Ramazonda Qur'oni Karimni xatm qilaylik!  ( 123552 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 25 B


Aqoid  27 Avgust 2011, 21:02:49

Judayam chiroyli duo bo'libdi. Faqat yakundagi ota-onangizning ruhi qo'llasin degan joyi ozgina yanglish bo'pqopti.

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2011, 10:16:17

Judayam chiroyli duo bo'libdi. Faqat yakundagi ota-onangizning ruhi qo'llasin degan joyi ozgina yanglish bo'pqopti.

  :asl3:

Orhan Genjabay aytganlariday: "Hatasız kul olmaz" :)

Tuzatib qo'ydim, aslida shunday demoqchi edim, men ota onamni eslaganimda o'zimni yana ham kuchli his qilaman. Lu'lu opani ota-onalari ham )ayniqsa onalari) judayam boshqacha ayol bo'lgan ekanlar, Alloh rahmatiga olsin...

Lekin tasavvuvda avliyolar, "Fena Fillah" maqomiga erishgan zotlarni ruhlari qo'llashi aytib o'tilgan.

Qayd etilgan


registan  28 Avgust 2011, 13:15:02

Assalomu alaykum, 3-o'n kunlikning 30-juz'i ham yakunlandi inshaAlloh.

Qayd etilgan


Lu`lu`  29 Avgust 2011, 00:40:15

men ota onamni eslaganimda o'zimni yana ham kuchli his qilaman. Lu'lu opani ota-onalari ham )ayniqsa onalari) judayam boshqacha ayol bo'lgan ekanlar, Alloh rahmatiga olsin...
 

 :asl3:

 :3 Гузал тилаклар ва дуоларингиз олдида хижолатмиз. Узбекни хар хонадонида кадри баланд оталаримиз, ака-ука, угилларимиз борки, биз аёллар уларни сосларида иззатлимиз.

Qayd etilgan


azizbek_mx  29 Avgust 2011, 10:47:29

 Alhamdulillah, 15-ju'z ham oxirgi bölib xatm qilindi :3 kechikkanim uchun ma'zur tutasizlar, xatmlarimizni Öz dargohida qabul qilsin. Bunday tadbirlarimiz davomli bölsin. Duo talabidagilarning duolarini ijobat aylab, bemorlarimizga shifo bersin. Assalomu alaykum, va roxmatullohi va barakatuhu...

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  29 Avgust 2011, 10:57:24

Olloh taolo barchamizdan rozi bo'lsin . Yetkazganiga shukur.

Qayd etilgan


Ansora  29 Avgust 2011, 13:08:49

 :asl3:

O'zi orada bir xatm qilib tursak bo'lardi, keyingi Ramazonga qadar, nima deysizlar?

Oyda 1 marta hech bo'lmasa. Bundan buyog'i qish zotan, kechalar uzun.

Inson bolasi shu, vazifa berilsa, yana ham jiddiy qaraydi bu ishga:)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Avgust 2011, 15:00:17

Assalamu alaykum!
G'animat soatlar, g'animat daqiqalarda turibmiz.
Allohga hamdlar bo'lsin, ushbu Ramazoni sharif barakasi ila forumimizda ham 3 bora Qur'oni karimni xatm qilishga O'zi nasib etdi.

Bu yilgi Qur'oni karim xatmida 20 kishi qatnashdi (Kapalak, Aqoid, Ummu Muslima, Muslimshuhrat, Eng ojiz banda, Muhammad Yusuf, Abdulhafiz, Rabella, secret, Registan, Humayro, Azizbek_mx, Muhammad Sohib, Mirolim, Lu'lu', Mo'min Mirzo, AsiRa, Shirin_a, Umarbey, AbdulAziz).

Bu degani dunyoning 20 ta yerida Qur'oni karim oyatlari yangradi. 20 ta xonadonda duolar qilindi. 20 ta uyda forumdoshlar eslanib, ularning haqiga, o'tib ketgan ajdodlari haqiga xayrli duolar qilindi.

Shayx hazratlari yaqinda Marg'ilonga kelganda qilgan ma'ruzalaridagi bir jihat e'tiborimni tortdi. U kishi dedilar: "Bizlar mana shunday sharoit uchun Allohga shukr qilishimiz kerak. Bugun dunyoning ko'p musulmon davlatlarida urush, janjal, ocharchilik kabi balolar sabab Qur'oni karim xatm qilish tugul, ro'za tutishga ham imkoniyat bo'lmayapti... Bizga to'qlikni bergan, tinchlikni hadya etgan Allohga hamdlar bo'lsin!"

Allohim, qilingan ushbu amalimizni beriyo qabul qilsin! Xato-nuqsonlarimiz ko'p, ularni-da qabul qilsin! Forumdoshlardan kimdir bemordir, kimningdir qalbida O'ziga asrab yurgan tilaklari bordir, talablari bordir, O'ziga ayon. Allohim, o'zing qalblarimizning egasisan, shar'iy talablarimizni mukammal qilib bergin!

Keyingi Ramazonlarga ham shunday to'kislik, tinchlik-totuvlikda yetmoqlikni nasib etgin!

Qayd etilgan


Ansora  29 Avgust 2011, 17:56:24

Yaxshi niyyat yarim mol-da:) Ramazon bahonasi bilan oson o'qiladigan Qur'on sovga gilgandilar ho'jayinim, faqat shartlari: vaqtim bo'lishi bilan Qur'on o'qishim, edi (bu haqdakitob javonimiz mavzusida yozgandim)

Mana qarang, Alloh nasib qilib, bu Qor'oni Karim bilan 3 marotaba xatm qilish nasib bo'ldi, alhamdulillah:)

Qayd etilgan


Secret  29 Avgust 2011, 20:27:10

 
    :asl3:

Alloh dargohida qabul qilsin!
Ramazonda uydagilar bilan kim ko’p hatm qilish bilan musobaqalashuvdik — forumdagi hissamizni ham qo’shib birinchilikni qo’lga kiritarkanmiz  ;) — bunday hayrli ishlar bardavom bo’lishini tilab qolamiza"¦..

Qayd etilgan