Ey oka...Uzbekchilik..  ( 58887 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


JahongirNEW  11 Avgust 2011, 11:17:30

"O'zbekchilik" yaxshi mavzu, faqtgina unga forumdoshlar real yondoshsa yaxshi bo'lardi. Negaki har bir millatni bir-biridan ajratib turuvchi kasnepsiyalari mavjud. "O'zbekchilik" bizni boshqa millat vakillaridan ajratib turadigan muhim kansepsiyamizdir. Biz unga kerak bo'lsa sayqal berishimiz, oliy qadriyat ruhiga ko'tarishimiz va bu tushuncha atrofiga jamiki ijobiy hislatlarimizni birlashtirishimiz lozim. Buning uchun bizdan yuksak manaviyat, birdamlik va ozgina mehnat talab etiladi.

Qayd etilgan


Ansora  11 Avgust 2011, 11:21:55

Saharlab os yeyish dunyoda faqat bizda bo'lsa kerak, vayohud jazirama issiqdayam qo'y yog'i go'shtida tayyorlangan palov yeyish:)

Chustiy choyxona palovni yozibdilar, biroz o'qidim, keyin uydagilar "dod" deyishsa kerak, deb umidni uzdim:)

Mendan Turkiyada ko'p so'rashadi: Voy shunday yog'li ovqat yeysizlar, nimaga sizlarda semizlar kam unda? Bilmadim, deb kulib qo'yaman:) O'zbekchilik shu bo'lsa kerak:)

Qayd etilgan


AL_laziz87  11 Avgust 2011, 14:43:34

Uyiga mexmon kelsa o'zi yemagan noz ne'matlarni dasturxonga tortadigan xam o'zek. Bag'ri keng xalq xam o'zbek. Xamma narsaga ko'nikib xo'p diydigan xam o'zbek. Qo'lidan yordam berish kelmasa xam akajonim bizdan nima yordam biga nima xizmat deb qo'li ko'osida turadigan xalq xam bu o'zbek. Kim nima desa desin Men O'zbek ekanligimdan faxrlanaman. Shunfay tinch Olloxni nazari tushgan diyorda tugilib yashayotganimga baxtliman. Xudoga shukur

Qayd etilgan


BelleQizcha  11 Avgust 2011, 14:53:40

Maydaa gapligam.uzbekchilika hos....shu ariqdan saakrasam nima bolarkina....
Qarindoshidan qoshnisi yaqinligam uzbekchilik atak

Qayd etilgan


Donishmand  11 Avgust 2011, 15:44:52

Eh-hee, Shuuncha o'zbekchiligimiz bor ekan-u! Yozsa kaaatta kitob bo'ladi-ya! O'zbekda ertalabdan boshlanadi o'zi, o'zbekchilik. Ishga otlanamiz, kattalarimizdan duo olamiz - o'zbekchilik! Yoki narigi uyda o'tirgan keksa onahonimizga ko'rinmaygina darvozadan chiqvolamiz. Oldilariga kirsak uzundan-uzoq duo qilib, vaqtimizni oladilarda, o'zi ishga kech qolayapmiz-u... Bu ham o'zbekchilik! Ko'chaga chiqib mashina to'htatamiz, manzilni bilgach shofyor 3000 deydi. -"Aka, 2000 beray, bo'ladimi? Saal kechikayotuvdimda..." -"Iloji yo'q, benzin oshdi ukam!", (biladi, baribir chiqamiz mashinasiga, ahir kech qolayapmiz-u!) - O'zbekchilik! Yoki avtobusga chiqsak, kattaroq yoshdagi odamlarga joy beramiz - O'zbekchilik! Joy bermasak ham - O'zbekchilik! Ishga besh minut kech qolib keldik, rahbar: - Kech qolding, 5 minut! Biz esa: - Yo'g'e, mana soatim endi beshta kam bo'ldiyu?! (Yo'lda 10 minut orqaga survolganmiz...) - O'zbekchilik! Agar adashib biror kun erta borib qolsak, kech kelganlarga deymiz: - Ha, ertaroq tursang o'lasanmi? - O'zbekchilik! Tushlikdan yarim soat oldin ishni to'htatamiz - O'zbekchilik! Tushlikdan esa yarim soat kech qaytamiz - O'zbekchilik! Kechki payt ishdan chiqib uyga... yo'g'e, choy-ho-naga qaytamiz - O'zbekchilik! Choyhonadan uyga qachon qaytishimiz aniq emas, chunki bu yog'i endi - O'zbekchilik! Uyga qaytganimizda ham bitta gapni juda chiroyli talaffuz qilamiz: - Majlis cho'zilib ketdi!... Hotin ishonmasa ham ishongisi keladi, o'zbekda! - O'zbekchilik! Ishga vaqtida borib, vaqtida qaytib kelsa ham bo'ladi, (bo'lmaydi bunday qilish), bu - nemischilik! Choyhonadan chiqib kayfda ko'chada dumalab qolib ketsa ham bo'ladi, lekin bu endi o'zbekchilikka to'g'ri kelmaydi, bu endi - o'rischilik! Mana shu yerda ikkita millatning g'iybatini ham qilib qo'ydik - O'zbekchilikda endi!
O'zi nimaga yarim soatdan beri bitta so'zni aylantirib, yozayapsiz, boshqa ishingiz yoqmi? - demang yana...
Ey do'stim... O'zbekchilik!

Qayd etilgan


Musannif Adham  11 Avgust 2011, 16:14:19

Twitterga, yopishib qolganman... shunda twitterdagi bir *sakraydigan* yigitchani twitini oqib hayron qoldim..

*
Balki noto`gridir. Lekin men ro`za tutmayman. Nafsimni shundoq ham jilovlay olganman. Sutkalab ovqat yemasligim mumkin.

UZBEKCHILIK dib oyliyman

Bu o'zbekchilik emas, kamida ilmsizlik, agar ilmi oshib-toshib ketgan bo'lsa, unda iymonsizlik bo'ladi. Alloh Ta'olo ro'zani biz bilgan va bilmagan hikmatlar tufayli bizga farz qildi. Endi, men nafsimni tiya olaman, ro'zaga hojatim yo'q, degan odam yoki johil bo'ladi, yoki Allohning farzlaridan birini inkor qilganligi uchun u odamda iymon yo'q ekan deb tushuniladi. Sutkalab ovqat yemaslik hech qanday diniy va dunyoviy naf bermaydi, agar u Allohga chin iymon bilan, Uning farzini bajaryapman deb e'tiqod qilib ro'za tutmasa.

Qayd etilgan


Usmon  11 Avgust 2011, 19:51:29

Maqtaydigan taraflari juda ko'p O'zbekni....
lekin tanqid obyekti bo'lishga mahkumlariyam anchagina...

Masalan, mana bittasi (buni man anchadan beri o'ylab yurardim)

Manimcha boshqa xalqlada bu odat yoki umuman yo'q, yoki bo'sayam o'zbeklardagidek emas... Bu odatni shartli ravishda "tanish qidirish" deb atay qolamiz

Negadir o'zbegim hammmma joydan tanish izlaydi. Xotini tug'ayotgan bo'lsayam, o'g'li bog'cha, maktab, inst.ga kirishi kerak bo'lsayam, ishga joylashish vaqtidayam, ishlarini bitirishdayam, do'xtirda, bozorda, melisada xullas hamma-hammayoqda bizga "tanish" kerak... Go'yo o'tmishdan bizga "Beshikdan qabrgacha tanish izla" degan hikmatli so'zlar meros qolganday...

Ishi tanishsizam shundoq bitadigan joydayam o'zbek tanish qidiradi.... tanish bo'lgani yaxshi-da...  agar ishimiz bitadigan joyda tanish bo'lmasa orqavarotdan izlaymiz, boshqa tanishlardan surishtiramiz:
- falonchi joydagi falonchi kresloda o'tiradigan falonchini tanimaysanmi?
Agar tanishlarimiz uni tanishmasa, balku ularning tanishi tanib qolishi mumkin-ku axir....

Shu joyga keganda bitta narsa, muammoni hal qilgan bilan u yana boshqa ko'rinishda paydo bo'laveradi. Hammaga "to'xtat tanish izlashni" degan bilan hech nimaga erishib bo'lmaydi...
SHuning uchun bu muammoni sababini topishga harakat qilamiz... Nima uchun biz hamma yerdan tanish izlaymiz?

Menimcha sabab shundaki, notanish, begona bo'lsa:
1) ko'proq pulni shiladi
2) ishingizni yoki sifatsiz, vaqtidan kechiktirib, ensasi qotib qiladi yoki umuman qilmaydi...

deb o'ylaymiz...E'tibor bering:  "deb o'ylaymiz"

Endi nega unday deb o'ylaymiz, degan savolga javob topish osonroq masala... chunki o'zimiz tanish bo'lmagan odamning bizga xizmatimiz yuzasidan ishi tushsa panja ortidan qaraymiz... Ichimizda eng insoflilarimiz bo'lsa, panja ortidan qaramagan taqdirda ham, hech bo'lmaganda, shu notanish ehtiyojmandni o'z tanishidek ko'ra olmaydi. Shu sababli qolganlarni ham shunday fikrlaydi deb o'ylashimiz tabiiy

Bu gaplarim bilan hamma shunaqa demoqchimasman... Lekin manimcha shunaqala oramizda shunaqamasladan ko'proq. Chunki o'zim bu narsaga judayam ko'p duch kelganman....

Tanishlarimiz bor bo'lishsin ishqilib!

P.S. Ekstrapolyatsiya usuli orqali bemalol "pora berish" (olish emas) kasalligi haqida ham xulosa chiqarish mumkin

Qayd etilgan


Rabella  11 Avgust 2011, 23:12:57

Bir vaqtlar "Odamlar orasida" gazetasida  shu mavzuga judayam  mos tushadigan maqola chop etilgan edi.
Buni ham bir o`qib chiqsak foydadan holi  bo`lmasdi...


O`zbekchilik-da, aka, uzr"¦

Men millatchilik qilishni umuman yoqtirmayman. Chunki millatchilik ruhidagi inson boshqa millat vakillariga past nazar bilan qarashni boshlaydi. Ammo millatimni yomon ko`raman ham, deya olmayman. Chunki milatini yaxshi ko`rmaydigan kimsa boshqa millatga mansub insonlarni ham qadrlay olmaydi.

Har bir millatning o`ziga xos xususiyati bor. Biror bir mamlakat nomi yangraganda ana shu xususiyatlar ko`z o`ngimizda namoyon bo`ladi. Lekin bu -  faqat boshqa millat vakili hayoliga keladigan holat xisoblanadi. Har bir millat vakili boshqa millat xususida turlicha fikrga borishi mumkindir, lekin o`zi haqida, o`z millati haqida gap ketganda, albatta, eng samimiy so`zlar bilan yodga oladi milatini. Millatining nomini qo`shib ishlatsa eng yaxshi ishni bajargan paytida gapiradi. Yahudiy millatiga mansub bolakay eng chiroyli uslubda, aql-zakovatini ishga solib bir ishni amalga oshirsa, yon atrofidagilari "œ Jugud bo`p ket-ey " deb qo`yishar ekan.
Berilgan va`daning ustidan chiqishdek buyuk omonatni bajarib, yelkasidan tog` ag`darilganda "œQozoqning gapi bitta bo`ladi" der ekan qardosh millatimiz.
Ruslarning suhbatni eshitgan bo`lsangiz, ajoyib bir iqrorni tinglaysiz: "œQalbimda sen haqingda nima bo`lsa, hammasini yuzingga gapirdim!" deydi-yu davomida bizga o`xshab uzr ham so`rab qo`ymaydi. Narigisi esa "œRus kishisi shunaqa bo`lishi kerak-da!" deb, uning oddiygina iqrorini tag`in oqlab ham qo`yadi.
Agar ikki nemis kishisi o`zaro suhbatlashib turgan bo`lsa , birisi: "œMen falon joyga borishim kerak", deb qolsa, narigisi darxol javob beradi: "œBemalol, hoziroq yo`lga otlan, sen aytgan vaqtingga yetib bor, axir, Nemis kishi va`dasiga xilof qilmasligi lozim!" Bu holat shu qadar oddiylashib ulgurganki , maktabda tahsil olayotgan o`quvchilardan biri kutilmaganda xonadan chiqib ketsa o`qituvchi "œQayoqqa ketayapsan?" demaydi. Bir joyga kechikib qolmasin, deb, dars olayotgan bolaning yo`lini to`smas ekan. Bolakay shosha-pisha aytilgan joyga o`z vaqtida yetib  borsa, sherigi uni xaqiqiy nemis o`g`loni deb  ta`riflar ekan.
Xullas, dunyo mamlakatlari hayotiga nazar soladigan bo`lsak, ularning barchasi o`z millatining nomini tilga olganda, albatta va albatta, yaxshi ma`noda yodga oladi. Biroq, bizda negadir boshqcha. Garchi millatimizda ijobiy jihatlar boshqa millatlarga bo`lib bergudek qadar ko`p bo`lsa-da, negadur O`ZBEK degan nomni asosan "œqovun tushirganimizda" yodga olamiz. Ishonmasangiz, boshingizdan o`tgan so`nggi ishlarni eslang. Bir odamga lafzsizlik qilib qo`yganingizda, eng yaxshi "œbahona" emasmi millatimizning nomini aytib qutulib ketish? "œO`zbekchilik-da, aka, uzr" deb qo`yiladi.
Yoki ayollarning tashvishga ko`milgan sarpolari xususida suhbat qilishayotganini eslang. "œNamuncha endi, sarpa-suruqni ozgina kamaytiring, tog`oralar sonini 50 tadan 20 taga tushiring, xonim!" deb maslahat berilsa, darhol javob olasiz: "œO`zbekchilik bu, aralashmang, dadasi"
Bir odam aytilgan vaqtiga yetib kelmasa, "œxa o`zbeksan-a" deb sha`ma qilayotgan ham o`zbek millatiga mansub kimsa ekanligi alam qiladi. Ajib, boshqa millat vakillari faxr o`laroq yodga oladigan MILLAT nomini biz nuqul ishimizni bitira olmaganimizda, berilgan va`daga xilof qilganimizda, yoki bid`at, xurofot ishlar tepasida turganimizda aytamiz.
Insonga xar bir ish ibrat ekan. Allohning irodasi ila kasalxonaga tushdim. Oyog`im jarohatlandi. Yaraga malham qo`yish paytida deyarli har kuni viloyatdan kelgan yosh yigitlarning alam bilan qo`l soldirayotganini, chiqqan oyog`iga gips qo`ydirayotganini kuzatdim. Jurnalistligim qo`zib, doktorimdan so`radim: "œHar kuni yangi yigitlarni ko`ryapman. Bunaqa holat oldin ham bormidi?"  Vrach esa javob beradi: "œHar kun bir mardikor yigitni olib kelishadi. Bugungisi tom bo`yayotgan ekan tushib ketibdi. Ishlatgani olib kelgan "œboyvuchcha" esa yo`q".  Ma`lum bo`lishicha hozirgi "œzamonaviy o`zbeklar" mardikorni ishga yollashayotganda u bilann "œagar yiqilib ketsang, seni davolamayman" deb kelishayotgan ekan. Jahlim chiqib ketdi.  "œNega unaqa, axir, ishlatgani olib borgach oxirigacha turib bermaydimi? Axir, u bola ham ataylab qo`lim sinsin deb tomdan sakramaydi-ku!" desam, doktor ushbu holatni oddiygina qilib izohladi: "œO`ZBEKCHILIK-DA, nimayam derdingiz!"
Biz o`zimiz haqida shunday fikrda bo`lsak, birov bizni hurmat qilmaydi. O`tmishimiz juda ham go`zal , kelajagimiz go`zal bo`lishiga ham inshaaloh asoslar yetarli. Faqat ozgina o`zimizni hurmat qilaylik. Boshqa milat vakillari singari millatimiz nomini buyuk ishlarni amalga oshirganimizdan so`ng aytishga odatlanaylik. Buni avvalambor o`zimizda, oilamizda va yaqinlarimiz ichida har birimiz tadbiq etsak, xammasi yaxshi bo`ladi. Hijolatli holatga tushganda "œo`zbek bunaqa qilmaydi" deyishga kirishaylik, farzandlarimizning kundaligida navbatdagi "œbesh"ni ko`rsak , "œmana bu o`zbekchilik bo`libdi, o`g`lim", deb tarbiya qilaylik. Shunda shoyad uzoq o`lkalarda bizni eslashganda, "œhaligi o`zbekmi so`zida turadigan, yursa qadamidan chaqmoq chiqadigan" deb yodga olishar?!
Mahmud Asror

Qayd etilgan


Rabella  12 Avgust 2011, 00:20:13

Namuncha bu 4  marta yozmasez..  :D
Shuncha yozganizdan tochna  bo`magan gapligini bildirib qo`ydiz.. ;D

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  12 Avgust 2011, 04:02:24

aniqsa mish-mishlani etmaysimi palonchi qo'shiqchi 3 chi marta erga tegvobmish ;D

Qayd etilgan