Qur'oni Karim haqida savol-javob  ( 281356 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 B

Best friend  05 May 2012, 23:53:19

 "Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir. Darvoqe’, Alloh sizlar uchun (ma’lum miqdorda kafforat-evaz to‘lab) qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan-ku. Alloh xojalaringizdir. U bilguvchidir va hikmat sohibidir. Payg‘ambar juftlaridan biriga (ya’ni Hafsaga) bir so‘zni pinhona aytganini eslang! Endi qachonki (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach va Alloh (Jabroil farishta vositasida Payg‘ambarni Hafsaning qilmishidan) voqif qilgach, u (Hafsaga o‘zi voqif bo‘lgan narsaning) ba’zisini bildirdi va ba’zisidan yuz o‘girdi – bildirmadi. Bas, qachonki (Payg‘ambar Hafsaga o‘zi voqif bo‘lgan narsaning ba’zisi haqida) xabar bergach, u: «Kim sizga bu xabarni berdi?» degan edi, (Payg‘ambar) «Menga Bilguvchi va Xabardor zot xabar berdi», dedi. (Ey Hafsa, Oisha) agar sizlar (bu qilmishlaringiz uchun) Allohga tavba qilsangizlar  (o‘zlaringizga yaxshiroq bo‘lur). Chunki sizlarning dillaringiz (haq yo‘ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar (Payg‘ambarning) ziyoniga (ya’ni u zot bilan ayollari o‘rtasini buzadigan ishlar ustida) bir- biringizga yordam bersangizlar, u holda shak- shubhasiz Allohning O’zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo‘minlar ham uning madadkoridirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg‘ambarga) yordamchidir. Ehtimol Parvardigori — agar u sizlarni taloq qilsa — unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo‘mina (Alloh va Uning payg‘ambariga) itoat etguvchi tavba-tazarru qilguvchi, obida (mudom Allohning yo‘lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur." (Tahrim, 1-5)

 Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga ibratli pand-nasihat qilib, ularni Rasululloh bilan birga kechayotgan saodatli hayotlarining qadriga yetishga da’vat qiladi. Mana shu oyatlar Qur'onni Muhammad(s.a.v.) to'qib olmaganliklarining - Alloh taoloning haq kalomi ekanining ochiq oydin isbotidir. Chunki hech bir inson, ayniqsa buyuk unvonni da'vo qilayotgan inson oilaviy ishlarini va xatolarini butun dunyoga ovoza qilmaydi. Shaksiz Qur'on Allohning kitobi va Muhammad(s.a.v.) Allohning rasuli va qulidir!

Qayd etilgan

Best friend  16 Iyul 2012, 09:35:32

 Anchadan beri qizlar farishtalarga qiyoslanardi va bunga odamlar o'rganib ketishdi, ammo borgan sari boshqa e'tiqodlar ta'siridami - farishtalarni ayollar timsolida tasvirlash, qanotli qizlarni chizib qo'yish va ba'zi filmlarda farishtalarni ana shunday ayollar suvratida aks ettirish juda ham ommalashib ketdi, xattoki farishta deyilganda odamlarning hayoliga bir pasta qanotli go'zal qizlar keladigan bo'lib qoldi. Bishkekda ham mustaqillik timsoli qilinib bir qanotli qiz haykali "yaratilgan" edi. Eng achinarlisi musulmonman deganlar ham bu buzuq aqida ta'siriga tushib qolmoqda. Hayoliga nima kelsa o'shani e'tiqod qilib olish, "daho"lar nima desa ko'r ko'rona ergashish - bular barcha barchasi savodsizlik, o'z dini tushinmaslikdan kelib chiqmoqda. Axir Qur'on tokchada osilib turish uchun yoki faqat yodlab olish uchun nozil qilinmagan, Qur'on bizning yashash tarzimiz bo'lishi kerak. Qur'onda farishtalarni "qiz - ayol" deganlarning hali bu qilmishlari uchun so'ralishi haqida qaysi o'yatda zikr qilinadi?

Qayd etilgan

Best friend  18 Iyul 2012, 08:16:18

 "(Holbuki) o‘zlari Rahmonning bandalari bo‘lmish farishtalarni «Qizlar» dedilar! Yo ular (Alloh farishtalarni) yaratishiga guvoh bo‘lganmidilar?! Ularning bu «guvoh»liklari albatta (nomai a’mollariga) yozilur va ular (qiyomat kunida) so‘roqqa tutilurlar!" (Zuhruf, 19)

Qayd etilgan

Sumeyya  05 Avgust 2012, 06:50:01

 :asl3: :bsm3:  Qur'oni karimning qaysi oyatida arab alifbosidagi barcha xarflar qatnashgan?  bu yerga yangi azo bo'ldim,savollarni to'liq o'qiganimch yo'q,savol takrori uchun avvaldan uzr.

Qayd etilgan

Best friend  05 Avgust 2012, 07:32:01

:asl3: :bsm3:  Qur'oni karimning qaysi oyatida arab alifbosidagi barcha xarflar qatnashgan?  bu yerga yangi azo bo'ldim,savollarni to'liq o'qiganimch yo'q,savol takrori uchun avvaldan uzr.

:vsl3:

 Xush kelibsiz!
Qur'onda barcha harflar mavjud bo'lgan oyat ikkita, ular "Oli-Imron" surasining 154 - oyati va "Fath" surasining  29 - oyati.

Qayd etilgan

Sumeyya  05 Avgust 2012, 08:18:07

 :bsm3:
Quroni karimda nechta sakta orinlari bor?
Quroni karim nozil bolgan gor hozirgi kunda qanday nomlanadi?
Quroni karim qaysi sahobiy davrida jamlangan va qaysi sahobiy davrida harakatlangan?
Quroni karimda nechta sajda oyatlari bor?
Quroni karimdagi eng gozal qissa?
Quroni karimdagi fotiha surasining nechta ismi bor va ular qaysilar?
Qaysi sura basmalasiz boshlanadi va nega unday?
Quronda necha marotaba Robbana sozi takrorlangan?
Qurondagi qaysi sura nozil bolganda sahobai kromlar juda mahzun bolishgan?
Quroni karimdagi oyatlar necha qismga bolinadi?
 Izlanganlarga Alloh gozal mukofatlar ato etsin.

Qayd etilgan

Secret  05 Avgust 2012, 22:19:39

 :bsm3:

 :bsm3:

Quroni karimda nechta sakta orinlari bor?

4 ta: Kahf – 1, Yasiin – 52, Qiyomat – 27,  Mutoffifin - 14

Quroni karim nozil bolgan gor hozirgi kunda qanday nomlanadi?

Qur’oni Karim oyatlari  ilk nozil bo’lgan g’or nomi Xiro bo’lib Nur tog’ida joylashgan

Quroni karim qaysi sahobiy davrida jamlangan va qaysi sahobiy davrida harakatlangan?

Qur’oni Karim Abu Bakr r.a.  davrida jamlanib, Usmon r.a. halifalik davrlarida nusxa ko’paytirilib chet mamlakatlariga jo’natilgan

Quroni karimda nechta sajda oyatlari bor?

(bu savol qaytarilgadi…)

Qur'oni Karimning 14 surasida 15 ta sajda oyatlari mavjud. Ular:
 A'rof surasi (206 - oyat)
Ra'd surasi (15 - oyat)
Nahl surasi (49 - oyat)
Isro surasi (107 - oyat)
Maryam surasi (57 - oyat)
Haj surasi (18 va 77 - oyatlar)
Furqon surasi (60 - oyat)
Naml surasi (25 - oyat)
Sajda surasi (15 - oyat)
Sod surasi (24 - oyat)
Fussilat surasi (37 - oyat)
Najm surasi (59 - oyat)
Inshiqoq surasi (21- oyat)
Alaq surasi (19 - oyat)

Quroni karimdagi eng gozal qissa?

Yusuf (a.s.) haqlaridagi qissa.

Quroni karimdagi fotiha surasining nechta ismi bor va ular qaysilar?

Fotiha
Ummul Kitab
Sab’ul – masaniy
Ummul-Qur’on

Qurtubiyning tafsir kitoblarida esa : Al-Vaafiya, Al-Kaafiya, Al-Shaafiya, Al-Asas, Al-Hamdu … bo’lib keltirilgan

Qaysi sura basmalasiz boshlanadi va nega unday?

Takrorlash ilmni yarmi deyilarmidii  :) …. Nima bo’lsa ham javob quyidagicha

   Bu yerda shu savolni javobi keltirilibdi

Savol:Qur'oni Karimda birgina surada "basmala(bismilloh)" aytilmaydi, bu qaysi sura?
(..nima sababdan aytilmaydi, bu ösha zamondagi voqealarga daxldor, shu haqda ham agar bilsangiz yozinglar).

 :asl3:

Bu - Tavba (Baroat) surasi.

"Bismilloh"siz boshlangan. Bunga sabab, - deya olimlar birnecha xususlarni keltirganlar.

Shu jumladan:

"Tavba surasi - o'zidan oldingi Anfol surasining davomidir" (shu tufayli Bismilloh aytilmagan) deydiganlari ham bor...

So'ng, surada asosan mushriklar, la'natga uchraganlar, munofiqlar, Tabuk jangi haqida ham so'z boradi.

Ular haqida aytilayotganda Bismillahir Rohmanir Rohiym
(ALLOHning Mehribon va Rahmli ekanligini) aytish to'g'ri emas, ularga azob bordir,

shu tufayli mazkur sura - "Bismilloh"siz boshlangandir, deydilar.

Quronda necha marotaba Robbana sozi takrorlangan?

  hmmm ?

Qurondagi qaysi sura nozil bolganda sahobai kromlar juda mahzun bolishgan?

Moida – 3 :  Bugungi kunda Mеn sizning diningizni mukammal qilib bеrdim.  Sizga nе'matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din dеb rozi bo'ldim  oyati bo’lsa kerak. Ya’ni bir tomondan Rasululloh s.a.v ning vazifalari tugaganligi, vafotlari yaqinligiga ishora borligidan

Quroni karimdagi oyatlar necha qismga bolinadi?

Ikki qism bo’lsa kerak. Masalan
Makkada nozil bo'lgan oyatlarda  tavhidga  doir  masalalar
Madinada nozil bo'lgan oyatlarda sha’riyat hukmlarga oid masalalar keltirilishi jihatidan

Qayd etilgan

Sumeyya  06 Avgust 2012, 02:26:59

 :asl3:    Quroning qaysi surasida ALLOH lafzi ketma ket kelgan?  Quronning qaysi surasida barcha payg'ambarlar nomi zikr qilingan? Quroni Karimning qoq o'rtasidagi so'z va xarf qaysi?

Qayd etilgan

Best friend  08 Avgust 2012, 14:02:37

:asl3:    Quroning qaysi surasida ALLOH lafzi ketma ket kelgan?...

 :vsl3:

Qaysi oyatda "Alloh" lafzi ketma-ket keladi?
An`am surasi 124-oyat

124. Qachon ularga (Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanligi haqida) biron oyat kelsa: «To bizga ham Allohning payg‘ambarlariga berilgan oyatlarga o‘xshash oyatlar berilmaguncha hargiz iymon keltirmaymiz», deydilar. Alloh payg‘ambarlik vazifasini qaerga qo‘yishni yaxshiroq bilguvchidir. Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir.
Javob to'g'ri
وَإِذَا جَاءَتْهُمْ آيَةٌ قَالُوا لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَا أُوتِيَ رُسُلُ اللَّـهِ ۘ اللَّـهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُ ۗ سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِندَ اللَّـهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ

...Quronning qaysi surasida barcha payg'ambarlar nomi zikr qilingan?...

 ?

...Quroni Karimning qoq o'rtasidagi so'z va xarf qaysi?

 "Kahf" surasining 19 - oyatidagi "وَلْيَتَلَطَّفْ" so'zi, demak qoq o'rtasidagi harf "ت" vallohu'alam.

وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَاهُمْ لِيَتَسَاءَلُوا بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَائِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۚ قَالُوا رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَابْعَثُوا أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَٰذِهِ إِلَى الْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَا أَزْكَىٰ طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا

Qayd etilgan

Secret  13 Avgust 2012, 17:35:02

Quronda necha marotaba Robbana sozi takrorlangan?

Ja’mi 64 ta kelgan ekan:

Baqara 127-129, 200-201, 250, 285-286
Oli — Imron 8-9, 16, 53, 147, 191-194
Niso 75, 77
Moida  83, 114
An’om 128
A’rof  38, 47, 89, 126
Yunus 85, 88
Ibrohim 37-38, 40-41, 44
Nahl 86
Kaxf 10
Toha 45, 134
Muminun 106-107, 109
Furqon 21, 65, 74
Qasos 47, 63
Sajda 12
Ahzob 67-68
Saba’ 19
Fotir 34, 37
Sod 16, 61
G’ofir  7-8, 11
Fussilat  29
Duxon 12
Qof 27
Hashr 10
Mumtahana 4-5
Tahrim 8
 
(Qur’oni Karimga tegishi ma’lumotlarni ushbu sayt orqali topsangiz bo’ladi: www.uzislam.com)

Qayd etilgan