Kutubxona > O'zbek adabiyoti

O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida

(1/4) > >>

forumnnb:
Assalomu alaykum!

Men o`n marta o`qisam yana o`qigim keladigan asar bor - "Dunyoning ishlari". Shu haqda sizlar bilan o`rtoqlashgim keldi, fikrlaringiz bo`lsa marhamat!!!  :)

zulayxo:
Sizga ham Ollohning salomlari bo'lsin
U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.

Munira xonim:
Assalamu alaykum!
"Dunyoning ishlari"- bu asar muallifi agar adashmasam, O'tkir Hoshimov.
Juda ham zo'r, insonlarga ko'p foydasi tegadigan asar.
Bu asar asosida ancha yillar oldin videofilm ham ishlangandi.
Juda zo'r chiqqan edi.
Lekin juda ko'p yillardan buyon bunday narsalarni Tvdan olib tashlashganmi,
namoyish qilmay qo'yishdi.
Hozirda bunday filmlar ishlasholmaydi, shunday bo'lgandan keyin shunday asarlardan tayyorlangan eski filmlarni bo'lsa ham namoyish qilib turishlari lozim edi, lekin afsus....

forumnnb:
Assalomu alaykum!
Menimcha biz hali bunday filmlar ishlashga tayyor emasmiz. G`.G`ulomning "Shum Bola" videofilmini ko`rib to`g`risi hafsalam pir bo`ldi. Kayfiyatim buzildi.  Shunday zo`r asar..........  "Dunyoning ishlari"ga keladigan bo`lsak, uning videofilm qilib ishlanganini sizdan eshitdim. Menimcha bunday asarlarni film darajasiga ko`tarish uchun dastlab tayyor bo`lishimiz kerak(har taraflama...)

forumnnb:

--- Iqtibos: zulayxo  19 Avgust 2006, 09:28:39 ---U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.

--- End quote ---

Uning Muallifi O`. Hoshimov. Sizga yaxshi maslahat, shu kitobni o`qib chiqing, hayotga bo`lgan munosabatingiz keskin o`zgaradi. Bu asarda o`zbek harakteri, o`zbek ayoli shnday chiqoyli ochib berilganki, xullas yuz marta eshitgandan, bir marta o`qigan yaxshi.......

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version