Qur'oni Karim haqida savol-javob  ( 114585 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 B


IRFON-2012  17 Aprel 2012, 14:47:22

Assalamu alaykum! Yuqoridagi savol-javoblardan juda ko'p foydalar oldim. Barcha birodarlarga tashakkur!
Savol:
Qur'onda eng kam qatnashgan harf qaysi?

Qayd etilgan


IRFON-2012  18 Aprel 2012, 11:17:45

eng_ojiz_banda, javobingiz uchun tashakkur. Javob to'g'ri. Alloh bilimingizni bundan ham ziyoda qilsin!

Men hozircha mobilniy versiyada bo'lganim uchun iqtibos ololmadim, ma'zur tutasizlar!

Keyingi savol:
Qur'onda Nyuton aniqlagan qonun, yerning tortish kuchi haqida xabar keltirilgan sura qaysi? Nechanchi oyat?

Qayd etilgan


Best friend  18 Aprel 2012, 19:18:45

TORTISHISH KUCHI VA ORBITAL HARAKATLAR

Bas, qasamyod eturman qayta-qayta chiqib turuvchi bilan, yashirinuvchi sayyoralar bilan, ... («Takvir» surasi, 15-16-oyatlar)

«Takvir» surasining 15-oyatidagi «xunnas» so‘zi «tortilmoq va orqagatisarilmoq», «ichiga tortmoq va iziga qaytmoq» ma’nolarini o‘z ichiga oladi. 16- oyatda «yashirinuvchi» deb tarjima qilingan arabcha jumla «kunnas» («kaanis» so‘zining ko‘plik shakli) bo‘lib, u harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yoki uyasiga kiruvchi va u yerda yashirinuvchi narsalarning muayyan bir yo‘lini nazarda tutadi. Yana 16-oyatdagi «javaar» («jariyah» so‘zining ko‘plik shakli) so‘zi ko‘chadigan va oqadigan biror narsani anglatadi. Shu ma’nolarni nazarda tutgan holda, bu oyatlar sayyoralarning tortishish kuchlari va ularning o‘z orbitalarida harakat qilishlariga ishora qilyapti deb tushunish mumkin. Yuqorida qayd etilgan oyatlardagi bu so‘zlar tortishish kuchiga asoslangan orbital harakatlarni to‘liq tasvirlaydi. Bulardan, «xunnas» so‘zi sayyoralarning o‘z markazlari tomon tortilishi va ularning Quyosh sistemasining markazi bo‘lgan Quyosh tomon ham tortilishini anglatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Garchi bu tortishish kuchi XVII va XVIII asrlarda yashab o‘tgan Isaak Nyutonning matematik formulalari bilan kashf qilingan bo‘lsa-da, u koinotda allaqachon mavjud edi. 16-oyatdagi «javaar» so‘zi tortishish kuchiga qarshi bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida yuzaga keladigan orbital harakatlarga urg‘u beradi. Shubhasiz, «javaar» so‘zining «xunnas» (markaz tomon tortilish, tortilish) va «kunnas» (harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yo‘li) lar bilan birga ishlatilishi, 1400 yil avval biror kishining bilishi dargumon bo‘lgan muhim ilmiy haqiqat to‘g‘risida dalolat beradi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Bundan tashqari, mazkur oyatlar Qur’onda qasamyod etilgan mavzulardan biri bo‘lib, bu mavzuning ahamiyatliligidan darak beruvchi boshqa bir nishonadir.

("Allohning Qur'ondagi mo'jizalari" Harun Yahya)

Qayd etilgan


IRFON-2012  18 Aprel 2012, 23:21:44

Meni savolimga berilgan aniq va to'liq javob uchun tashakkur! Va yana Qiyomat surasining 25-26 oyatlarida yerning tortish kuchi aniq so'zlar bilan aytilgan. Bu mo'jizaga qoyil qolmasdan iloji yo'q! Forumdoshlardan yana qiziqarli savollar kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Best friend  21 Aprel 2012, 10:02:30

 :asl3:

 Alloh taolo Qur'oni Karimni barcha insoniyat uchun dasturul amal qilib berdi va unda hech bir narsani zikrsiz qoldirmadi. U Kitob Jo'g'rofiya, Biologiya, Anatomiya, Astralogiya, xatto Arxeologiya... hullas barcha narsani o'z ichiga olgan. Ammo, Qur'on kattalar uchun qanchalik kerak bo'lsa, bolalar uchun ham shunchalik zarur. Qur'onda ota farzandiga qilgan nasihatlari qaysi oyatlarda?

Qayd etilgan


Akbarjоn  21 Aprel 2012, 10:35:17

:asl3:
 Ammo, Qur'on kattalar uchun qanchalik kerak bo'lsa, bolalar uchun ham shunchalik zarur. Qur'onda ota farzandiga qilgan nasihatlari qaysi oyatlarda?

Луқмон суръаси 13-19 остлар:

13. А­сланг, Луқмон сғлига панд-насиҳат қилар скан, деган сди: «А­й сғилчам, Аллоҳга ширк келтирмагин! Чунки ширк келтириш катта зулмдир».

14. Биз инсонга ота-онасини (съни уларга схшилик қилишни) амр стдик. Онаси унга ожизлик устига ожизлик билан ҳомиладор бслди (съни қорнидаги ҳомила каттарган сари онанинг ҳоли қуриб, заифлаша борур) уни (кскракдан) ажратиш (муддати) икки йилда (келур). (Биз инсонга буюрдикки), «Сен Менга ва ота-онангга шукр қилгин! Алғиз Ўзимга қайтажаксан!»

15. Агар улар (съни ота-онанг) сени сзинг билмаган нарсаларни Менга шерик қилишга зсрласалар у ҳолда уларга итоат стма! Уларга (гарчи кофир бслсалар-да), дунёда схши муомалада бслгин ва сзинг менга ижобат-тавба қилган кишиларнинг йслига сргашгин! Сснгра (съни қиёмат кунида) Ўзимга қайтурсизлар, бас, мен сизларга қилиб стган амалларингизнинг хабарини берурман».

16. (Луқмон деди): «А­й сғилчам, шак-шубҳа йсқки, агар хардал (ссимлигининг) уруғидек (бир зарра схши ёки ёмон амал қилинадиган) бслса, бас у (амал) бирон харсанг тош ичида ё осмонларда ёки ер остида бслса, сшани-да Аллоҳ келтирур. Зеро Аллоҳ сергак ва огоҳдир.

17. А­й сғилчам, намозни тскис адо ст, схшиликка буюр ва ёмонлиқдан қайтар ҳамда сзингга етган (балоларга) сабр-қил! Албатта мана шу ишларнинг мақсадга мувофиғидир.

18. Одамлардан (мутакаббирлик билан) юзингни сгирмагин ва ерда кибру-ҳаво билан юрмагин. Чунки Аллоҳ барча—кибр-ҳаволи —мақтанчоқ кимсаларни суймас.

19. Юрганингда сртача юргин ва овозингни паст қилгин. Чунки овозларнинг снг ёмони сшаклар овозидир».


Qayd etilgan


Best friend  24 Aprel 2012, 11:38:51

 Qur'onda qabr azobi haq ekaniga dalolat qiluvchi oyatlar qaysilar?

Qayd etilgan


Best friend  02 May 2012, 14:57:35

 :asl3:

  Payg’ambarimizdan s.a.v. qabr azobi haqida ko’p hadislar  vorid bo’lgan. Ulamolar ba’zi oyatlarni qabr azobiga ishora deb ittifoq qilishgan.

 “(Ey Muhammad,) bu zolimlarni o’lim girdobida qolgan, o’lim farishtalari qo’llarini cho’zib: “Jonlaringizni beringiz! Bu kun – Alloh sha’niga nohaq gaplarni aytganingiz va Uning oyatlaridan yuz o’girib, kibru havo qilganingiz sababli xorlik azobi bilan azoblanadigan kuningizdir”, deb turgan paytida ko’rsaniz edi.” (An’om, 93)

 “Atrofingizdagi a’robiylar va Madina aholisi orasida nifoqda doimiy bo‘lgan shunday munofiqlar borki, ularni siz bilmaysiz. Biz bilurmiz. Ularni qayta-qayta (ya’ni, ikki marta - hayotlik paytlarida qatl qilish, o‘lganlaridan keyin qabr azobi bilan) azoblaymiz. So‘ngra (qiyomat kunida) ulug‘ azobga qaytarilurlar.” (Tavba, 101)
 
  Quyidagi oyatni esa ulamolar qabr azobi haq ekaniga eng katta dalil deyishadi.

 “Bas, Alloh u (iymon keltirgan kishi)ni ularning yomon makr – hiylalaridan saqladi va Fir’avn xonadonini yomon azob o’rab oldi. (U azob bir) olovdirki, ular (to Qiyomatgacha) ertayu kech o’shanga ko’ndalang qilinib (kuydirilurlar). (Qiyomat) soati qoyim bo’ladigan Kunda esa (do’zax farishtalariga): “Fir’avn xonadonini eng qattiq azobga kiritinglar”, (deyilur).” (G’ogir, 45-46)

  Fir’avn xonadoni suvga g’arq bo’lib o’lgan bo’lsada “ular (to Qiyomatgacha) ertayu kech o’shanga (ya’ni, olovga) ko’ndalang qilinib (kuydirilurlar).” deyilmoqda. “Aqida-t-ut Tahoviya” kitobining sharhida keladiki, qabr azobi – barzah azobidir. Jazoga loyiq holda o’lgan har bir inson qabrga ko’milsa ham, yoki suvga cho’kib, o’tda yonib yo’q bo’lib ketsa, yoki yana boshqa sabablar bilan ko’milmay qolsa ham qabrdagi insonning ustida qanday ishlar bo’lsa, shularning barchasi bo’ladi.

Qayd etilgan


Best friend  03 May 2012, 12:01:43

 Payg‘ambar alayhis-salom jufti halollari Zaynab binti Jahsh (Alloh undan rozi bo‘lsin)ning xonalarida istirohat qilib, onamiz quyib bergan asal sharbatidan ichib o‘tirar ekanlar, boshqa ayollari Oisha va Hafsa onalarimizning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) rashklari kelib Payg‘ambar alayhis-salom bu yerdan chiqib qaysi birimizning oldimizga kirsalar: «Mag‘ofiyr (o‘zi lazzatli, ammo sarimsoqqa o‘xshagan badbo‘y taom) yedingizmi?», deymiz, deb kelishib oladilar va Rasululloh(s.a.v.) oldilariga kirganlarida, har ikkalalari o‘sha so‘zni aytadilar. Shunda har qanday badbo‘y hidni yomon ko‘radigai Payg‘ambarimiz(s.a.v.): «Yo‘q, men faqat Zaynabning oldida asal sharbatni ichgan edim», deb qayta asal tanovul qilmaslikka qasam ichganlarida payg'ambarimizning s.a.v. ayollariga va Alloh taolo halol qilgan narsani tanovul qilmaslikka qasam ichganlari uchun o'zlariga ham tanbeh sifatida Alloh taolo qaysi oyatlarni nozil qiladi?

Qayd etilgan


Secret  05 May 2012, 21:35:53

Payg‘ambar alayhis-salom jufti halollari Zaynab binti Jahsh (Alloh undan rozi bo‘lsin)ning xonalarida istirohat qilib, onamiz quyib bergan asal sharbatidan ichib o‘tirar ekanlar, boshqa ayollari Oisha va Hafsa onalarimizning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) rashklari kelib Payg‘ambar alayhis-salom bu yerdan chiqib qaysi birimizning oldimizga kirsalar: «Mag‘ofiyr (o‘zi lazzatli, ammo sarimsoqqa o‘xshagan badbo‘y taom) yedingizmi?», deymiz, deb kelishib oladilar va Rasululloh s.a.v. oldilariga kirganlarida, har ikkalalari o‘sha so‘zni aytadilar. Shunda har qanday badbo‘y hidni yomon ko‘radigai Payg‘ambarimiz s.a.v.: «Yo‘q, men faqat Zaynabning oldida asal sharbatni ichgan edim», deb qayta asal tanovul qilmaslikka qasam ichganlarida payg'ambarimizning s.a.v. ayollariga va Alloh taolo halol qilgan narsani tanovul qilmaslikka qasam ichganlari uchun o'zlariga ham tanbeh sifatida Alloh taolo qaysi oyatlarni nozil qiladi?

   Tahrim surasi 1 dan 4 - oyatgacha shu haqida keltirilgan.

Qayd etilgan