Savol: Quroning eng so'nggi nozil bo'lgan oyati qaysi oyat? (manimcha bu savol bo'lmagandi)
javob batafsilroq bo'lsa yaxshi bo'ladi
Assalomu alaykum.
Eng oxirgi nozil bo'lgan oyat haqida payg'ambarimiz (sav) dan marfu' hadis bo'lmaganligi sababli bunda ulamolar orasida ixtilof bor ekan. Lekin ko'pchiliklari Baqara surasining 281-:
واتقوا يوما ترجعون فيه إلى الله ثم توفى كل نفس ما كسبت وهم لا يظلمون
281. Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.
oyati deb aytishgan ekan. Bu haqda Nasoiy Ikrimadan, u esa ibn Abbosdan keltirgan ekan. Shu bilan birga ibn Abi Hotim shu oyat nozil bo'lgandan keyin Rosululloh (sav) to'qqiz kecha yashab vafot etganlari haqida keltirgan ekan.
Manba: Az-Zarqoniy, Manahilul-irfon, (1 / 70)