Ilm va ziyo > Dasturlash

Programmalashdagi texnologiyalar va tillar haqida

<< < (2/2)

MaxCmd:
Zamonaviy programmalash tillarining asosiy(umumiy) farqlari

Ancha tanaffusdan so`ng davom etamiz. Ko`pchilikdan bu borada kechirim so`rayman.
Ushbu postda kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi tillarning farqini keltirib o`taman.

Kompilyatsiya bo`luvchi - programma kodi mashina kodiga o`tkaziladi, ya'ni, operatsion sistema programmani ishlatishi uchun kompilyatorning o`zi kerak bo`lmaydi.
Masalan: siz Pascal tilida programma tuzasiz, u oddiy harflar, so`zlardan iborat matn bo`ladi. Kompilyator (u ham programma bo`ladi, masalan, Borland Pascal kompilyatori) programma kodini olib, undagi xatoliklarni tekshiradi, agar xatolar topilmasa, uni mashina kodiga, ya'ni operatsion sistema "tushunadigan" "til" ga aylantiradi. Natijada bizda *.exe fayl hosil bo`ladi. Mashina kodi deyilishiga sabab, u protsessorning buyruqlari bilan deyarli ekvivalent bo`ladi. Ushbu faylni boshqa kompyuterda bemalol ishlataverasiz; Borland Pascal kompilyatori bunda kerak bo`lmaydi.
Kompilyatsiya qilinuvchi tillarga, asosan, Assembler, C, C++, Pascal, Delphi, Basic va h.k. tillar kiradi. Eslatib o`taman, 90-yillardan avvalgi tillarning deyarli hammasi kompilyatsiya qilinuvchi tillardir. Kompilyatsiya qilinuvchi tillarning boshqacharoq ko`rinishi sifatida Java programmalash tilini misol keltirish mumkin, lekin bu boshqa mavzuda bayon qilinadi.

Interpretatsiya qilinuvchi tillarning ishlash prinsipi quyidagicha:
programma kodi yozilgandan so`ng, uni ishlatish uchun, albatta, interpretator dan foydalaniladi. Interpretator - shu tilda yozilgan kodni ishlatib beruvchi programma. Masalan: siz PHP dasturlash tilida kod yozdingiz. Uni index.php fayliga saqladingiz. Ushbu programmani ishlatish uchun siz php.exe(interpretator) programmasiga index.php faylni parametr sifatida berib yuborishingiz kerak. Ya'ni, siz Command Promt(Команднас строка - cmd.exe) da ushbu buyruqni bajarishingiz kerak:

--- Kod: ---php.exe index.php
--- End code ---

Natijada, php.exe index.php nomli faylni olib, uning ichidagi buyruqlarni bajaradi. Shuning uchun, interpretatsiya qilinuvchi tilda yozilgan kodni ishlatish uchun har doim interpretatorga ega bo`lishingiz kerak.
Interpretatsiya qilinuvchi tillar: PHP, Python, Ruby, Perl va h.k.

Endi, yuqorida aytib o`tilgan holatlarning farqlari haqida to`xtalsam.
Kompilyatsiya qilinuvchi tillarda tuzilgan programmalar qo`shimcha programma talab qilmaydi va nisbatan tez ishlaydi. Ammo, bir operatsion sistemadan boshqasida ishlatish uchun kodni tubdan o`zgartirib, boshqatdan kompilyatsiya qilish kerak. Bundan tashqari, viruslar deganday...

Interpretatsiya qilinuvchi til uchun esa, doim interpretator kerak. Ammo, kodni boshqa operatsion sistema uchun o`zgartirish shart emas(ba'zi bir istisnolar mavjud). Chunki, sizni kodingiz matnligicha qoladi. Boshqa operatsion sistemada ishlovchi interpretator mavjud bo`lsa kifoya. Shuning uchun, PHP, Python va h.k. tillar deyarli hamma OS lar uchun mavjud va tuzgan programmangiz boshqa OS larda muammosiz ishlayveradi.

Ko`pchilik IDE(Integrated development environment - Programma tuzish muhiti; Borland Delphi, MS Visual Studio, Zend Studio, Eclipse) va kompilyator(yoki interpretator) ni chalg`itishadi. Aslida, ikkalasi boshqa narsalar. Kompilyatsiya qilinuvchi tillarning ko`pchiligida IDE va kompilyator birlashtirilgan, ya'ni IDE ning o`zi kompilyatsiya qilaveradi. Interpretatsiya qilinuvchi tillar uchun esa, IDE faqat sintaksis va h.k.larni to`g`ri yozish, qulaylik, debug* qilish uchun kerak bo`ladi. Kompilyatsiya qilinuvchi tillar uchun esa, bulardan tashqari, kompilyator va h.k. lar ham qo`shimcha bo`ladi.

Umuman olganda, qo`limdan kelgancha harakat qildim. Agar xatolar ketgan bo`lsa, uzr.
Hurmat bilan.

* - agar interpretator bilan IDE bog`lansa.

levdeo:
Kompilyatsiya  vs Interpretatsiya toliq yoritilmagan...

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version