Ramazon muborak!  ( 9241 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  27 Iyul 2011, 17:35:31



Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!

Ramazon taqvimi (Hijriy 1432/2011) | Biz islomni bilamizmi? viktorinasi | Ramazon sog‘inchi | Taqvo yo‘li | Ro‘za  arkonlari | Ro‘zaning sunnatlari | Ramazonning ilk kunida | Iftorlik fazilati | Ro‘zaning makruhlari | Ro‘zani buzadigan  amallar | Ro‘za kimlarga farz emas? | Ro‘zador uchun joiz ishlar | Ramazon hadislari | Xatolarimizni o‘nglaylik


Qayd etilgan


Abdulhafiz  27 Iyul 2011, 17:51:18

Biz ham barcha mo'min musulmonlarni kirib kelayotgan, oylarning sultoni ramazoni sharif bilan chin dildan muborakbot etamiz!
Ushbu oyda ibodatlarimizni chin ixlos bilan ado etib, go'daklardek gunohlardan pok bo'lib chiqishimizni Alloh :jl: so'rab qolamiz...


PS: Forumdoshlar, duo mahalda forumdoshlarni ham eslab o'tinglar...

Qayd etilgan


Musannif Adham  31 Iyul 2011, 01:43:13

Assalomu Alaykum.

Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasi ertaga, Yakshanba kuni Sha'bon oyining oxirgi kuni ekanligini va Ramazon oyining birinchi kuni Dushanba kuni, 2011 Yil, 1 Avgustda boshlanishini ma'lum qilishdi. Shanba kuni kechqurun oy ko'rinmagach shu qarorga kelindi. Shuningdek, Misr, Quvayt, Qatar, BAA, Iordaniya, Yaman, Sudan, Bahrayn, Suriya, Falastin va O'zbekiston ham Ramazonni 1 Avgustdan boshlashadi. Barcha birodarlarimizga Ramazon muborak bo'lsin. 30.07.2011.

Manba: http://www.islamtoday.net/albasheer/artshow-12-154044.htm

http://www.alarabiya.net/articles/2011/07/30/160131.html

Qayd etilgan


Rabella  31 Iyul 2011, 09:56:20

Европа мусулмонлари 1 август куни рсза тутишади            
31.07.2011 й.

Европа фатво ва тадқиқот кегаши (ECFR) тарқатган сълонга ксра, Европада 1 август кунидан муборак рамазон ойи бошланади.
 "œOn Islam" ахборот сайти хабар беришича, Европа фатво ва тадқиқот кенгаши баёнот тарқатиб, унда астрономик изланишлар натижаси шуни ксрсатадики, муборак рамазон ойининг ҳилоли 30 июл куни Макка вақти билан соат 21: 40 да пайдо бслади, -деди.

Мазкур баёнотда айтилишича, қуёш 30 июл куни соат 19:01 да Маккада ботади ва шу куни соат 19:26 да маҳв бслади. Шу нуқтайи назардан рамазон ойининг ҳилолини скшанба 31 июл куни телескопдан фойдаланган ҳолда Шимолий Африка, Арабистон срим оролининг шимоли ва Шимолий Африкада, шунингдек оддий ксзлар билан Лотин Америкаси слкаларида кузатиш мумкин.

Европа фатво ва таҳқиқот кенгаши тарқатган баёнотда айтилишича, ушбу шароит ва фиқҳ халқаро кенгашининг нуқтайи назарини инобатга олган ҳолда жорий йилнинг 1 август куни Европада муборак рамазон ойининг биринчи куни бслади.



Qayd etilgan


birborekan  31 Iyul 2011, 19:39:35

 :asl3:

Bugun judayam hayajonliman, xuddi imtihon oldidan bo'ladigan hayajonday:)
Albatta bu eng katta imtihonlardan biri-ku, to'g'rimi?
Alloh barchamizga Ramazonni haqqiyla tutishni nasib qilsin iloyim.
Barchamizga muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Humayro  01 Avgust 2011, 10:25:41

Хурматли мусулмон ака-укалар, опа-сингиллар,
Аллох даргохидан ибодатларни тула ва тукис адо стишингизда барчангизга илм ва хикмат, матонат ва кувват, сабр ва токат тилайман.
А амазон муборак!!!

Qayd etilgan


albatros  01 Avgust 2011, 11:42:43

Barcha islom ahlini Ulug' Ro'zai Ramazon bilan muborakbod etaman. Ilohim Niyat qilib ro'za tutgan har bir musulmonni Olloh mushkullarini oson etsin.

Qayd etilgan


Habib  01 Avgust 2011, 12:06:05

Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingan kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi.(Baqara, 183-184)

 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: "œOdam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.

Nabiy alayhissalom aytadilar: «Allohning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insonning xayoliga kelmagan dasturxoni bor. Uning atrofida ro‘zadorlargina o‘tiradilar»
(Ibn Abu Dunyo rivoyati).


Ramazon oyi muborak bo'lsin, dinqardoshlar!

Qayd etilgan


braupov  01 Avgust 2011, 14:25:49

 :bsm3:
 :asl3:
Allohning rahmati va barokati ila boshlangan hijriy 1432 yilning RAMAZON oyi muborak bo'lsin. Ushbu oyda qilajak ezgu amallaringiz Yaratganning huzurida maqbul bo'lsin.

Qayd etilgan


Nоdirbek  01 Avgust 2011, 16:43:11

Muqaddas oy barchamizga muborak bo'lsin, ushbu oyda qilinadigan ibodatlarni dargohida qabul aylasin. Ramazon muborak!

Qayd etilgan