Voy maşallah:) Men ham boshda o'ylagandim-a, bu 1 xatm bizga yetmasa kerak, deb. Juda yaxshi qilibsizlar.
2- o'n kunlikdan menga 4. juzni beringlar:) AbdulAziz, o'zingiz yuqoridagi qonun qoida qismiga "1, 2, 3-o'n kunlikdagi butun juzlar shu o'n kun ichida o'qilsa bo'ldi", (yani 1,2 deb navbat bilan o'qilishi shart emas, ma'nosida) deb yozib qo'ysangiz bo'larkan.
Chustiy janoblari aytgan "shovvozlar" esa "boshqa odamlar va amallari" bilan ovora bo'lishsin, iltimos. Biz bu yerda Allohni kalomini mumkun marotaba ko'proq o'qilishini targ'ib qilmoqdamiz, Payg'ambarimiz (S.A.V)- "Amallar niyyatlarga ko'radir" deganlar.
Hech ajab ermas, bu yerda juz olgan barchamizga alohida xatm savobi yozilsa:)
Allohni shafqat, marhamatiga bo'lgan umidimizdan boshqa qo'limizda ne bor, ey yoronlar...