So'rovnoma

Siz baxtlimisiz?


Men Baxtliman.
Men Baxtli Edim.
Men Baxtimni Kutayapman.
Men BaxtSizMan.
Savolga javob berolmayman.


Siz baxtlimisiz?  ( 17560 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


As-Samarqandiy  05 Iyul 2011, 04:25:39

Yoki baxtli edingizmi? Yoki baxtli bulishni kutayapsizmi?

Umuman siz uzingizni baxtli inson deb hisoblaysizmi?

Baxtli buling, baxtli baxtiyorlarim!

Qayd etilgan


siddiqa  05 Iyul 2011, 04:28:50

As- Samarqandiy kerakli ,qiziqarli ,nimadir oladigan mavzular oching bu kallamiz bo'm bosh bop qolyapti  yoki kerakli mavzularni  o'qing  

Qayd etilgan


NANO  05 Iyul 2011, 05:29:15

Majoziy manoda chunadigan buse Mandan baxtli odam yo'q xozirda!

Ota onam yonimda sevgan ishim bor mana shuni baxt desam bo'ladi! Xozircha yetadi manga shular  :1!


Qayd etilgan


azizbek_mx  05 Iyul 2011, 06:22:56

O'tgan yili o'qishga kirolmadim, bittasini orqasidan rosa yurib yetolmadim, qulog'imda nuqsonim bor va h.k.... MEN ENG BAXTLI ODAMMAN! Chunki, o'tgan yili bo'm bo'sh kalla bilan o'qishga kirib olganimda aniq hech narsa o'rganmay diplom olardim. Hozir, inshaalloh, tayyorlanyapman, nimadir o'rganyapman, shukr.
Bir qizga erisholmadim... Shukrki erisholmadim. Agar erishib, turmush qurgan taqdirimda o'rtada allbatta shayton bo'lardi. Vaqt o'tishi bilan forumdoshlarimdan shuni o'rgandimki, nomahramga sevgi bo'ydoqlikdagi hirs havasdan kelib chiqar ekan. Shukr, vaqtida ko'zimni ochishdi. Qulog'imda nuqsonim bor... Shukr, ko'zimdamas. Qur'on o'qiy olaman, tabiat go'zalligini ko'ra olaman. Shukr, oyog'imdamas. Istagan manzilimga bora olaman. Shukr, ikkala qulog'imdamas, bittasida bo'lsayam eshita olaman! Imomga iqtido qila olaman! Shukr shukr shukr. Men ham baxtli odamman, chunki sizday forumdoshlarim bor axirImomga iqtido qila olaman! Shukr shukr shukr. Men ham baxtli odamman, chunki sizday forumdoshlarim bor axir

Qayd etilgan


Абдурроҳман  05 Iyul 2011, 07:32:01

Hozir ko'pchilikdan baxtlimisiz deb so'ralsa xayotidan o'zicha rozi bo'lgan kishilar men baxtliman deb, o'z hayotidan norozilar esa baxtsizman deb javob berishadi. Har kimning qarichi xar xil. Kim uchundir zo'r avtomobilga egalik qilish baxt hisoblansa, yana allakimlar uchun o'z sevgilisi bilan birga bo'lish baxt.

Men esa bu savolga javobni aniq ayta olmayman.

Shaxsiy fikrim: Musulmon banda uchun asl baxt bu Allohning roziligini topa olishdir. Allohning roziligini topgan yoki topmaganligini esa banda bu dunyoda hech qachon bila olmaydi.

Demak biz bir oyog'imiz bilan jannat darvozasidan o'tib ikkinchi oyog'imiz o'tmasdan oldin ham biz baxtli ekanligimizga aniq ishonch hosil qila olmaymiz sababi rivoyatlarda kelishicha Jannat ko'rsatilib turib ham do'zahga hukm qilinadigan toifalar bor.

Qayd etilgan


Humayro  05 Iyul 2011, 10:13:16

Baxtni kutish ham baxtdir
Musulmon insonning har qanday holatda ham kelajakga umid va ishonch bilan yashashi, buyuk baxtni kutib yashashi baxt, qolgani o'tkinchi...

Qayd etilgan


Aqoid  05 Iyul 2011, 11:48:34

O'z uyida baxtli bo'lmagan inson,
Baxtli bo'lolmaydi,kezsa ham butun jahon

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Iyul 2011, 03:17:46

BAXTIMNI KUTYAPMAN! demak Baxtliman!!!¸
ertalab turib, chiroyli tabiatni ko`rsam, yonimda yaxshi korgan insonlarim bo`lsa, do`stlar har doim yordam berish uchun shay turgan insonlardur...
masjidga boraman, qiz bola bolsam ham...5 mahal nomoz qayerda o`qisam ham boladi...
hudoga shukur, hech kimdan kamim yo`q, nuqsonlarim bilan guzalman, baxtliman, hursandman.....
«nolimaylik, zero, shu gaplarni yozarkanman.. o`zimni rostanam baxtli ekanimimi sezdim....

Qayd etilgan


Aqoid  06 Iyul 2011, 08:12:39

Baxtli bo'lilar!

Qayd etilgan


Elcom  06 Iyul 2011, 13:35:12

Baxtli  yashashning  o`zi  baxtdir !

Qayd etilgan