Ey oka...Uzbekchilik..  ( 44434 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 13 B


azizbek_mx  12 Avgust 2011, 04:04:53

Saxar turib, xörozlani uyg'otish ham özbekchilik... Edi

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Avgust 2011, 04:05:48

Saxar turib, xörozlani uyg'otish ham özbekchilik... Edi

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  12 Avgust 2011, 04:12:43

 oldinlari bolla armiya xizmatini utab kelmasa qizlarimiz tegishmagan xozi esa rossiyada ishlab kelmasa ;D uzbekchilikda.....

Qayd etilgan


Secret  12 Avgust 2011, 14:34:38


     O'ZBEK HAQIDA BALLADA

Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!

Qayd etilgan


Best friend  12 Avgust 2011, 17:24:42

 :asl3:

 Qaniydi hech bo'lmasa haqiqiy o'zbekka o'xshasak...

Qayd etilgan


UzMuslim  13 Avgust 2011, 04:18:52

Doimo yurgan yo'lini tozalab yurush ham,
O'zidan Kichkinani sizlab Gapirish ham,
O'z Haqqini Talab qilishlik ham O'zbekchilik.

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2011, 12:28:40

Uni buni bilmadim, lekin avvalo o'z o'zimizni yaxshi ko'rishimiz, hurmat qilishimiz kerak, undan keyingina boshqalar bizni yaxshi ko'radi.

Qayd etilgan


Usmon  19 Avgust 2011, 14:19:28

Oloy bozoridan sal o'tgandan keyin Amir Temur ko'chasining "Drujba Bruger" va bahaybat "O'zbekinvest" binolari orasida joylashgan qismidan piyodalar yo'lakchasi o'tgan.

O'qishga qatnagan vaqtimda shundan deyarli har kuni o'tishimga to'g'ri kelardi. Qizig'i, bu yo'lakcha joylashgan joyda svetofor o'rnatilmagan - avtomobil haydovchilari yo'lovchini uzoqdan ko'rishsa, o'zlari to'xtab o'tkazib yuborishlari shart. Har kuni shu yo'ldan o'tish muammo bo'lardi...

Tasavvur qiling, Toshkentning mashinalar eng ko'p yuradigan ko'chalardan bittasi, 3 polosali yo'lda.... to'xtab sizni o'tkazib yuborishi shart (!) bo'lgan avtomobil haydovchilaridan 100 tadan 10tasi o'tkazib yuborsa xo'p gap, unisidan o'tsangiz, boshqasi keb turibdi... ishqilib...g'irt g'alva... bizku mayli, bu yo'ldan ko'pincha chol-kampirlar o'tolmay yo'lning o'rtasida qolib qiynalishardi.

Bir kuni shu yo'ldan kursdoshim bilan o'tib ketayotgandik, bu safar hammasi boshqacha, barcha mashinalar turnaqator bo'lib, bizning o'tib bo'lishimizni kutishyapti... "Yo tavbaaa" dedim..  O'tib bo'lgach, o'rtog'imdan so'radim, "tinchlikmi? nima bo'lgan bugun bularga" desam, u kulib yo'l chetiga "anavini qara" degandek ishora qildi. Ahamiyat berib qarasam, shundoqqina piyoda yo'lakchasini yonida DAN xodimlari mashinasi turganakan, tashqarida ikkita melisa....

Keyin atayin kuzatdim, aynan shu melisa akalarimiz turadigan kunlari yo'lovchilar shohona kutib olinar ekan :-)

ishqilib.... Qo'rqqaningdan qilma, Anglab qil! degim keladi, ba'zan....

buyam o'zbekchilikda oka... (dib tugatish keremidi :4)

Qayd etilgan


Shuhrat_  23 Avgust 2011, 01:04:43

 :asl3:
iya ,nima deysiz men undan pasmanmi, pasmasman

(u 40ta savat qilgan bulsa man 50 ta savat qilaman)

(u 2 qavat uy solgan busa man 3 qavat solaman)
  TOZZA UZBEKCHILIK

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  23 Avgust 2011, 02:53:38

:asl3:
iya ,nima deysiz men undan pasmanmi, pasmasman

(u 40ta savat qilgan bulsa man 50 ta savat qilaman)

(u 2 qavat uy solgan busa man 3 qavat solaman)
  TOZZA UZBEKCHILIK
Baribir manga etolmaysiz:)))
  xafa bulmaysiz  uzbekchilikda

Qayd etilgan