamaydi? — dedi.
Yig’lyverib, oxiri ayol behold, bemajol bo’ldi. Shunday bir xarob ahvolga keldiki, namoz o’qiy olmaydigan bo’lib qoldi. Unga tushida bunday dedilar:
- Yig’lama va ko’z yoshlaringni to’kma. Hasrat chekuvchilarning ohi ularning shifolaridir. Namozingni o’qi, ibodat qil, namozni o’tkazma! Alloh deganlarning, Allohga talpingnlarning yo’li ibodat va namozdur"¦
Bu muhtarama xonim darhol namoz o’qiy boshladi, namoz o’qishni davom ettirdi.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:15:46

Hazrati Umar roziyallohu anhuning Allohdan qo’rqishi

Bir kuni Hazrati Umar roziyallohu anhu ot minib ketar ekan:
- Yo Umar, Allohdan qo’rq, - dedilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu sur’at bilan ot ustidan tushib sajda qilib, boshini yerga qo’ydi, yuzini tuproqqa surdi, rangi sarg’ayib, ovozi xirillab:
- Umar kimki, Allohdan qo’rqmasin! — deb boshini sajdadan ko’tardi va: "œAllohdan qo’rqish hikmatning, hidoyatning, saodatning yorug’ yulduzidir. O’zining insonligini bilgan odam faqat Allohning buyukligi oldida sajdaga egiladi. O’zining insonligini bilmagan Allohning buyukligini qayerdan bilsin?" dedi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:17:55

BIR SHAMNI O’CHIRIB BOSHQASINI YOQDI.

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf, mo’minlarning Xalifasi Hazrati Umar roziyallohu anhuning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da kutib turdi.
Xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhu yonib turgan shamni o’chirib, keyin boshqasini yoqdi.
Bu ahvol mehmon diqatini tortdi, u Hazrati Umarga:
- Ey Amiral-mo’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o’chirdingiz. Yana unga o’xshash boshqa shamni yoqdingiz, buning bir hikmati border? — dedi.
Amiral-mo’minin Hazrati Umar tabassum qilib:
- Yo, Abdurahmon! O’chirganim davlatning shami (moli). Yoqqanim esa o’zimning shaxsiy shamim, o’z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o’tirganimda, davlat shamini yoqshim halollik bo’lmaydi., shuning uchun uni o’chirdim, o’z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman, - dedi.
Abdurahmon ibn Avf:
- Yo Rabbiy! Hattob o’g’li Umarni boshimizdan nari qilmagin, deb duo qildi.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 12:19:21

To’g’ri so’zlik namunasi

Hazrati Bilol Habashiy roziyallohu anhuning huzuriga bir tanishi kelib, bir qizning uyiga sovchilikka borishini iltimos qildi. Uz ot tanishining so’zini qaytara olmasdan, qizning uyiga bordilar. Ota-onasining oldiga kirib:
-Men Bilol ibn Rabohman. Bu yigit mening do’stim bo’ladi. Unga qizingizni so’rab keldim. Ammo shuni aytishim kerakki, do’stim din va ahloq jihatidan yaxshi odam deb aytolmayman. Shuni bilib qo’ying. Qizingizni shunga qarab berasiz, - dedilar.
Qizning ota-onasi:
-Unday bo’lsa nega sovchi bo’lib keldingiz? — deb so’rashdi.
-Yolg’on so’zlay omayman. Alloh qiyomatda mendan so’raydi, - deb javob berdilar Hazrati Bilol.

Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 May 2008, 09:19:29

Allohim, bu dunyoni saodatga boshlagin,
Hech tuganmas azobni halovatga boshlagin,
Erta tongda O’zingga yig‘lab munojot aylay:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Chingizdan qutulsak-da, ammo nedir yetmaydi...
Osmon ko‘rinay dedi, qora bulut ketmadi:
Ahli solih bizlarni o‘ziga do‘st etmadi?!
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Faqat mozorlar uchun joriy qildik Qur’onni,
Qulatdik uzoq yo‘ldan kelgan diniy karvonni.
Turli mahzun yo‘llarda boy bermasdan iymonni
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona,
Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona.
Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona...
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Bir paytlar bu millat titratgan edi Sharqni,
Ko‘fasi-yu, Shomidan tortib Bog‘dod va Balxni...
Bugun sendan O’zgaga topshirib bo‘lmas xalqni,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

O’zing ko‘r, Rabbim, bugun namozlardan yiroqmiz
Dunyo qarshisida-chi, qulmiz, mute’, titroqmiz.
Qodiriy aytganidek, birlashmagan tarqoqmiz,
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Kimdir Haqqa undasa, tinmay kulguvchi ham biz,
Undan albat o‘zimiz ongli bilguvchi ham biz.
So‘ng tinmasdan mo‘minlik da’vo qilguvchi ham biz
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan