O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi haqida  ( 56637 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


forumnnb  18 Avgust 2006, 20:23:20

Assalomu alaykum!

Men o`n marta o`qisam yana o`qigim keladigan asar bor - "Dunyoning ishlari". Shu haqda sizlar bilan o`rtoqlashgim keldi, fikrlaringiz bo`lsa marhamat!!!  :)

Qayd etilgan


zulayxo  19 Avgust 2006, 09:28:39

Sizga ham Ollohning salomlari bo'lsin
U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Avgust 2006, 09:38:12

Assalamu alaykum!
"Dunyoning ishlari"- bu asar muallifi agar adashmasam, O'tkir Hoshimov.
Juda ham zo'r, insonlarga ko'p foydasi tegadigan asar.
Bu asar asosida ancha yillar oldin videofilm ham ishlangandi.
Juda zo'r chiqqan edi.
Lekin juda ko'p yillardan buyon bunday narsalarni Tvdan olib tashlashganmi,
namoyish qilmay qo'yishdi.
Hozirda bunday filmlar ishlasholmaydi, shunday bo'lgandan keyin shunday asarlardan tayyorlangan eski filmlarni bo'lsa ham namoyish qilib turishlari lozim edi, lekin afsus....

Qayd etilgan


forumnnb  23 Avgust 2006, 18:00:52

Assalomu alaykum!
Menimcha biz hali bunday filmlar ishlashga tayyor emasmiz. G`.G`ulomning "Shum Bola" videofilmini ko`rib to`g`risi hafsalam pir bo`ldi. Kayfiyatim buzildi.  Shunday zo`r asar..........  "Dunyoning ishlari"ga keladigan bo`lsak, uning videofilm qilib ishlanganini sizdan eshitdim. Menimcha bunday asarlarni film darajasiga ko`tarish uchun dastlab tayyor bo`lishimiz kerak(har taraflama...)

Qayd etilgan


forumnnb  23 Avgust 2006, 18:04:14

U qanday kitob muallifi kim?!  To'g'risi bu kitob haqida eshitmaganman.

Uning Muallifi O`. Hoshimov. Sizga yaxshi maslahat, shu kitobni o`qib chiqing, hayotga bo`lgan munosabatingiz keskin o`zgaradi. Bu asarda o`zbek harakteri, o`zbek ayoli shnday chiqoyli ochib berilganki, xullas yuz marta eshitgandan, bir marta o`qigan yaxshi.......

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Avgust 2006, 09:32:55

Assalomu alaykum!

Men o`n marta o`qisam yana o`qigim keladigan asar bor - "Dunyoning ishlari". Shu haqda sizlar bilan o`rtoqlashgim keldi, fikrlaringiz bo`lsa marhamat!!!  :)

Albatta, bu asardan ta'sirlanmay bo'lmaydi. Bu asarni hissiyotsiz o'qish mumkin emas.  "Dunyoning ishlari" asarini ONAga qo'yilgan abadiy yuksak ehtirom ramzi deyish mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Fevral 2010, 08:31:20


Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi aziz Onajonlar!
Muallif


Dunyoning ishlari



Muallif: O'tkir Hoshimov
Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


Hadija  14 Sentyabr 2010, 13:02:05

bu kitobni online o'qimoqchi edim, ammo "xato" degan yozuv chiqyapti-ku?! Iltimos, bu kitobni online o'qish imkonini qilib bersangizlar!...

Qayd etilgan


yoqutxon  16 Sentyabr 2010, 05:18:54

bu kitobni online o'qimoqchi edim, ammo "xato" degan yozuv chiqyapti-ku?! Iltimos, bu kitobni online o'qish imkonini qilib bersangizlar!...
Hadija opa albata bir ilojini qilib ''Dunyoning ishlari''ni o'qib chiqing. Judayam ajoyib, his kechinmalarga boy kitob.

Qayd etilgan


ibrohim  25 Noyabr 2010, 18:15:20

   ibi, bu yerga ekan-ku, mullo habib rahmat rahmat

O'tkir Hoshimovni "Дела Земнс‹е" digan kitobi

... man ruschasini o'qidim, atak zo'r ekan....

Qayd etilgan