Qur'oni Karim haqida savol-javob  ( 281550 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


Maysara  18 Oktyabr 2011, 09:16:26

Savol:
Qur'on nomlaridan biri. Ma'nosi: haq bilan nohaqlikni ajrim qiluvchi.

Qayd etilgan


Humayro  18 Oktyabr 2011, 09:32:36

Savol:
Qur'on nomlaridan biri. Ma'nosi: haq bilan nohaqlikni ajrim qiluvchi.

Furqon - Haq bilan nohaqlikni ajrim qilib beruvchi. Bu nom bilan gohida Tavrot va Injil kitoblari ham nomlanadi. (Anbiyo surasi, 48-oyatiga qaralsin.)


Qayd etilgan


Humayro  18 Oktyabr 2011, 09:35:18

SAVOL: Alloh taolo Quroni Karimni necha sifat bilan zikr etgan?

Qayd etilgan


Rabella  18 Oktyabr 2011, 22:23:06

SAVOL: Alloh taolo Quroni Karimni necha sifat bilan zikr etgan?

Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan:
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.

Qayd etilgan


Oymoma  20 Oktyabr 2011, 20:18:46

Savol:

Rasulalloh s.a.v. Qaysi surani "Qur'ondagi eng közga tashlanuvchi" deb sifatlaganlar?

Qayd etilgan


Maysara  28 Oktyabr 2011, 08:45:54

 :asl3:
Yana bir savol bermoqchiman, faqat variantlari bn.
Qur'oni Karim suralari qaysi sabablarga köra "makkiy" va "madaniy"ga ajratilgan?
a. Nozil bölgan makoniga qarab;
b. Qaysi yurtdagilar haqida nozil bölganiga qarab;
c. Hijrat vaqtiga qarab.

Qayd etilgan


Humayro  28 Oktyabr 2011, 09:05:19

:asl3:
Yana bir savol bermoqchiman, faqat variantlari bn.
Qur'oni Karim suralari qaysi sabablarga köra "makkiy" va "madaniy"ga ajratilgan?
a. Nozil bölgan makoniga qarab;
b. Qaysi yurtdagilar haqida nozil bölganiga qarab;
c. Hijrat vaqtiga qarab.

to'g'risi:
a. Nozil bo'lgan makoniga qarab

P.S: ammo c javob ham izohlansa to'gri bo'lishi mumkin. Hijrat vaqtiga qarab, yani hijratdan avvalgilari Makkiy, hijratdan keyingilari Madaniy suralar

Qayd etilgan


Humayro  10 Noyabr 2011, 11:30:52

Musulmonlar, mavzu to'xtab qolmasin chang bosib )))

Savollar qolmadimi yoki?

Davom ettiramiz, faolroq bo'linglar.

Savol: Quroning eng so'nggi nozil bo'lgan oyati qaysi oyat? (manimcha bu savol bo'lmagandi)

javob batafsilroq bo'lsa yaxshi bo'ladi

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  14 Noyabr 2011, 18:20:09

savol: islom ulamolari Qur'onni boshqa tillarda tafsir qilishga ijozat berganlar-u lekin, so'zma-so'z tarjima qilishga ijozat bermaganlar nega shunday?

Qayd etilgan


Maysara  15 Noyabr 2011, 12:30:27

savol: islom ulamolari Qur'onni boshqa tillarda tafsir qilishga ijozat berganlar-u lekin, so'zma-so'z tarjima qilishga ijozat bermaganlar nega shunday?
manimcha, sözma-söz tarjimada ma'nosi tög'ri chiqmaydi, tafsirda esa asosan tarixga qaraladi va shunda mazmuni ham tög'ri keladi. vallohu 'alam.

Qayd etilgan