Web programmalashUshbu xabarda men sizlarga
Web programmalash haqida o`zim bilgan qisqacha ma'lumotni berib o`taman.
Web programmalashning asosida,
HTML kodni generatsiya qilish yotadi. Bu generatsiyani biror til yoki skriptda amalga oshirsa bo`ladi. Aynan
HTML kodini yozib web sahifa yaratish esa,
Web programmalashga kirmaydi.
Bu yo`nalishning asosi haqida to`xtalib o`tsak. Masalan, sizda
HTML sahifalardan iborat bo`lgan
sayt mavjud. Bu saytni har kuni yangiliklar, turli mavzudagi darslar va h.k.lar bilan to`ldirib borish zarur bo`lsin. Agar siz uni "qo`lda" qilsangiz, har safar yangi ma'lumot kelganda, siz
HTML fayllaringizni ochib, ularning ichiga ma'lumotni qo`shib chiqasiz. Bu ham mayli, agar biror ma'lumotga har bitta sahifada ssilka(masalan, so`nggi yangiliklar sifatida hamma sahifada 3 ta yoki 4 ta ssilka aks etib turadigan) bo`lsachi? 20-30 ta
HTML sahifadagi ssilkalarni yangilab chiqishning o`zi azob. Shu kabi ishlarni Web programmalash o`z zimmasiga oladi.
Web programmalash, odatda, ikki xil bo`ladi:
- Serverda bajariluvchi(Server side)
- Kliyentda bajariluvchi(Client side)
- Serverda bajariluvchi xilning ishlashi quyidagicha: sizning brouzeringiz kerak bo`lgan saytdagi biror faylga murojaat qiladi:
http://forum.ziyouz.com/index.php. Ya'ni,
ziyouz.com saytida joylashgan
forum.ziyouz.com domen ostida
index.php fayliga murojaat boshlandi. Biz murojaat qilayotgan kompyuterda
Web Server shu ma'lumotlarni oladi.
Web Server deyishimga sabab, biz
port ni yozmasdan murojaatni amalga oshirsak, avtomatik
80 (
HTTP - aynan
Web Server porti) ga murojaat qiladi.
Web Server(
Apache, IIS - Internet Information Services)
index.php ni oladi va o`zida o`rnatilgan fayl kengaytmalari bo`yicha shu turdagi skriptni ishlatadigan programmani topadi(bizning holatimizda
index.php - php.exe). Shu programmaga
index.php ni ishlatishni topshiradi va javob kutadi. Javob esa
HTML ko`rinishida qaytib keladi.
Web Server shu
HTML kodni sizning brouzeringizga qaytaradi. Qisqacha ishlash prinsipi shu. Qolganlari haqida, aynan tillar va serverlar haqidagi xabarda ma'lumot beraman.
- Kliyentda bajariluvchi xil esa, sahifa yuklangandan so`ng, sizning
brouzeringiz tomonidan ishlatiladi.
JavaScript, VBScript, JScript tillari shu xilga kiradi. Bu xildagi programmalar tuzishning asosida foydalanuvchiga qo`shimcha imkoniyatlar yaratish, dizayn, interfeysni qulaylashtirish va
AJAX texnologiyasi yotadi. Bunda skriptlar brouzer tomonidan ishlatilishi uchun programma tuzishda brouzerlarning turlarini ham e'tiborga olish kerak. Chunki, brouzerlarning
JavaScript versiyalari bir-biridan farq qiladi. Bunda, asosan, populyar brouzerlarni:
Internet Explorer, Mozilla Firefox va Opera ni e'tiborga olish yetarli.
Hozircha shu. Qolganlarini keyinroq gaplashamiz.