Yana reklamalar haqida  ( 7849 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Shoxjahon12  16 Avgust 2006, 10:18:11

Yaqinda bir dolzarb maqolaga ko'zim tushib qoldi. Sz qanday fikrdasiz?


«HALOL TAOM» reklama so‘zi emas

 
Oynai jahon, radio to‘lqinlari orqali berilayotgan reklamalarda, ko‘cha-ko‘yda osib qo‘yilgan suratli pannolarda nima gaplar aytilmayapti deysiz? Ko‘pchilik reklama matnlari kishining g‘ashini keltiradigan darajada g‘aliz, mazmun-mantiqsiz ekani, ustiga-ustak xato yozilganiga ham chidab kelyapmiz (to‘g‘rirog‘i, gapira-gapira oxiri ko‘nikayapmiz, shekilli). Hatto qiziqchi san’atkorlarimiz o‘z repertuarida ana shu reklama matnlaridan "œunumli" foydalana boshlashdi, ya’ni biz reklamalar mazmunsizligidan kulib-kulib hordiq chiqaradigan bo‘ldik. Lekin yaqindan boshlab shunday reklama matnlari paydo bo‘ldiki, ma’nosidan kishining qalbi junbushga keladi, hatto g‘azabing qo‘zg‘aydi. Bunisiga chidash, ko‘nikish mumkinmikan?..
Biz bu o‘rinda ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi va oshxonalarga chorlovchi ayrim reklamalarni nazarda tutyapmiz. Gap o‘zi ishlab chiqargan yegulik mahsulotni yoki taomning halolligini alohida ta’kidlab jar solayotganlar haqida ketyapti. Oynai jahonda, radioda har yarim soatda qaerda halol kolbasalar sotilishi reklama qilinadi, poytaxtimizda joylashgan bir nechta oshxonalarga kiraverishda "œBizda halol taomlar tayyorlanadi" yoki "œHalol taomlarga marhamat!" qabilidagi yozuvlarni ko‘rish mumkin. Yo alhazar, deya yoqa ushlaysan kishi. Bu reklamadan kelib chiqadigan xulosa "œBizda taomlar halol, boshqa joyda esa harom" deganga o‘xshab ketadi-ku. Astag‘furilloh! Biz iste’molchi sifatida, qolaversa, inson sifatida har qanday yemakxonaga tashrif qilar ekanmiz, u yerdagi yeguliklarning sifatli, toza bo‘lishini istaymiz va buni talab qilishga haqlimiz, halol bo‘lishini esa shart deb bilamiz.  Qolaversa, taom tayyorlayotganlar taomning halolligini ta’minlashga burchli!
To‘g‘ri, sotuvga chiqarilayotgan yegulik mahsulotlarning yaxshisi va yomoni, sifatli yoki sifatsizrog‘i, boringki, mazalisi va bemazasi bo‘lishi mumkin. Demak, reklamada uning sifati maqtaladi. Ammo oziq-ovqatning, taomning nohaloli xaridorga, umuman odamlarga ravo ko‘rilmaydi, buni shariat qonuni ham, dunyoviy qonunlar ham ta’qiqlaydi. Demak, yegulik sifatidagi hamma mahsulot faqat halol bo‘lgan taqdirdagina xaridorga taklif etiladi.
Shunday ekan, ayrim tadbirkoru ishbilarmonlarning aynan o‘zi tayyorlagan yegulikning halol ekani to‘g‘risida jar solishi insonlarning iymoniga daxl qilishga teng xatti-harakat, ya’ni odamlarning, hatto o‘zining iymonli ekaniga shubha qilishning o‘zginasi-ku?
Halollik har birimizning iymonimizni quvvatlaydi, albatta. Reklama esa o‘z nomi bilan reklama. Uning vositasida moddiy manfaat, foyda ko‘zlangan bo‘ladi.  Kimningdir «halol» degan so‘zdan o‘z moddiy manfaati yo‘lida o‘rinsiz foydalanishga urinishi uning halollik tushunchasidan ancha yiroqligini bildirmasmikan?

Mavluda QOSIMOVA

"Mahalla" gazetasi



Qayd etilgan


Munira xonim  17 Avgust 2006, 16:21:04

Assalamu alaykum.
Juda ham dolzarb muammo.
Men o'zi ko'chada taom yeyishga umuman qarshiman.Ayniqsa ayol va qizlarga.Ularning, ko'chada nomahramlarni oldida og'izni ochib ovqatlanishlari hech qaysi islomiy qonunga ham, odob ahloqga ham to'g'ri kelmaydi. Bu meni fikrim.
Reklamalarga kelsak,umuman reklama ko'proq pul topishning yo'li. "Halol taomlar" deb reklama qilish esa, o'ng kelgan oshhonalarda, masalan ichkilik va shunga o'hshash harom qilingan taomlar sotiladigan, va har hil go'shtalrdan foydalanadigan oshhonalarda taomlanmaydigan kishilarga o'zlarini farqli ekanliklarini ko'rsatish va odamlarni bunga jalb qilish. Bunday reklama qilish menimcha,bizda barcha taomlar halol, boshqasidagilar esa harom degan narsani tushunmasligimiz lozim.
Lekin yana bir gap, shu halol deb reklama qilayotgan oshhonalarda ham, hamma taomlar halolligiga hech kim kafolat berolmaydi.
Bu meni shahsiy fikrlarim.

Qayd etilgan


_Otabek_  18 Avgust 2006, 12:11:39

Darhaqiqat, bema'niliklar ko'payib borayapti. 
Bu menimcha, mol go'shtidan tayyorlangan kolbasa mahsulatlarini "halol kolbasa" deb reklama qilinishidan boshlangan va buni emakxonalar egalari ilib ketishgan. To'g'ri, bu ta'rif  mahsulot yorlig'iga yozilsa ("sigir go'shtidan" deyilsa to'g'riroq bolarmidi...), odamlarimiz ikkilanmay olishlari mumkin, chindan ham boshqa, harom hisoblangan hayvon mahsulotlar qo'shilmagan bo'lsa.
Keyin yana bir jihat. Biz harom hisoblaydigan o'sha mahsulotlarni iste'mol qiluvchi boshqa millat vakillariga bu narsa qanday ta'sir qilarkin, agarda ular haq qadamda shunday chaqiriqlarni eshitishaversa?

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 05:59:52

Assalamu alaykum.
Juda ham dolzarb muammo.
Men o'zi ko'chada taom yeyishga umuman qarshiman.Ayniqsa ayol va qizlarga.Ularning, ko'chada nomahramlarni oldida og'izni ochib ovqatlanishlari hech qaysi islomiy qonunga ham, odob ahloqga ham to'g'ri kelmaydi. Bu meni fikrim.
Reklamalarga kelsak,umuman reklama ko'proq pul topishning yo'li. "Halol taomlar" deb reklama qilish esa, o'ng kelgan oshhonalarda, masalan ichkilik va shunga o'hshash harom qilingan taomlar sotiladigan, va har hil go'shtalrdan foydalanadigan oshhonalarda taomlanmaydigan kishilarga o'zlarini farqli ekanliklarini ko'rsatish va odamlarni bunga jalb qilish. Bunday reklama qilish menimcha,bizda barcha taomlar halol, boshqasidagilar esa harom degan narsani tushunmasligimiz lozim.
Lekin yana bir gap, shu halol deb reklama qilayotgan oshhonalarda ham, hamma taomlar halolligiga hech kim kafolat berolmaydi.
Bu meni shahsiy fikrlarim.

Odatda erkaklar ko'chada ko'p bo'ladilar.
Uyga borib tushlik qilishning imkoni har doim ham bo'lavermaydi.
Bunday vaziyatda halol taomlarni qayerdan topish kerak?
Bir tanishim bor. Oshxona mutasaddilaridan ovqatlar halolligini so'rab keyin yeydi. Lekin shu paytgacha hech kim o'z taomini "harom" demadi. Do'stimning aytishicha, shunday qilsa, uning bo'ynidan soqit bo'larkan... Men esa shubhalanaveraman...

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Sentyabr 2006, 12:44:19

Assalamu alaykum, Shoir!
Sizni gapingiz to'g'ri. Erkaklar ba'zan ko'chada ovqatlanishga majbur bo'lishadi. Bu tabiiy hol. Do'stingizni gapi ham bir hisobdan to'g'ri,lekin siz aytganingizdek hamma ham o'z taomini halol, deydi. Shuning uchun o'ng kelgan joyda ovqatlanmasdan,oldin bilib keyin taomlanish lozim. Masalan, o'zingiz bilgan,ishingan, halol va taqvodor shahslarning oshhonalari ham bor-ku. Ana shularda ovqatlanish lozim. Hamma masala halol luqmada. Siz aytganingizdek "shubhalanadigan"bo'lsangiz, shubhalangan joyda ovqatlanmaslik kerak. chunki shubha, haromga yetaklaydi. bu haqda Rasulullohdan s.a.v. quyidagi hadisi sharif rivoyat qilingan:"Seni shubhaga soluvchi narsalarni tark qil, shubhali bo'lmaganlarini ol". Bu hadisni Hasan ibn Ali r.a. rivoyat qilganlar. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyatlari.
Shuning uchun yuqorida keltirilgan "Bizda Taomlar halol", deb reklama qilingan oshhonalar ham, taomlarining halolligini bo'yinlariga olishgan. Shunday oshhonalarda ovqatlanish mumkin,menimcha. Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 Iyun 2008, 17:08:27

Oynai jahon, radio to‘lqinlari orqali berilayotgan reklamalarda, ko‘cha-ko‘yda osib qo‘yilgan suratli pannolarda nima gaplar aytilmayapti deysiz? Ko‘pchilik reklama matnlari kishining g‘ashini keltiradigan darajada g‘aliz, mazmun-mantiqsiz ekani, ustiga-ustak xato yozilganiga ham chidab kelyapmiz (to‘g‘rirog‘i, gapira-gapira oxiri ko‘nikayapmiz, shekilli).

Ксникспимз, тсғри... масъуллар бунга сътибор бермаганидан кейин сиз билан бизни ссзларимиздан нима фойда ?

Iqtibos
Oynai jahonda, radioda har yarim soatda qaerda halol kolbasalar sotilishi reklama qilinadi,
хозир дориларни рекламаси мода булган :) рекламан куриб асабингиз бузилса худди уша реклама килинаётган асабни тинчлантирадиган доридан ичволасиз :))

Iqtibos
Kimningdir «halol» degan so‘zdan o‘z moddiy manfaati yo‘lida o‘rinsiz foydalanishga urinishi uning halollik tushunchasidan ancha yiroqligini bildirmasmikan?
!!!




Qayd etilgan


Elcom  18 Iyul 2011, 20:40:17

Yiliga  Reklamadan tushadigan  daromad , 471 miliyardan  oshar  ekan

Qayd etilgan


Muxsiya  14 Mart 2013, 10:26:37

Bo'lmasamchi, tv va radiolarning asosiy daromad manbai bu reklamalarku

Qayd etilgan


_IYMONA_  05 Iyun 2013, 18:27:45

NTT telekanalida har 10 minutda bitta reklamani beradi. Shunchalik ko'p berganidan hattoki qizalog'im ham yodlab olgan bu reklamani. Reklama boshlandi deguncha raqsga tushib ketadi  :7 
Reklamani so'zlariga qarang:
Chuppi-chuppi chuppijon, tugamasin hech qachon.

Qayd etilgan