Mo'minlar onasi Rasululloh s.a.v. vafotlaridan keyin sodir bo'lgan har bir hodisani diqqat bilan kuzatib bordilar. Insonlar va ularni idora qiluvchi halifa va voliylarning to'g'ri yo'ldan adahmasliklari uchun harakat qildilar.Tarixchilarning yozishicha, bir kuni Ummu Salama r.a. halifalikni qabul qilib olgan Usmon ibn Affon r.a. oldilariga kirib u kishiga nasihat qildilar.
"Ey, o'g'lim, menga nima bo'lyaptiki, odamlarning sendan uzoqlashib, himoyangdan chiqayotganini ko'ryapman. Rasululloh s.a.v. yo'llaridan boshqa yo'lda hayr qidirma. U zot o'chirgan o'tni yoqma. Do'stlaring Abu Bakr va Umar r.a. yo'llariudan yur. Ular ishni mahkam ushladilar va aslo zulm qilmadilar. Bir ona sifatida nasihat qilyapman.Bu maning haqqim, vazifam. San ham itoat qilishing lozim".
Usmon ibn Affon r.a:"Albatta, sen aytding, men tingladim. Sen tavsiya qilding, men ham albbata qabul qildim", dedilar.
Muoviya ibn Abu sufyon halifa bo'lgach insonlarni bay'at qildirish uchun Busr ibn Abu Ertani Madinaga yubordi.Busr:"Jobir kelmaguncha hech bir Bani Salamalikning bay'atini qabul qilmayman", dedi. Yoshi ulug'ligiga qaramay, Ummu Salama Jobirga:"Bay'at qil, men bu bay'atning yomonligini bilsam ham, birodarimning o'g'li Abdulloh ibn Zam'aga qoni va molini saqlash uchun bay'at berishini aytdim", dedilar.
Minbarlarda Hazrati Aliga r.a. la'nat o'qish buyurilganida,Ummu Salama r.a. Muoviyaga odam yuborib, shunday dedilar:"Siz Ali ibn Abu Tolib va uni sevganlarni la'natlash bilan minbarlarda turib Alloh va Uning Rasulini la'natlayotganingizni biling.Men shahodat beramanki, Alini r.a. Alloh taolo va Rasuli sevadi".