Ramazonda Qur'oni Karimni xatm qilaylik!  ( 123684 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 25 B


Muhammad Yusuf  01 Avgust 2011, 19:04:32

Assalomu aleykum !

1-o'n kunlikdagi 16-juz'ini hatm qildim. Olloh xato va nuqsonlarini kechirib, dargohida qabul qilsin.

Qayd etilgan


Ansora  01 Avgust 2011, 19:11:01

AbdulAziz, Umar bin Abdulaziz ismlarini Muhammad Yusuf, deb o'zgartibdilar, yuqoridagi ro'yhatdagi ismlarini ham o'zgartirib qo'yarsiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Avgust 2011, 19:19:39

Bugun 1-o'n kunlikning 3 juz'i hatm qilinadimi?

iy, men xatmni kecha kechqurun boshlab yuboribmanku... Xisobga ötadimi yoki boshidan boshlab kelaymi? ::)

1 o'n kunlik xatmini har kim olgan juz'ini shu o'n kunlikda bitirsa bo'ldi. Tartib shart emas.
O'qib, xatm qilib bo'lganlar, bu haqda shu mavzuda xabar qoldirsalar.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  01 Avgust 2011, 20:29:29

3-o'n kunlikdagi hatmdan , 23 - juz'ni menga bersangiz.

Qayd etilgan


Aqoid  02 Avgust 2011, 03:53:59

2,3- juz'larni inshaalloh tugatdik,duoda bo'ldik. Sizlarga qolgani bizni haqqimizga ham duo qilib qo'yishlik. Ulug' oydagi amallaringizni Alloh dargohida qabul qilsin

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2011, 09:26:56

30-juz' ham xatm etildi.
Boshqa Qur'on o'qiguvchilarimiz ham dastlabki 5-6 kunda o'qib bo'lishsa, ikkinchi o'n kunlikdagi olinmagan juz'larni ham olishsa, inshaalloh, nurun ala nur bo'lur erdi.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  02 Avgust 2011, 19:07:39

Assalomu aleykum !

1-o'n kunlikning 17 - juz'ini hatm qildik. Insholloh. Olloh xato- nuqsonlarini kechirib dargohida qabul aylasin.

Qayd etilgan


Ansora  02 Avgust 2011, 20:00:17

 :asl3:

Yaxshilar, men ham 1- o'n kunlikni 1-juzini xatm qildim. Rabbim xatolarimizni Sattor sifati bilan berkitsin iloyim.

Qo'ldan kelguncha duo qildim, Ziyouzni talabgorlari uchun:)

(Balki meni xatolarim ko'p bo'lar, deb ayajonimga ham 1-juzni o'qing, deb iltimos qildim, ayam Qur'oni Karim domlasilar :), yani 2 marta o'qildi, alhamdulillah.

Ro'zalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo'lsin azizlar...
(Judayam issiq edi bugun)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Avgust 2011, 04:30:04

:vslm:
Alhamdulillah biz ham 14-juz'ni tugatdik... Alloh :jl: xatolarni mag'firat qilib, beriyo maqbul aylagan bo'lsin.

Qayd etilgan


Lu`lu`  03 Avgust 2011, 19:18:16

3- ун кунлида 9дан 15гача булган жузларнисм манга берсангиз, тартиб бн укиб кусрдим, рахмат

Qayd etilgan