O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida  ( 30803 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 00:42:52

O'.Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari kichik novellalardan iborat. Novella - kichik hajmdagi qissadir. U faqat voqealarning qati' izchilligini talab etadi. Iste'dodli yozuvchi O'.Hoshimov ushbu holatni teran ilg'agan holda badiiy qimmati yuksak pafosdagi asarini yaratdi. Asar janr talabi imkoniyatlariga to'la javob beradi.

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 00:47:29

Haya, asosiysini unitibmanku... bundan tashqari asarni mehri ummonalr talqini deb atasa ham bo'ladi. Asar ona haqida, o'zbek ayli, o'zbek onasi haqida... har birimizning onamoz haqida. Asarni o'qigan har bir kitobxon bunda o'z onasini tasavvur qiladi, ko'z oldiga keltiradi. Aslida yozuvchi bu asarni o'z onasiga bag'ishlab yozgan. Lekin adabiyotning mojizaviligini qarangki, bu asadan har birimiz o'z onamizni tasavvur qilamiz. Yozuvchining mhorati ham an shunda. 

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 22:56:16

O'zbek onalari haqida yozilgan eng yaxshi asar deb hisoblayman. Buni o'qiganimizda beixtiyor munis onalarimiz ko'z o'ngimizda gavdalanadi.

Qayd etilgan



albatros  08 Fevral 2014, 10:57:44

Eng yaxshi ko`rgan asarlarimdan biri bu asar. Yozuvchi, shu qadar mahorat bilan yozganki, asardagi barcha voqealarga o`zingiz ishtirok etasiz. Asardagi, ta`m, hid, boringki barcha tuygùlarni his eta olasiz. Onalarning mehri atalmish eng buyuk tuygù mahorat bilan tasvirlangan.

O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar" kitoblarini ham elektron varianti saytga qo`yilishini istardim.

Qayd etilgan


munlu  16 Mart 2014, 05:05:29


Qayd etilgan