Ilk musulmonlar qurayshiyliklardan ko'p jabru jafo ko'rib, bardosh berib bir qancha muddat Makkada qoldilar. Madinaga hijrat qilishga ruhsat bo'lganidan keyin ko'p sahobiylar Madinaga hijrat qilishni boshlagan edilar. Ular safida Abu Salamaning oilasi ham bor edi. Ular Makkadan yo'lga chiqishganida Ummu Salamaning qavmidan bo'lgan bir kishi ularning yo'lini to'sdi va Abu Salamaga:
- O'zingniku bizdan qutqararsan,lekin hotiningni bu yerdan olib ketishingga yo'l qo'ymaymiz, - dedi. Buni ko'rgan Abu Salamning qavmi esa:
- Agar siz bu ayolni eridan ajrtasangiz, o'g'limizni ham uni oldida qoldirmiaymiz,- deb Ummu Salamaning o'g'lini qo'lidan tortib olishdi. Shunday qilib uch kishilik oila uch tomonga ajraldi. Abu Salam Madinaga, Ummu Salama o'z qavmiga va o'g'illari Salama Abdulasad o'g'illarining qo'liga ketdi. Bu oilaning parokandaligi bir yil davom etdi. Bir yildan keyin Ummu Salamani qo'yib yuborishdi, o'g'lini ham qaytarib berishdi. Shunday qilib Ummu Salama o'g'lini olib Madinaga, erining oldiga yo'l oldi. Ummu Salama o'g'illari bilan tuyada yolg'iz Madinaga ketishar edi. Tan'im degan joyga kelishganida Usmon ibn Talhani uchratdi. Usmon Ummu Salamaga:
- Ey, Abu Umayyaning qizi qayerga ketyapsan,- dedi.
- Madinada yashayotgan erimning oldiga ketayapman,- dedi Ummu Salama.
- Yoningda biror kishing bormi?- dedi Usmon.
- Alloh va shu farzandimdan boshqa hech kim yo'q,- dedi Ummu Salama.
- Vallohi, seni bu yerda yolg'iz qoldirmayman,- dedida, tuyaning no'htasini tutdi. To Madinaga yetib olgunlaricha ularga hamroh bo'ldi. Bu haqda Ummu Salama shunday hikoya qiladilar.
Alloh taologa qasamki, undan qadrliroq boshqa biron kishi bilan aslo orqadosh bo'lmadim. Tushadigan joyga kelganimizda, tuyani cho'ktirar, o'zi esa orqa tomonga o'tib ketar, men tushib olganimda keyin kelib tuyani bog'lab, o'zi esa mendan ancha masofa naruga ketib yotar edi. yo'lga tushadigan paytimizda yana shunday qilar edi. Toki Madinaga yetib kelgunimzcha shunday qildi.
Shu voqeadan ham ma'lum bo'ladiki, Saodat asri egalari nechog'lik Alloh uchun holis hizmat qilishgan va biz ulardan o'rnak olishimiz lozim.