Muallif Mavzu: Mehr kozda!  ( 6328 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

forumnnb

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 68
  • Jins: Erkak
Mehr kozda!
« : 18 Avgust 2006, 20:34:26 »
Assalomu alaykum!

Dunyoda har xil tuyg`ular bor. Muhabbat do`stlik va hokazo.....
Umuman, mehr ko`zda degan gapga qanday qaraysiz, bu to`g`rimi????

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Mehr kozda!
« Javob #1 : 19 Avgust 2006, 09:56:21 »
Assalomu alaykum!

Dunyoda har xil tuyg`ular bor. Muhabbat do`stlik va hokazo.....
Umuman, mehr ko`zda degan gapga qanday qaraysiz, bu to`g`rimi????


Assalamu alaykum!
Men bunga o'z fikrlarimni bildirsam.
Menimcha bu gapni biror bir ramziy manoda aytishgan bo'lsa kerak. Masalan qarindoshlar, yoki umuman birbirisiga yaqin kishilar ko'rishib turishlari lozim, deb va shuni es;atib qo'yish uchun aytishgan bo'lsa kerak.
Aslida esa menimcha Mehr - bu qalbda bo'ladi. Ahir eng yaqin kishingizni ko'p muddat ko'rmasangiz ham uni unutib qo'ymaysizku, aksincha uni vaqt o'tgan sayin ko'proq sog'inasiz. Va u bilan ko'rishadigan kuningizni intiqib kutasiz. Shuning uchun mehr ko'zda emas, mehr qalbda degan bo'lardim.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Nodi

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Ayol
  • Nodira Shomurodova
Re: Mehr kozda!
« Javob #2 : 31 Avgust 2006, 17:38:18 »
Ha, mehr qalbda bo'ladi, Man ham Nargiza opaning fikrlariga qo'shilaman.
O'sha qalbdagi mehr ko'zda namoyon bo'ladi.
Qachonlardir Biz albatta BAXTLI bo'lamiz!

Akmal

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 60
  • Bu - itdan tarqagan
    • http://forum.opennet.uz/index.php
Re: Mehr kozda!
« Javob #3 : 05 Sentyabr 2006, 23:02:32 »
Mehr ko'zda deganda boshqa narsa nazarda tutilgan. Mehrning qalbda bulganligini ushbu ibora inkor etayotgani yo'q...
Mehr ko'zda ham, qablbda ham bo'ladi...

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Mehr kozda!
« Javob #4 : 03 Iyun 2008, 18:12:34 »
Mehr ko'zda deganda boshqa narsa nazarda tutilgan. Mehrning qalbda bulganligini ushbu ibora inkor etayotgani yo'q...
Mehr ko'zda ham, qablbda ham bo'ladi...

Albatta....

Ko'zni yumgil, ko'zga aylansizn ko'ngil... (Rumiy)
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

Хадича

  • Mehmon
Dadajon, 10 $ berib turing...
« Javob #5 : 04 Yanvar 2013, 07:31:42 »
Dadajon, 10$ berib tura
olmaysizmi?

Ишдан кеч қайтгач,
чарчаган ота эшикни
олдида 5 ёшли ўғли
уни кутаётганини
кўрди.
“Дада, сизга бир
савол берсам
майлими?”
“Ха, албатта, нима
савол экан?” жавоб
берди ота.
“Дада, сиз бир соатда
қанча пул ишлайсиз?”
“Бу сени ишинг эмас!
Қаердан олдинг
бунақа саволни?”
деди жахли чиқиб ота.
Ота ғазабланди. “Агар
мен қанча пул
топишимни билишинг
шунчаки бир
ахмоқона ўйинчоқ ёки
бошқа бир бўлмағур
нарса сотиб олиш
учун керак бўлса, у
холда дархол хонангга
кириб жойингга ёт!
Нима учун бундай
ўзбошимчалик
қилганинг хақида
ўйла. Мен куни билан
узоқ, оғир соатлар
мехнат қилдим ва
бундай
ўйинқароқликка
вақтим йўқ.”
Болакай индамай
хонасига кириб кетди
ва кетидан эшикни
ёпиб қўйди. Ота
ўтириб, ўғлининг
берган саволидан
ғазаби қайнарди.
Қандай қилиб у
шунчаки пул олиш
учун бундай саволлар
беришга журъат этди.
Бир соатлардан
кейин, ота тинчланди
ва ўғлига қаттиқ
гапириб қўйганига
афсуслана бошлади.
Балки у ростдан хам
$10 га арзийдиган
нарса олмоқчидир,
ундан ташқари у
мендан кўп пул
сўрамайди, деб
ўйларди у. Ота
ўғлининг хонаси
олдига келиб эшикни
очди. “Ўғлим
ухлаяпсанми?” секин
сўради у.
“Йўқ дада, уйғоқман,”
жавоб берди бола.
“Мен ўйладим, балки
аввал сенга қаттиқ
гапириб
қўйгандирман,”
бошлади ота. “Бугун
кун узун бўлди ва мен
чарчаганим учун
сенга озгина жахл
қилиб қўйдим. Мана
сен сўраган $10.”
Бола ўрнидан турди
ва қувонганидан
“Рахмат дадажон!” деб
қичқирди. Кейин у
ёстиғини тагига
қўлини тиқиб, бошқа
ғижимланган
пулларини чиқарди.
Ота, ўғлининг берган
пулидан ташқари
пуллари борлигини
кўриб, яна жахли чиқа
бошлади. Болакай
шошилмай пулини
санаб, отасига қаради.
“Пулинг бор бўлса,
мендан нега пул
сўрадинг?” ғазабланди
ота.
“Чунки бор пулим
етарли эмас эди,
лекин энди етарли,”
жавоб берди бола.
“Дадажон, мени энди
$20им бор... Бир соат
вақтингизни сотиб
олсам бўладими?”...

Mehrni pulga sotib olishni iloji bo'lganida... Kimlarni kemtik qalbi to'lmasdi,deysiz....
Atrofdagilarga mehr ulashish uchun oxiri tugamaydigan Ishlarimizni tugashini kutamiz....

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Javob: Mehr kozda!
« Javob #6 : 04 Yanvar 2013, 10:51:33 »
Bu postni o'qib qo'rqib ketdim. O'g'lim ham bir kun shunday savol berib tursa-ya...
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
Javob: Mehr kozda!
« Javob #7 : 04 Yanvar 2013, 16:51:09 »
Assalomu alaykum!

Dunyoda har xil tuyg`ular bor. Muhabbat do`stlik va hokazo.....
Umuman, mehr ko`zda degan gapga qanday qaraysiz, bu to`g`rimi? ???



 :asl3:


Ma'lum bir ma'noda juda to'g'ri gap.
Aka-ukalar, opa-singillar nega bir-biriga boshqalarga nisbatan
mehrliroq bo'lishadi? Doim birga bo'lganliklari uchun, birga yashaganlari va
achchiqni ham shirinni ham birga baham ko'rganlari, har dam ko'rishib turishgani uchun.


Uylanib, turmush qurib ketgandan keyin esa ma'lum, kam ko'rishadi bir-birini va o'rtadan
ma'lum miqdordagi mehr ham ko'tarilib(xotini yo ho'jayiniga o'tib) ketadi.


Ko'zdan yiroq, ko'ngildan yiroq, degan ibora ham bor.


Хадича

  • Mehmon
Javob: Mehr kozda!
« Javob #8 : 04 Yanvar 2013, 17:24:24 »
Odamni tili aldashi mumkin,ko'z aldamaydi,deyishadi.
Mufazzala opa,to'g'ri gap etdingiz. Opa ukalar bir qo'rg'onda yashab,har xil kunlarni birga ko'rib bir birligiga yupanch bo'lib yashaganni o'zida ko'rinmas zanjir ularni Mehr dunyosiga bog'laydi.

Yuqoridagi voqeada bola Otasini doim ko'radi, bir og'iz so'ziga,ko'tarib o'ynatishiga mahtal bo'ladi...
Mehr vaqtida sug'orilmasa,odammi odamlardan bezib qolishiga ham sabab bo'larkan...
Mehrsizlik-Mehr bermaslikni mevasi ekan...
Bolalikda- E'tibor talab qilamiz,
 Yoshlikda- Erkinlik talab qilamiz,
O'rta yoshda- Itoatkorlikni talab qilamiz,
Qarilikda- Mehrni izlab qolarkanmiz... ::)

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Javob: Mehr kozda!
« Javob #9 : 04 Yanvar 2013, 18:32:36 »
Bu postni o'qib qo'rqib ketdim. O'g'lim ham bir kun shunday savol berib tursa-ya...
Siz qo'rqmang. Bayramlarda va xonadoningizda to'y-po'y, yig'inlar bo'lganda ko'rib, gaplashvolasiz jiyanimiz bilan. Endi har oyda 1 marta o'g'lingizga  1 soat vaqt ajratsangiz taltayib ketmasmikin?
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Mehr kozda!
« Javob #10 : 04 Mart 2013, 13:52:36 »
Albatta mehr ko'zda chunki uzoq vaqt diydorlashilmasa yaqin qarindoshlar ham begonaday bo'lib ketadi.

 

Mehr ko'chasi,19!

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 9759
So'nggi javob 14 Avgust 2015, 08:31:54
muallifi ikbaljohn