Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingan kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi.(Baqara, 183-184)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: "œOdam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.
Nabiy alayhissalom aytadilar:
«Allohning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insonning xayoliga kelmagan dasturxoni bor. Uning atrofida ro‘zadorlargina o‘tiradilar»(Ibn Abu Dunyo rivoyati).
Ramazon oyi muborak bo'lsin, dinqardoshlar!