Soliha ayollar! Ibrat oling!  ( 36104 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  26 Avgust 2006, 10:57:38

Mo'minlar onasi Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sodir bo'lgan har bir hodisani diqqat bilan kuzatib bordilar. Insonlar va ularni idora qiluvchi halifa va voliylarning to'g'ri yo'ldan adahmasliklari uchun harakat qildilar.Tarixchilarning yozishicha, bir kuni Ummu Salama r.a. halifalikni qabul qilib olgan Usmon ibn Affon r.a. oldilariga kirib u kishiga nasihat qildilar.
"Ey, o'g'lim, menga nima bo'lyaptiki, odamlarning sendan uzoqlashib, himoyangdan chiqayotganini ko'ryapman. Rasululloh s.a.v. yo'llaridan boshqa yo'lda hayr qidirma. U zot o'chirgan o'tni yoqma. Do'stlaring Abu Bakr va Umar r.a. yo'llariudan yur. Ular ishni mahkam ushladilar va aslo zulm qilmadilar. Bir ona sifatida nasihat qilyapman.Bu maning haqqim, vazifam. San ham itoat qilishing lozim".
Usmon ibn Affon r.a:"Albatta, sen aytding, men tingladim. Sen tavsiya qilding, men ham albbata qabul qildim", dedilar.

Muoviya ibn Abu sufyon halifa bo'lgach insonlarni bay'at qildirish uchun Busr ibn Abu Ertani Madinaga yubordi.Busr:"Jobir kelmaguncha hech bir Bani Salamalikning bay'atini qabul qilmayman", dedi. Yoshi ulug'ligiga qaramay, Ummu Salama Jobirga:"Bay'at qil, men bu bay'atning yomonligini bilsam ham, birodarimning o'g'li Abdulloh ibn Zam'aga qoni va molini saqlash uchun bay'at berishini aytdim", dedilar.

Minbarlarda Hazrati Aliga r.a. la'nat o'qish buyurilganida,Ummu Salama r.a. Muoviyaga odam yuborib, shunday dedilar:"Siz Ali ibn Abu Tolib va uni sevganlarni la'natlash bilan minbarlarda turib Alloh va Uning Rasulini la'natlayotganingizni biling.Men shahodat beramanki, Alini r.a. Alloh taolo va Rasuli sevadi".

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 11:06:16

Vafotlari.

Ummu Salama r.a. mo'minlarning onasi edilar. Tili bilan ularni zulmdan saqlashga harakat qilar, imkon boricha davlat odamlarni zulm qilishdan qaytarar edilar.
Hijratning 59-yili Zulqa'da oyida ko'ngillari behuzur bo'la boshladi va Alloh taolo u kishidan, u kishi ham Alloh taolodan rozi holda jon taslim qildilar. Janozalarini Abu Hurayra r.a. o'qidilar. Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Vafot etganlarida 84 yoshda edilar.
Ummu Salama r.a. vafodor zavja, sabrli mujohida, buyuk olima, ishonchli roviy,hullas, Haq yo'lida bayroqdor edilar.
Alloh taolo Ummu Salama onamizdan rozi bo'lsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Avgust 2006, 08:56:06

Ummu Habiba binti Abu Sufyon.(Mo'minlar onasi)

Asl ismi Ramla bo'lgan Ummu Habiba hijratdan 25yil avval, ya'ni, Rasulullohga s.a.v. risolat mas'uliyati tushishidan 13yil oldin, Abu Sufyon oilasida tug'ildi. U nasl-nasabi yuksak, juda boy va go'zal qiiz edi. Hammaning ko'zi unda, makkalik yigitlarning har biri unga uylanishni orzu qilardi. Uning go'zalligi qurayshiylar ichida otasini obro'sini yanada ko'tardi. Ramlaga uylanishni hohlovchilar ichida Ubaydulloh ibn Jahsh sharafli qavmga mansub, yuksak mavqe sohibi va juda kelishgan yigit edi. Bundan tashqari diniy ilmlarga ham juda rag'batli edi. Nasroniy Varaqa ibn Navfaldan sira ajralmas edi. Varaqa johiliyat davridayoq butlardan yuz o'girgan edi. Abu Sufyon barcha so'raganlar orasidan Ubaydullohni tanladi va qizini unga berdi. Ramla porloq fikr va aql sohibasi, bilimdon va madaniyatli ayol edi. Eri Ubaydulloh hamma masalada unga murojaat qilar, uning fikrini bilishni hohlardi.
Kunlar shunday o'tardi.... Hazrati Muhammadga s.a.v. payg'ambarlik tushganda, Ubaydulloh ustozi Varaqa ibn Navfaldan eshitgan hikmatli so'zlar ta'sirida Rasulullohning s.a.v. nubuvvatlariga iymon keltirdi. Ammo bu iymon yuzaki edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Avgust 2006, 09:04:45

Ubaydulloh bilan zavjasi Ramla ham Habshistonga hijrat qilishdi. Lekin Najoshiy vataniga oyoq bosar bosmas Ubaydulloh yana nasroniylikka qaytdi. Bir kuni Ramla juda ham dahshatli tush ko'rdi. Tushida erini g'alati bir qiyofada - oydin yuzli bo'lganidan keyin qop-qora, go'zal bo'lganidan keyin chirkin qiyofada ko'rdi. Bunday tushning yomonligidan Allohdan panoh tiladi. Ramla o'z ishlari bilan kuymalanashib yurganida Ubaydulloh nasoro bo'lganini bildirdi va uni ham nasroniylikka chaqirdi. Ramla bu taklifni rad qildi. Kechqurun ko'rgan tushining ma'nosini endi tushundi. Tushini eriga aytib, iymon va Islomda qolishga chaqirdi. Ubaydulloh esa qabul qilmadi. Hatto musulomnlarning yoniga borib:"Biz haqiqatni topdik, siz endi ko'rishga harakat qilyapsiz. Bundan so'ng ko'rolmaysiz", dedi. Ubaydulloh murtad bo'lgach, ichkilikka ruju' qo'ydi, ohir oqibat shu holda o'lib ketdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Avgust 2006, 09:27:26

Ramla hijrat yurtida ikki qayg'u orasida yashadi. Biri vatanidan ajralishi bo'lsa,ikkinchisi beva qolishi. Ammo u mustahkam iymoni tufayli bu musibatlarga chiday oldi.
Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat etganlaridan keyin qo'shni davlatlarning hukmdorlariga maktub yo'llab, ularni Islomga chaqirdi. Bunday maktubni Najoshiyga Amr ibn Umayya ad-Damriy olib bordi. Rasululloh s.a.v. maktubda Najoshiyni musulmonchilikka chaqirib, Ramlani o'zlariga so'ratgan edilar. Najoshiy ikki taklifni ham qabul qildi. Va Abraha ismli bir joriyani bu hushhabarni Ramlaga yetkazish uchun yubordi. Abrahaning so'zlarini eshitgan Ramla hursandchiligini yashirib ham o'tirmadi:
- Alloh sening hayringni bersin,- dedi.
G'urbatda qolgan tul ayol uchun Rasululloh s.a.v. o'zlariga so'ratishlaridan ham hayrliroq nima bo'lishi mumkin?
Ramla to'y masalalarini oydinlashtirish uchun Xolid ibn Said ibn Osga vakolat berdi. O'sha oqshom Najoshiy musulmonlarni saroyga chaqirib shunday dedi:
- Muhammad s.a.v. menga bir maktub yozib, Ramla binti Abu Sufyonni o'ziga nikohlashimni so'rabdi. Men uning hohishini bajo keltiraman va Ramlaga 400 dirham mahr beraman,- dedi.
So'ngra mahrni yig'ilganlarning oldiga to'kdi. Shu payt Ramlaning vakili Xolid ibn Said o'rnidan turdi va:
- Allohga hamd bo'lsin, Undan boshqa iloh yo'qligiga shahodat beraman. Muhammad s.a.v. Uning to'g'ri yo'lga boshlovchi qilib, butun dinlar ustiga Haq din qilib yuborgan quli va Rasulidir. Men ham Rasulullohning s.a.v. istagini qabul qildim va Ramlani unga berdim. Alloh taolo Rasuli uchun muborak qilsin.
Dinorlar Xolidga berildi. Haloyiq tarqalmoqchi bo'lganida Najoshiy:
- O'tiringlar, uylanayotganda kelganlarga taom berish payg'ambarlarning sunnatidir,- dedi.
Taomlar keltirildi. Mehmondorchilik tugagach, duodan so'ng hamma tarqaldi....
Rasululloh s.a.v. bu nikohdan buyuk hikmat va yuksak maqsadlari bor edi. Birinchidan, g'urbatda qolgan beva Ramlaga yordam berish bo'lsa, ikkinchidan o'zlarining va dinning katta dushmani Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ustidan g'alaba qilish edi. Abu Sufyon bu nikohni eshitgan payti:"Bu odamning burni yerga tegmaydi", degani rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Avgust 2006, 09:59:34

Muhojirlar uzoq ayriliqdan keyin Habshistondan qaytishdi. Bu voqea Haybar fath etilgan kunga to'g'ri keldi. Rasululloh s.a.v. shunday deb shukronalik keltirganlari rivoyat qilinadi.
- Qaysi biridan quvonay:Haybar fathidanmi,Navfalning qaytishidanmi?
Habashistondan kelganlar orasida Ramla ham bor edi...
Ummu Habibaning vafodor, iymonida sobit ekanini va dinga sadoqatini ko'rsatuvchi bir hodisa bo'ldi.
U bir iymonli ayol, buning ustiga Rasulullohning s.a.v. zavjasi... Ikkinchi yoqdan otasi haybat va hurmat-e'tibor sohibi,lekin kofir va mushrik... Taqdirda otasi Abu Sufyon bilna ham yuzma-yuz kelish ham bor ekan....
Hudaybiya sulhini birinchi bo'lib Qurayshning ittifoqchilaridan bo'lgan Bani Bakr buzdi. Shundan keyin Rasulullohga s.a.v. ittifoqchi bo'lgan Xuzo'a o'g'illaridan biri yordam so'rab keldi. Rasululloh s.a.v. unga yordam berishga va'da berdilar va ishonch bildirdilar. Qurayshning raisi ish nima bilan tugashini tushunib yetdi. Darhol Rasululloh s.a.v. bilan sulhni mustahkam tutish maqsadida Madinaga yo'l oldi. Madinaga kelgach, Rasululloh s.a.v. bilan o'rtalarida vositachilik qilishni so'rab qizi Ummu Habibaning r.a. oldilariga kirdi. Endi o'ltirmoqchi bo'lganida qizi ko'rpachani taxlab olib qo'ydi. Abu Sufyon:
- Ey, qizim, meni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapsanmi yoki uni menga loyiq ko'rmayapsanmi?- deya so'radi.
- Sizni ko'rpachaga loyiq ko'rmayapman. Rasululloh s.a.v. ko'rpachalarida mushrik kishi o'ltirishini hohlamadim.
- Vallohi, senga bir yomonlik yetganga o'hshaydi, qizim.
- Yo'q, aksincha, Alloh taolo meni hidoyatga boshladi.Ey,ota, siz Qurayshning sayyidisiz. Qanday qilib ko'rmaydigan va eshitmaydigan butlarga ibodat qilasiz?Nima uchun Islomni qabul qilmaysiz?
Ummu Habiba faqat Alloh va Uning rasulini sevishini aytishi bilan birga, otasining saltanat va azamatidan qo'rqmay,uning iymon va kufr orasidagi o'rnini jasorat bilan tanitgan edi.
Otasi bu so'zlarni eshitib, g'azabi keldi. Jahl bilan ko'chaga chiqdi va Rasululloh s.a.v. huzurlariga bordi. Hazrati Payg'ambar s.a.v. uni rad qildilar va tarfkashligini qabul qilmadilar. oqibat Abu Sufyon hech qanday natijaga erisha olmay Makkaga qaytib ketdi.
Rasululloh s.a.v. Ummu Habiba r.a. bilan otasi o'rtasidagi suhbatni bilgach unga yanda hurmatlari oshdi. Dinga va Payg'ambar ahliga hurmat ko'rsatgani o'laroq,uni yanada ko'proq ikrom qildilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Avgust 2006, 10:13:04

Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin Ummu Habiba honayi saodatda qoldilar. U kishini butun musulmonlar e'zozlashar va hurmat ko'rsatishar edi. Bu hurmatning sababi Payg'ambarimizga bo'lgan ulug' bir sadoqatlaridan edi. Halifalar  u ksihini ziyorat qilishar, ro'zg'orga qarashishar va kerakli yordamalrini berishar edi.Qanchlik fitnalar zuhur qilsa ham, Ummu Habiba na so'z, na f'el bilan birortasiga qo'shilmadilar. Aksincha, musulmonlarni bir safda va yagona din yo'lida birlashishga, Allohga bog'lanib, Uning mustahkam arqonidan ushlashga chaqirar edilar. Ummu Habiba r.a. o'ta dono, vazmin va jiddiy ayol edilar. Rasulullohdan s.a.v. eshitgan ko'plab hadislarni rivoyat qilganlar va Islomiy ilmning rivojlanishiga hissa qo'shganlar.

Ummu Habiba r.a. faqat namoz uchun uydan chqardilar. Madinani faqat haj maqsadida tark qilganlar. Hijratning 44-yili og'ir kasal bo'lib qoldilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay, 70 yoshlarida boqiy dunyoga rihlat qildilar. Baqi' qabristoniga dafn qilindilar. Alloh taolo Ummu Habiba onamizdan rozi bo'lsin, u zotni muborak, mavqrlarini ulug' qilsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 10:06:37

Mo'minlar onasi Hazrati Maymuna r.a.

Hazrati Maymunaning Islomga kirishlari din uchun ham musulmonlar uchun ham hayr va barakot vasilasi bo'ldi.Chunki uning musulmon bo'lishi uzoq yillardan beri Islomga qarshi urush e'lon qilgan kishilardan jaholat pardasini ko'tardi,kibr to'la qalblarini tozaladi.
Hazrati MAymuna r.a. Rasululloh s.a.v. uylangan eng so'nggi ayoldir.U Payg'ambar s.a.v. honadonida yashagan qisqa davrda ko'ngilga og'ir botadigan biror ish sodir bo'lmagan. Hazrati Payg'ambarimizning s.a.v. vafotlaridan keyin u kishining butun hayoti, Rasululloh s.a.v. hotiralariga hurmat va taqvo bilan yashashning go'zal ramzi bo'ldi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 10:14:09

Nasablari.

Mo'minlar onasi Hazarti Maymuna r.a. qurayshning obro' e'tiborli kishilaridan bo'lgan Horis ibn Hilolning qizi bo'lganlar. Onalari Makkaning fazilat va yuksak nasab bilan mashhur bo'lgan ayollaridan biri Hind binti Avf bo'lib, Xolid ibn Validning holasi edi.
Maymunaning r.a. Ummul Fazl va Salma ismli qiz qardoshlari bor edi. Nabiyning r.a. amakilari Abbos ibn Abdumutallib r.a. Ummul Fazlga, Shahidlar sardori bo'lgan Hamza ibn Abdumutallib r.a. Salmaga uylangan edilar. Shu bois Abdumutallib ibn Hoshim o'g'illari bilan Hazrati Maymunaning opa singillari o'rtasida avvaldan juda mustahkam qarindoshchilik rishtalari bor edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Avgust 2006, 10:29:55

Tug'ilishlari.

Maymuna Nabiyning s.a.v. payg'ambar bo'lishlaridan olti yil avval Makkada tug'ilganlar. Islomiyat kelganida ham yahshi yomonni ajrata olmaydigan yosh qizcha edilar. Johiliyat davrida tug'ilganlari bois o'zlari yasab olgan butlarga sigh'ingan ota-onani tarbiyasini olib, buzuq e'tiqod ta'sirida o'sib ulg'aydilar. Ammo u kishi payg'ambar, vahiy degan narsalar haqida eshitar va ularni tushunishga harakat qilar edilar.
Balog'atga yetgach uni Makkaning ko'zga ko'ringan yigitlaridan biri bo'lgan Mas'ud ibn Amrga uzatdilar. Maymuna Abbos ibn Abdumutallibning zavjasi bo'lgan opalari Ummu Fazlning oldilariga tez-tez borib turardilar. Opalaridan musulmonlar, g'azot, Badr va Uhud haqida eshitar va bular unga boshqacha ta'sir qilar edi.
Haybar G'azotidan keyin muslmonlarning g'olib bo'lganlarini eshitib Hazrati Maymunaning boshlari osmonga yetdi. Bu habarni u zot opalarining uyida eshitdilar. Hursand bo'lib o'z uylariga qaytib kelsalar erlarining hafa holda topdilar. Maymunaning hursand holda ko'rgan erlarining jahli chiqdi. U bilan tortishib qolishdi va ohir oqibat uni tark qilganini aytdi. Maymuna ham ortiq uning oldida qolmay, yana pochchasi Abbos ibn Abdumutallibning uyiga ketdi.

Qayd etilgan