Beamal  ( 5002 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Muhammad Yusuf  18 Iyul 2011, 13:24:02

Fozil qori Yosin o'g'li ma'ruzasidan :

Bu zarbulmasal ,, Unvon ul-bayon'' kitobida keltirilgan:
                    Beamal.
,,Bedana bolalarini uchirma qilayotganida shunday nasihat qildi: -bolajonlarim ! Onamiz endi bizga nasibamizni olib keladi, deb kutmaylar. O'zilar uchadigan bo'ldiz, sizlarga birdan bir nasihatim: qiynalsangiz ham har joy , har joylardan bitta ikkita bo'lsayam rizqingizni topib rizqlaning. Bir joyda ko'p sepib qo'yilgan bo'lsa bormang. U , odamzot degan toifa borki qushlarga tuzoq qo'yadi. Tuzog'iga ilinib domiga tushib qolasiz. Yo bir umr yig'ingizni eshitib rohatlanadi, yo sho'rva qilib ichib yuboradi. Zinhor unday ko'p sepilgan joylarga bormang. . .
Bedana bolalariga shunday nasihat qilib, bolalarini uchirma qildi.
  Bir bolasi uyoqdan, buyoqdan uchib  yurib qarasa bir yerda ko'p don sepilib, yonida suvlari ham bor emish. Bedana  bildi , onam aytgan tuzoq shu bo'lsa kerak. Bitta cho'qiyman, bitta cho'qiganda domiga ilinmasam kerak deb bittta cho'quvdiki u qiynalib topib yurganidan shirinroq totib ketdi. Ikkinchisini, uchinchisi. . . lop etib tuzoqqa tushdi. Bedanavoz kelib bedanani qo'liga olgandan, bedana : ah, beamalligim qursina . Boshimga tushgan baloga o'zim sababchi bo'ldim.
Iye, sen hali gapirishni ham bilasanmi?
- Ha. Endi, meni qafasga solib yig'imi eshitib maza qilasan yoki sho'rva qilib ichvorasan. . . Yo 3 ta nasihatim bor shuni eshitasanmi?
- nasihatini eshitsam eshitaqoli, qani ayt nasihatingni.
- birinchisini kaftingda, ikkinchisini daraxtda, uchinchisini esa uchib ketayotib aytaman.
-bo'pti - deb bedanavoz qo'lini ochdi.
- birinchi nasihatim, qo'lingdan ketgan baxtga achinmagin, ketganini qaytaraman db obro'yini tushirmagin - debdi va pirr etib daraxtga qo'nibdi :
- sizlar insonsizlar. Olloh sizlarga aqlni juda katta bergan. Bir narsa masala eshitsang aql torozingga qo'ygin to'g'ri kelsa qabul qil. Ho'kiz tug'ibdi desa ishonib ketvurmagin. Bedana bu inson sinamoqchi bo'lipti :
Ey bedanavoz ! Mani so'yganingda qornimni yorganingda tuxumdek gavhar bor edi. Butun bir shaharni sotib olarding.
- eh! Sani nasihatini tinglamasdan so'yib gavharini osam bo'masmidi. Hudo berganini uchirvor o'tirimana. . . Bedanavoz rosa afsuslanibdi, baqirib chaqirib dod solibdi va bir ozdan so'ng o'ziga kelgach :
- bo'pti, endi uchinchi nasihatingni aytaqol.
- ey beamal ! Man bir marta beamallik qilib baloga yo'liqib, zo'rg'a qutuldim. San ko'zimmi oldida ikkita nasihatimga amal qilmading :
Qo'lingdan ketgan baxtga achinmagin dsam. Yarim soat o'zini ayblab yig'lading.
Ikkinchisi : man bedana bo'sam, manda gavhar nima qiladi. Shu aqlingga sig'madimi?
Bo'pti uchinchisini ayt. . .
- yo'q! Beamallarga so'z zoye, so'z bekor.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  19 Iyul 2011, 03:50:44

                 Taqdir
Bog'bon tomorqasida ishlayotgan edi. Shu yerdagi daraxtlarning biriga bulbul kelib qo'ndi va shunday chiroyli nola qilibdiki bog'bon unga mahliyo bo'lib qolibdi. Bog'bon o'zicha : ertaga u qo'nib turgan daraxtga tuzoq qo'yib uni ushlayman. . .
Ertasi kuni tuzoq qo'yibdi. . . Bulbul tuzoqqa ilinibdi.
Bog'bon bulbulni qafasga solib qo'yibdi. Shunda bulbul so'zlabdi:
Ey bog'bon ! Endi uyingni a'zosi bo'ldim. Senga yaxshilik qilmoqchiman. Men qo'nib turgan daraxtning ostiga bir hum tilla ko'milgan ekan, ko'rdim. Borib kavlab ol.
Bog'bon : rostmikin . . . debdi va o'sha joyni kavlabdi , haqiqatan ham bir hum tilla chiqibdi.
Shunda bog'bon : ey bulbul ! Juda dono, aqlli, ko'zi o'tkir ekansan. Shunday ko'zingni o'tkirligi bilan yer ostidagi humni ko'ribsanu, nimaga ro'parangda turgan qo'poldan-qo'pol tuzog'imni ko'rmading ?!
- shakkoklik qilma inson! Seni dominga ilinish meni taqdirimda bitilgan. Taqdirdagi bor ishga ko'zi o'tkirlik ,donolik ketmaydi. Manman dono deganlar nodonni ishini qilib qo'yadi, taqdir qilingan bo'lsa. . .

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  19 Iyul 2011, 10:54:38

                     Johillik

Hindistonning o'rmonlarida bir qurt bo'lib, huddi cho'g'ga o'xshab yaltirab turar ekan. Uni bilmagan odam cho'g' deb o'ylaydi. . .
  Maymunlar ham qurtni ushlab cho'g' deb o'ylab ustiga shox shabbalarni qo'yib puflashaverishibdi. Buni tepada daraxtda ko'rib turgan dono to'ti qush:
-Hoy maymunlar bu qurt, cho'g'mas desayam baribir puflashaverishibdi. Shunda to'ti qush pastga tushib tushuntiri, rosa ovora bo'p ketishdi deb pastga tushibdi. Maymunlar esa to'ti qushni o'ldirib qo'yishibdi.

Xulosa : ahmoqlarga  bir narsani uqtiraman , tushintiraman disez aqli omidi. Sizga bir yomonli qilish niyatida ham bo'ladi. Aslida esa johildir.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  22 Iyul 2011, 15:28:33

               Dunyo ?
Bir shayx o'tirgan joyidan derazaga boqib yonidagilarga debdi :
- hozir sizlarga yolg'on gapiraman. Falonchi o'tib ketyapti. . .
Barcha o'rnidan turib, derazadan qarabdi. Shayx kulimsirab :
-men sizlarga yolg'on aytaman desam ham, barchangiz qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg'onchidir. Ko'ra bila turib nog'orasiga o'ynayveramiz.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  22 Iyul 2011, 20:55:51

                     Faxm

Bir insonning xizmatchi ayig'i bor ekan. U inson o'rmonda yurgan paytlarida uni boshqa yirtqich hayvonlardan himoya  qilarkan. Bir kuni ho'jayni daraxtga suyanib uxlab dam olayotgan ekan, yuziga pashsha kelib qo'nibdi. Ayiq , xo'jaynini judayam yaxshi ko'rarkan, ixlosi baland ekan. Xo'jaynimmi uyg'otib yubormasin deb pashshani qo'li bilan haydabdi. Pashsha uchib ketibdi  va birozdan so'ng yana yuziga qo'nibdi. Ayiqni jahli chiqibdi va pashsha xo'jayning yuziga qo'nib turgan joyida tosh bilan urib yopishtirib qo'yibdi. . .

Xulosa shuki : har bir ishda faxmni ishlatish va  HAYVONGA o'xshab ish tutmaslik , ODAM farzandi ekanligimizni unutmaslik kerak. . .

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  25 Iyul 2011, 11:38:49

Biz ko'chada uchrashdik. Azon eshitildi:
- yur masjidga- dedim - bugun juma'.
-masjidga bormasligimni bilasanku ?
- bilamankuya , lekin qachonga bormaysan ?!
- nima desam ekan, ruhim to'g'ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari yirtilib, dazmoli buzilishidan qo'rqama. . . Arzimaydi.
Kulgim qistadi.
- hazillashyapsanmi ?!
- hazil - pazili yo'q. Oq kiyimni yaxshi ko'rishimni. Dog' tushurmasligimni bilasanku .
Haqiqatdan ham shunday, u ko'pincha oppoq kiyim kiyardi, kiyimlari hamisha dazmollangan toza va ozoda . . .
    Oradan ikki oy o'tib, behos, uning jome'da ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. . .
Jome'dagi namoz saflarinin eng oldida turar edi.
Sekin oldiga yaqinlashdim va past ovozda :
-qani og'ayni , senga nima bo'ldi ? Masjidga bormayman demaganmiding ?- deb so'radim.
Undan sado ham chiqmadi chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o'rangancha tobutda yotar , uning uchun janoza namozi o'qishlarini kutar edi.

Qazo bo'lmasidan namozga shoshiling.
O'lim kelmasdan tavbaga shoshiling.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  09 Avgust 2011, 14:38:13

          Kim nima olib ketdi?

Yoshi bir joyga borib qolgan ota o'lim soati yaqinlashib qolganligini qalbidan his etardi. Butun umri bozor -o'charda birni ikki, o'nni esa ming qilish bilan o'tib hattoki o'z ota onasi o'lim to'shagiga yotib qolganda ham u dunyo to'plash bilan ovora, yonlarida bir lahzaham o'tirishga vaqti yo'q edi. Bugun esa yolg'iz farzandi ham huddi o'zi. Bozorlardan beri kelmaydi, otasini so'nggi bor qachon ziyorat qilgani esidan ham chiqib ketgan. . .
   Ota , o'g'lini yoniga chaqirib : ey og'lim ! Biroz bo'lsada yonimda bo'l. Men to'plagan mol-dunyoyim hattoki nevaralarimgayam yetadi. Men ham huddi sen kabi dunyo to'plashga boshim bilan kirgan edim. Ota onamdan xabar ham ololmadm. . .
 Ey o'g'lim ! Senga aytadigan ikkita vasiyatm bor :
Birinchisi - shu oyog'imdegi paypog'im menga juda ham qadrdon bo'lib qoldi. Qabrga qo'yayotganingda paypog'imni yechmasdan ko'mgin.
Ikkinchisini esa qog'ozga yozib qo'yganman, meni qabrga qo'yganingdan so'ng o'qirsan- deya vasiyat qilibdi.
  Oradan bir necha kun o'tib otasi vafot etibdi.
Mayyitni yuvuvchilarga  :
- otamni paypoqlarini yechmasdan yuvinglar- debdi o'g'li.
- buni iloji yo'q, chala yuvib bo'lmaydi
-axir otam shunday vasiyat qilgan
- unaqada o'zing yuvaqol !
- mayli ! Paypoqlarini ham yechib yuvaveringlar - deya o'g'il rozi bo'libdi .
Mayyitni yuvib , kafanlashibdi. Janoza namozini o'qib, qabrga qo'yishibdi. . .
  Oradan bir qancha vaqt o'tgach o'g'il otasi yozib qoldirgan ikkinchi vasiyatni o'qibdi :
- ko'rdingmi o'g'lim !? Shuncha mol-dunyo , davlatim bo'laturib qabrimga birgina eski paypog'imni ham olib ketolmadim !
  Ey o'g'lim ! Senda hali imkoniyat bor, qabrga oxiratinga zarur va foydali bo'lgan narsalarni to'pla. . .
Dunyo - avvalgilardan qolgan sarqitlardir. Umringni befoyda sarqitlarni to'plashga bag'ishlama .


Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  15 Avgust 2011, 14:07:36

           Yaxshilik - Yomonlik
Olim, juda ham ilmli bir inson shogirdiga o'n yil davomida o'zi bilgan ilmlarni o'rgatibdi. Bir kuni shogirdiga shunday debdi:
- men bilganlarimni sizga o'rgatdim, ertaga yaxshi kiyimlarizdan kiyib yonimga keling sizga ,,oq fotiha '' beraman- debdi.
Shogird ertasi kuni ustozi aytganiday qilibdi. Uztozining yoniga kelibdi. Shunda ustozi yangi to'n kiygizibdi , tilla tangalar hadya qilib ,,oq fotiha '' beribdi va to'satdan ustozi uning quloq chakkasiga uribti. Shogird bundan hayron bo'lib, sababini ham so'ramasdan ustozining oldidan chiqib ketibdi. Oradan yigirma yil o'tib shogirdi o'sha shaharning eng katta qozisi etib saylanibdi. Buni eshitgan ustozi uni ziyorat etgani boribdi. Shogirdi ustozini juda ham hurmatlab, to'rga o'tkazib hushmuomalalik bilan kutib olibdi. Biroz suhbatlashganlaridan so'ng shogirdi:
- ustoz ! O'shanda nima uchun quloq chakkamga urgan edingiz ?-deya so'rabdi. Shunda ustozi:
-eslaysizmi, sizga o'shanda yangi to'n kiygizib tilla tangalar ham bergan edim, birgina shu kaltagimni yigirma yil eslab yurdizmi ??
So'nggi nasihatim sizga : mana bugun ulug' lavozimga saylandiz, insonlarga zulm qilmang chunki, inson zulmni hech qachon esdan chiqarmaydi. . .

Insonlar qilgan yaxshiliklaringizni eslashmaydi. Bilmasdan yomonlik qilsangiz ham aslo unutishmaydi.

Qayd etilgan