Biznes haqida aforizmlar  ( 22740 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


muxlisa  12 Yanvar 2012, 16:52:27

Biznesga tegishli maslahatlar, nasihatlar, aforizmlarni yozib boramiz.


Yer sotib oilng, u endi ishlab chiqarilmaydi. Mark Tven.

Puldan ham muhimroq narsalar bor, lekin u narsalarni pulsiz sotib ololmaysan. Prosper Merime.

Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi. Robert Kiyosaki.

Biznesda sen yoki pul topasan, yoki tajriba. Sen tajribani ol, pul esa o'zi keladi. Garold Jenin.

Qayd etilgan


muxlisa  12 Yanvar 2012, 18:36:14

Tabassum qilishni bilmaydigan odam, tijorat bilan shug'ullanmasligi kerak. Xitoy maqoli.
Savdodagi yaxshi muomala birinchi o'rinda turadi, sovuq muomala qilgan sotuvchiga odam qaytib borgisi ham kelmaydi.

Farzandlariga mehnatsevarlikni o'rgatgan odam, ularga meros qoldirgandan ham ko'ra  yaxshiroq ta'minlaydi. Richard Ueytli.
Manimcha, yaxshi meros ham ortiqchalik qilmasa kerak:)..


Yaxshi qaror - tajriba samarasi. Tajriba esa - yomon qarorlar samarasi. Uolton Riston.
Xatolar sababli o'rganamiz degandek gap ekan...

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  12 Yanvar 2012, 20:07:48

Uzing ishlap 10so'm topmastan odam ishlatip 5 so'm topishni urgan shunda senda aqlingni ishlatip pul topishga imkon buladi

Qayd etilgan


Safida  12 Yanvar 2012, 21:19:37

Hitoyliklar shunde deyisharkan "Eshikning zanjiri qimirlab turgani uchub zanglamaydi"

Qayd etilgan


Safida  12 Yanvar 2012, 21:29:05

Nasixat ,biznes faqat xalollik ustiga quriladi.

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Yanvar 2012, 21:39:31

ish bilganga ön tanga, til bilganga ming tanga

Qayd etilgan


Aqoid  13 Yanvar 2012, 04:29:05

Baliqni yaxshi ko'rgan insonga baliq olib berormasdan, baliq tutishni o'rgatib qo'y.
(xitoy xalq maqolining remix varianti)

Qayd etilgan


Humayro  13 Yanvar 2012, 09:18:21

Umar r.a._ning: "Shariatimizni bilmaydigan odam, bozorlarimizda savdo qilmasin" - mazmunda gapi bor.

Barakatning 10-dan 9 bo'lagi tijoratda bo'ladi (albatta halol tijoratda).

Tijorat bilan shug'ulanadigan musulmonlar shariat hukmlarini ayniqsa sudxo'rlik va ribo mavzusini, uning turlarini, ribo va sudxo'rlikdan qanday saqlanishni yaxshiroq o'rganishlarini tavsiya qilaman.

Barakat Allohdan.

Qayd etilgan


muxlisa  15 Yanvar 2012, 08:04:43

Har qanday yutuq turi uchun qat’iyatchalik boshqa biror muhim sifat bor deb o’ylamayman.

Jon Devison Rokfeller.

Hayotda inson uchun muvaffaqiyatning sirlaridan biri, qulay vaziyat kelganda undan foydalanmoqlikka tayyor turishdir.

Aleksand Dyuma-o'g'li.

Qayd etilgan


Secret  15 Yanvar 2012, 11:33:08



  Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.  G. BOKL

Qayd etilgan