Allohga cheksiz hamdlar, Rasuli Muhammad s.a.v.ga durudi salovotlar bo'lsinkim, 1-o'n kunlikda boshlangan xatmimiz bu kun itmomiga yetdi. Forumdoshlar orasida Qur'oni karim to'liq tilovat qilindi.
Alloh qilingan bu amalimizni dargohida maqbul qilib, xato-nuqsonlarini kechirsin! Birodarlarimizning qalblarida nimaiki shar'iy maqsadlari bo'lsa, Alloh ularga erishtirsin! Duo umidida bo'lgan mo'min-mo'minalarning duolarini maqbul qilsin!
2-3-o'n kunliklarni ham mana shunday ko'tarinki kayfiyatda, chiroyli qilib o'tkazishni va O'zining Kalomini qiroat qilib, xatm qilishga nasib etsin!
2-3-o'n kunliklardsa olinmagan juz'lar bor. Imkoniyati borlar olsalar.
Ramazaon oyida Yaratgan Egam barchamizning gunohlarimizni kechirib, ibodatlarimizni xayrli maqbul bo'lganlar qatoridan qilsin!