Qur'oni Karim haqida savol-javob  ( 281654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 B


ree7  15 Noyabr 2011, 16:19:55

Savol: Quroning eng so'nggi nozil bo'lgan oyati qaysi oyat? (manimcha bu savol bo'lmagandi)

javob batafsilroq bo'lsa yaxshi bo'ladi

Assalomu alaykum.
Eng oxirgi nozil bo'lgan oyat haqida payg'ambarimiz (sav) dan marfu' hadis bo'lmaganligi sababli bunda ulamolar orasida ixtilof bor ekan. Lekin ko'pchiliklari Baqara surasining 281-:
واتقوا يوما ترجعون فيه إلى الله ثم توفى كل نفس ما كسبت وهم لا يظلمون

281. Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.

oyati deb aytishgan ekan. Bu haqda Nasoiy Ikrimadan, u esa ibn Abbosdan keltirgan ekan. Shu bilan birga ibn Abi Hotim shu oyat nozil bo'lgandan keyin Rosululloh (sav) to'qqiz kecha yashab vafot etganlari haqida keltirgan ekan.

Manba: Az-Zarqoniy, Manahilul-irfon, (1 / 70)

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  17 Noyabr 2011, 21:57:37

Savol: Qur'oni Karimning 29-porasida nechta sura madiynada nozil bo'lgan?

Qayd etilgan


ree7  17 Noyabr 2011, 22:04:54

Savol: Qur'oni Karimning 29-porasida nechta sura madiynada nozil bo'lgan?

Inson surasi

Qayd etilgan


Safida  02 Fevral 2012, 21:01:02

Assalomu alekum!
Qur'onda bir necha suralarda sajda oyatlari mavjud.
savol.Qaysi suralarning so'ngi oyati sajda oyati bilan yakunlanadi?

Qayd etilgan


anisa  03 Fevral 2012, 09:59:18

Assalomu alekum!
Qur'onda bir necha suralarda sajda oyatlari mavjud.
savol.Qaysi suralarning so'ngi oyati sajda oyati bilan yakunlanadi?

Аъроф
Аажм
Алақ

Qayd etilgan


Best friend  04 Fevral 2012, 01:38:57

Qur'onda har bir iymon egasi uchun eng huzur bag'ishlovchi oyat?

Qayd etilgan


Secret  04 Fevral 2012, 01:45:13



  :bsm3:
 
 (menimcha) Fajr surasining oxirgi oyatlari ....

27. Ey xotirjam nafs! 
28. Robbingga  sen Undan, U sendan rozi bo'lgan holingda qayt!
29. Bas, bandalarim ichiga kirgin!
30. Va jannatimga kirgin!

Qayd etilgan


Muhammad Said  04 Fevral 2012, 13:42:02

Ar-Rohman

Qayd etilgan


Best friend  04 Fevral 2012, 17:14:36

Qur'onda har bir iymon egasi uchun eng huzur bag'ishlovchi oyat?

 «(Ey Muhammad alayhissalom), (turli gunoh- ma'siyatlar qilish bilan) o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning O‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53).

 Ushbu oyat haqida ba'zi sahobalar orasida ham savol javoblar bo'lib o'tgan. Bu oyat Allohga va Oxiratga iymon keltirgan har bir bandaga huzur bag'ishlaydi. Zero, hech kim gunohdan holi emas. Ba'zan bir gunohning ortidan shayton shunday vasvasa qiladiki, insonni dunyo va oxiratdan umidsizlikkacha olib boradi, ana shunday holatlarda bu oyat inson qalbi uchun eng katta shifodir.

Qayd etilgan


muslima_sodiq  05 Fevral 2012, 00:36:12

 :asl3:
Alloh rozi bo'lsin! InshaAlloh... InshaAlloh noumid bo'lishdan O'zi asrasin...  Qur'onning mo'minlarga qarata aytilgan har bir oyati mo'minga huzur bag'ishlaydi... ayniqsa, qur'onni tadabbur ila ma'nolarini tushungan holda o'qigan inson uning huzurini ta'riflashga aytgan so'zlari ojizlik qiladi...

Qayd etilgan