Soliha ayollar! Ibrat oling!  ( 22698 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  19 Avgust 2006, 10:32:07

Rasululloh s.a.v. ning Oisha onamizga muhabbatlari shunchalik kuchli ekidi, natijada boshqa onalarimiz u kihsini rashk qila boshlashdi. Bu holni Rasulullohga s.a.v. bildirish uchun u kishini eng sevimli qizlari Fotimani r.a.  jo'natishdi. Rasululloh s.a.v. qizlarining so'zini tinglagach,
- Qizginam Fotima, men sevgan kishini siz ham sevmaysizmi?, dedilar.Shunda Fotima r.a.
-Albatta sevaman, Yo Rasululloh s.a.v.- dedilar.
- U holda Oishani sevishingiz kerak,- dedilar Rasululloh s.a.v. Fotima onamiz jim bo'lib qoldilar. Rasululloh s.a.v. so'zlarida davom etdilar:
- Oishadan hech qachon rashk qilmasinlar. Rabbimga qasamki, Oishadan boshqa hech kimlarining yotoqlarida menga vahiy kelmagan,- dedilar.
Bani Mustaliq g'azotidan qaytishayoptganda munofiqlar Oisha onamizni badnom qilish uchun u kishiga tuhmat qildilar. Bundan Rasululloh s.a.v. va musulmonlar chuqur iztirobga tushib qolishdi. Va nihoyat Oyatlar, Nur surasining 11-13 oyatlari nozil bo'lib, Oisha onamiz Allohning Kalomi guvohligida oqlandilar.
Oradan yillar o'tdi. Rasululloh s.a.v. yuz mingdan ziyod musulmonlar ila Vido hajini ado etdilar. Madinaga qaytganlaridan keyin betob bo'lib yotib qoldilar. Kasallilari kuchayganida esa Oisha onamizni honalarida qolish uchun boshqa ayollaridan ruhsat so'radilar. Boshqa ayollari rozi bo'lgach, to Yaratganga qovushgunlaricha Oisha onamiz bilan bo'ldilar. Osha onamiz u muborak zotni hizmatlarini a'lo darajada qilib, sevgi va vafoda o'rnak ko'rsatdilar. Rasululloh s.a.v. vafot etganlaridan keyin Oisha onamizning honalariga dafn qilinmoqni vasiyat qildilar. Oisha onamiz Rasululloh s.a.v. bilan to'qqiz yilga yaqin birga yashashgan.U kishini vasiyatlariga ko'ra muborak jasadlari Oisha onamizning honalariga dafn qilindi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2006, 10:50:22

Hazrati Oisha r.a. ilmiy saviyalari va fazilatlari bilan alohida o'rinda edilar. Bir necha shogirdlar chiqarganlar. Shogirdlari Islom rivojiga katta hissa qo'shishgan. Eng qiyin masalalardagi hadislar Hazrati Oishadan o'rganilgan. Madinadagi eng ma'lum va mashhur yetti faqihdan biri bo'lganlar. Hadis rivoyat qilishda esa Abu Hurayradan keyin ikkinchi o'rindagi roviy hisoblanganlar. Ba'zi manbaalarda esa beshinchi o'rinda deyilgan, Vallohi a'lam.Nima bo'lganda ham u kishi rivoyat qilgan hadislari doimo sahih deb topilgan. U kihsi taqvoda, ibodatda, hayoda va boshqa eng ulug' fazilatlarda hammaga o'rnak bo'lganlar. Rasululloh s.a.v. u kishini honalariga dafn qilinganidan keyin u honaga yana bir muborak zot Oisha onamizning otalari Rasululloh s.a.v. sodiq do'stlari, Qiyomatda Payg'ambarlardan keyingi maqomni egallaydigan zot Abu Bakr Siddiq r.a. ham dafn qilindilar. Bundan bir nech yil o'tgandan keyin bu honaga Hazrati Umar r.a. ham dafn qilindilar. Odin bu honada ikki ulug' zot yotishganida Oisha onamiz hijobsiz o'tirar edilar. Umar r.a. dafn qilinganlaridan keyin esa doimo hijobda o'tirdilar. Buni sababini so'rashganida Oisha onamiz shunday javob berdilar:"Birinchi zot Rasululloh s.a.v. mening erim edilar,ikkinchi zot otam edilar shuning uchun hijobsiz o'tirar edim,lekin Umar r.a. qo'yilganidan keyin hijobsiz o'ltirishim joiz emas, chunki bu zot menga nomahramdir", deb javob berdilar. Shuning o'zi ham u zoti sharifani naqadar taqvodor va fasohatlik ekanlaridan dalolat beradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2006, 10:55:38

Vafotlari.

Hazrati Oisha r.a. hastalanganlarida Rasululloh s.a.v. ko'p ayollari dorulbaqoga rihlat qilgan edilar Oradan ko'p o'tmay Oisha onamiz ham bu dunyoda eng yaqin kishilari bo'lgan Muahmmad Mustafoga s.a.v. qovushdilar va Madinadagi Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Hazrati Abu Hurayra qabristondan qaytayotib ko'zlariga yosh olib shu unutilmas jumlalarni aytgan edilar:
- Alloh, Mo'minlarning onasi hazrati Oishani O'z rahmatiga olsin. Iffatli va sadoqatli bu zot ibratomuz bir hayot kechirdilar.
Mominlar onasi, Rasululloh s.a.v. eng sevimli zavjalari Oisha onamiz r.a.dan Alloh rozi bo'lgan bo'lsin va u zotni o'z rahmatiga olsin.

Qayd etilgan


Laylo  21 Avgust 2006, 07:54:30

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Avgust 2006, 11:12:49

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!
Saodat asrining saodatli ayollaridan ibrat olish barchamizga nasib etsin!

Va alaykum assalam,Laylo!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Alloh taolo hammamizni Ulug' Kunda
Saodat asri ayollari qatorida qilsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Avgust 2006, 13:10:38

Ummu Salama.(Hind binti Abu Umayya)r.a.

Ummu Salama o'z qavmining eng boy va jo'mard kishisi bo'lgan Suhayl ibn Mug'ira honadonida tug'ilgan. Uning otasi Suhayl jo'mardligi, karami va jasorati bilan mashhur bo'lgan. Suhayl "Yo'lovchilarning ozig'i"degan laqabini olgan. Buning sababi doimo safarga chiqqanda sherigiga ozuqa oldirmas, hammani ehtiyojini o'zi qondirar edi. Ummu Salama nomi bilan mashhur bo'lgan Hind ana shu oilada kamol topdi va shu yerda olgan yuksak ahloqiy tarbiyasi uning taqdirlanishiga va hurmat ko'rishiga sabab bo'ldi. U balog'atga yetganidan keyin, hammamizga Abu Salama nomi bilan tanilgan Abdfulasad ibn Abdulloh al-MAhzumiy bilan turmush qurdi. Soliha, vafoli va itoatli ayol bo'lgani uchun bahtli hayot kechirdi.
O'lik qalblarni tiriltirish uchun yer yuziga Islom nuri tushgan ilk kunlardayoq Abu Salama musulmon bo'ldi va unga ayoli Ummu Salama ham qo'shildi. Bu oila ilk musulmon bo'lgan oilalardan bo'lib, shuning uchun boshlariga juda ham ko'p musibatlar va balolar yog'ildi. Lekin ular sabr va matonat bilan hammasini yengib chiqishdi. Bunga Allohga va Uning Rasuliga bo'lgan cheksiz muhabbatlari sabab edi. Islom nuri ulardek fidokorlar bilan butun olamni oydinlatdi. Bu oila Habashistonga hijrat qilgan sahobiylar safida hijrat qilishdi. U yerda bir muddat bo'lishgach esa yana Nabiy s.a.v.ning oldilariga Makkaga qaytib keldilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Avgust 2006, 13:32:58

Ilk musulmonlar qurayshiyliklardan ko'p jabru jafo ko'rib, bardosh berib bir qancha muddat Makkada qoldilar. Madinaga hijrat qilishga ruhsat bo'lganidan keyin ko'p sahobiylar Madinaga hijrat qilishni boshlagan edilar. Ular safida Abu Salamaning oilasi ham bor edi. Ular Makkadan yo'lga chiqishganida Ummu Salamaning qavmidan bo'lgan bir kishi ularning yo'lini to'sdi va Abu Salamaga:
- O'zingniku bizdan qutqararsan,lekin hotiningni bu yerdan olib ketishingga yo'l qo'ymaymiz, - dedi. Buni ko'rgan Abu Salamning qavmi esa:
- Agar siz bu ayolni eridan ajrtasangiz, o'g'limizni ham uni oldida qoldirmiaymiz,- deb Ummu Salamaning o'g'lini qo'lidan tortib olishdi. Shunday qilib uch kishilik oila uch tomonga ajraldi. Abu Salam Madinaga, Ummu Salama o'z qavmiga va o'g'illari Salama Abdulasad o'g'illarining qo'liga ketdi. Bu oilaning parokandaligi bir yil davom etdi. Bir yildan keyin Ummu Salamani qo'yib yuborishdi, o'g'lini ham qaytarib berishdi. Shunday qilib Ummu Salama o'g'lini olib Madinaga, erining oldiga yo'l oldi. Ummu Salama o'g'illari bilan tuyada yolg'iz Madinaga ketishar edi. Tan'im degan joyga kelishganida Usmon ibn Talhani uchratdi.  Usmon Ummu Salamaga:
- Ey, Abu Umayyaning qizi qayerga ketyapsan,- dedi.
- Madinada yashayotgan erimning oldiga ketayapman,- dedi Ummu Salama.
- Yoningda biror kishing  bormi?-  dedi Usmon.
- Alloh va shu farzandimdan boshqa hech kim yo'q,- dedi Ummu Salama.
- Vallohi, seni bu yerda yolg'iz qoldirmayman,- dedida, tuyaning no'htasini tutdi. To Madinaga yetib olgunlaricha ularga hamroh bo'ldi. Bu haqda Ummu Salama shunday hikoya qiladilar.
Alloh taologa qasamki, undan qadrliroq boshqa biron kishi bilan aslo orqadosh bo'lmadim. Tushadigan joyga kelganimizda, tuyani cho'ktirar, o'zi esa orqa tomonga o'tib ketar, men tushib olganimda keyin kelib tuyani bog'lab, o'zi esa mendan ancha masofa naruga ketib yotar edi. yo'lga tushadigan paytimizda yana shunday qilar edi. Toki Madinaga yetib kelgunimzcha shunday qildi.
Shu voqeadan ham ma'lum bo'ladiki, Saodat asri egalari nechog'lik Alloh uchun holis hizmat qilishgan va biz ulardan o'rnak olishimiz lozim.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Avgust 2006, 12:19:36

Alloh yo'lida tarqalib ketgan oila yana Alloh yo'lida birlashdi. Abu Salama ayoli va o'g'lini katta hursandchilik bilan kutib oldi. Anchadan beri oila ustida suzib yurgan qora bulutlar tarqalib, uning o'rnini sevinch va hursandchilik keltiruvchi rahmat bulutlari egalladi.
Abu Salama Alloh yo'lida jang qiluvchilar safiga qo'shildi. Badrda qahramonlarcha jang qildi. Uhud tuprog'iga esa toza qoni to'kildi. Juda og'ir yaralangan edi,lekin Alloh unga shifo berdi. Rasululloh s.a.v. Asad o'g'illari ustiga yuborilgan qo'shinga uni amir qildilar. Ular musulmonlarning Uhudda yo'qotgan azamatlarini qaytarib olish bilan birga, ko'p mol va g'animatlarni qo'lga kiritishdi. Ammo bu jangda Abu Salamaning eski jarohati ochilib, ko'p qon yo'qotdi. Ahvoli og'irlashdi va bosh tomonida Rasululloh s.a.v. turganlarida abadiy dunyoga rihlat qilib shahid bo'ldi. Alloh u zotdan rozi bo'lsin.
Ummu Salama bu o'limni iymon to'la qalb va sabr bilan qarshi oldi. Alloh taoloning amriga bo'ysunib, eriga shahidlikni nasib qilganiga shukr qildi.
Abu Salamaning r.a. vafortidan to'rt oy o'tib Hazrati Abu Bakr r.a. Ummu Salamani r.a. so'rab keldilar. Lekin Ummu Salama rozi bo'lmadilar. Jihod va sharaf maydonlarida shahid ketgan buyuk kishilarni tul zavjalariga uylanib ularni nomuslarini ta'minotga olish arablarning odati edi. Shunday niyat bilan Hazrati Umar ham keldilar, lekin Ummu Salama buni ham rad qildilar. Bir kuni uyda yolg'iz o'tirganlarida erlari bilan bo'lib o'tgan suhbatni esladilar. Ummu Salama shunday degan edilar:"Eshitishimcha, jannat ahlidan bo'lgan bir kishi o'lib,uning ayoli boshqa turmushga chiqmasa, Alloh taolo u hotin bilan erini  jannatda birga qilar ekan. Huddi shu kabi hotin o'lsa erkak uylanmasa ham Alloh taolo ularni jannatda birga qilar ekan. Keling, siz bilan ahdlashaylik, mendan keyin siz uylanmang, sizdan keyin men turmushga chiqmayman".
Shunda Abu Salama:"Yo'q, men o'lsam sen turmush qurgin".dedilar va:"Allohim! Agar men o'lsam,mendan keyin unga mendan ham hayrlik er ato qil.U eridan hech ham hafalik va aziyat ko'rmasin", deya duo qildi.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Avgust 2006, 13:06:19

Abu Salamadan hayrli zot.

Ummu Salama shularni o'ylab o'tirarkan, Rasululloh s.a.v. ichkariga kirishga izn so'radilar. Unga tasalli va taskin bermoqchi edilar. "Bu musibarda senga ajr va ehson berishini va hayrliroq er berishini duo qilib Allohdan tila..." dedilar. Ummu Salama yig'lab shunday dedilar:"Abu Salamadan hayrliroq kim bo'lishi mimkin, ey, Allohning Rasuli".
Nabiy s.a.v. uning bu so'zlarini o'ylay boshladilar va bu ayolni g'am ichida yolg'iz qoldirmaslik lozimligini angladilar. Natijada Allohdan unga bir ikrom bo'lishi, darajasining yuksalishi va tasalli topishi uchun Rasulullohga s.a.v. Ummu Salamani ham mo'minlar onalari safiga qo'shish uchun amr keldi.
Alloh taolodan Ummu Salamaga uylanish amri kelganida Rasululloh s.a.v. Xatib ibn Baltaani r.a. uning uyiga sovchi qilib yubordilar. Ammo Ummu Salama:"Rasulullohga s.a.v. Allohning salomi bo'lsin... Ammo unga mening yoshim o'tganligini, yetim go'daklarim borligini va buning ustiga juda rashkchi ekanligimni ayting", dedilar. Rasululloh s.a.v. shu gaplarni aytib yana sovchi yubordilar:"Yoshi o'tganiga kelsak, mening yoshim unikida kattaroq, kishining o'zidan yoshi ulug'roq kishi bilan turmush qurishi ayb emas. Yetimlar esa Alloh taologa va Uning Rasuliga oiddir. Juda ham rashkchiligi hususida esa men Alloh taologa undan bu hisni olishi uchun duo qilaman".
Ummu Salamaning valiyi Umar ibn Abu Salama edi. Rasululloh s.a.v. unga mahr o'laroq o'n dirham qiymatida mol berdilar. Bular ichida hurmo yaprog'i solingan ko'rpa, qozoncha, toboq va tegirmon bor edi.
Rasululloh s.a.v., hufton namozidan keyin Ummu Salamadan r.a. boshlab  zavjalarining huzuriga kirib chiqardilar. Chunki, Ummu Salama r.a. mo'minlar onalarining eng yoshi ulug'i edilar. Ummu Salamaning r.a. honasiga birinchi kirishlari unga ko'rsatgan ikromlari edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 10:26:19

Soliha ayol!

Ummu Salama voqealarni nihoyatda chuqur o'ylab, oqilona qaror beradigan aqlli ayol edilar. Shu sababli Rasulullohning s.a.v. boshqa ayollari bilan tez til topishib ketdilar. Bundan tashqari Rasululloh s.a.v. qoshlarida u zotni ulug' bir mavqelari bor edi. Hudaybiya sulhi kuni bir hodisa sodir bo'ldi.
Quraysh elchilari bilan tinchlik shartnomasi tuzilgach, Rasululloh s.a.v. ashoblariga qurbonliklarni so'yishni va soch oldirishni buyurdilar. Ashoblar shartlarini og'ir deb bilgan bu sulhni vahiy bilan bekor qilinishiga umid qilib, Rasululloh s.a.v. buyurgan ishlarni bir muddat bajarmadilar. Rasululloh s.a.v. uch marta takrorlagach hech kim bajarmaganini ko'rib hafa bo'ldilar va Ummu Salamaning oldiga kirib ketdilar. Ahvolni unga tushuntirdilar. Ummu Salama:"Yo, Rasululloh s.a.v. ashobingiz bu vazifalarni bajarishini istaysizmi?Chiqing, hech kimga gapirmasdan qurbonlikni so'ying, sartaroshni chqiring, sochingizni olsin", dedilar. Rasululloh s.a.v. ham buni to'g'ri deb topdilar. Bunday qilish ashoblarni harakatga tushirish uchun bir fe'liy tashviq edi. Chunki ashoblar hammalari Rasulullohni s.a.v. juda sevishar va u zot uchun jonlarini berishga ham tayyor edilar. Allohning Rasuli o'rnidan turib, Ummu Salamaning r.a. oldidan chiqdilar va u zot aytganlaridek qildilar. Buni ko'rgan ashoblar ham qurbonliklarni so'ydilar va sochlarini oldirdilar.
Bunga o'hshash juda ko'p holatlarda Ummu Salama r.a. juda to'g'ri va foydalik fikr berardilar. Ummu Salama r.a. Rasululloh s.a.v. aytgan so'zlarini eslab qolib hadislar rivoyat qildilar. U kishi hotirasi juda kuchli tinglovchi va ishonchli roviy edilar.

Qayd etilgan