Qur'oni Karim haqida savol-javob  ( 114225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 B


ibnUyayna  13 Avgust 2012, 23:40:19

:asl3:    Quronning qaysi surasida barcha payg'ambarlar nomi zikr qilingan?

 An'om surasidamasmi??

Qayd etilgan


Sumeyya  14 Avgust 2012, 17:32:54

 :asl3:
 Qur'oni Karimning A'nom surasida barcha payg'ambarlar ismi zikr qilingan. javobingiz tog'ri.
Qur'oni Karimning qoq o'rtasidagi so'z va harfga kelsak
Kahf surasida ekanligi tog'ri, faqat "t" harfi emas balki so'zni oxiridagi "f" harfidir.



Qayd etilgan


Best friend  30 Avgust 2012, 10:21:11

:asl3:
 Qur'oni Karimning A'nom surasida barcha payg'ambarlar ismi zikr qilingan...

 :vsl3:

Agar barcha payg’ambarlar deganda Qur’onda zikr qilingan 25 ta payg’ambarlarni nazarda tutgan bo’lsangiz. Ibrohim(a.s.) An’om surasining 74, 75, 83 va 161 oyatlarida, Ishoq, Ya’qub, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Horun (a.s.)lar 84 oyatda, Muso (a.s.) 84 va 91 oyatlarda, Zakariyo, Yahyo, Iyso, Ilyos (a.s.)lar 85 oyatda, Ismoil, Alyasa’, Yunus, Lut (a.s.)lar  86 oyatlarda zikr qilingan ekan.

 Bu surada nomi zikr qilingan payg’ambarlar soni 18taga yetyabdi, Qur’onda esa nomi zikr qilingan payg’ambarlar 25ta, demak yana 7 tasi qolib ketyabdi, ular Odam, Idris, Hud, Solih, Shu’ayb, Zul-kifl, Muhammad (a.s)lar, ular qaysi oyatlarda zikr qilingan? Iltimos batafsilroq tushuntirib yuboring.

Qayd etilgan


Secret  01 Oktyabr 2012, 09:31:59


 Qur'oni Karimni (qisqa muddatda oson, tez ) yod olish  haqida nimalar bilasiz?

 

Qayd etilgan


Ҳанафий  08 Dekabr 2012, 14:18:36


 Qur'oni Karimni (qisqa muddatda oson, tez ) yod olish  haqida nimalar bilasiz?


Maslahat tarzida so'ragan bo'lsangiz "Qur'on o'qish va yodlash usullari" kitobini o'qishingizni tavsiya qilaman. Savol tarzida so'ragan bo'lsangiz uzr.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  09 Dekabr 2012, 08:38:07

 :asl3:
Meni bir masala o'ylantiradi. Yaqinda gazetada o'qib qoldim. Hindistonda 12 yoshlik bola 8 oyda qur'onni yod olibdi va 12 soatda xatm qilib rekord o'rnatibdi. Hindistonning qorilar tayyorlash tehnologiyasidan habardor bo'lganlar biz bilan bilimlarini o'rtoqlasha yaxshi bo'lar edi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Dekabr 2012, 08:41:43

Qaysi gazetada?

Yorqinjon qorini ma'ruzasida eshitgandim, Hindistonda bir qoshloqmi-vodiymi ishqilib o'sha yerda yashaydigan biror qoriya bo'lmagan ayol yo'g' ekan.

Qayd etilgan


Ҳанафий  09 Dekabr 2012, 11:40:42

 :asl3:

Bir ma'ruzada eshitgan edim hazrati Umar "Baqara" surasini 2 yilda yodlagan ekanlar. Sababi bitta-ikkita oyatni o'rganib so'ng unga amal qilar ekanlar.

Ps: ma'lumot sahihligiga javob bera olmayman, ammo ibrat olsa bo'ladi inshaalloh.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  09 Dekabr 2012, 13:50:01

Qaysi gazetada?
Nomi yodimda emas ma'zur tuting. Sartaroshda navbat kuta turib ushbu maqolaga ko'zim tushib qolgandi

Qayd etilgan


IRFON-2012  04 Iyun 2013, 11:26:27

Yuqoridagi savolga javobim, ko'zni xaromdan tiymoq lozim. Imkon qadar ko'zni pokiza saqlash kerak. Ko'z oynasida namoyon bo'lgan narsa qalbga ta'sir o'tkazadi. Qur'on esa pokiza qalbga osonroq joylashadi. Bundan kelib chiqadiki, umuman boshqa yomon amallardan ham uzoq bo'lish, yaxshi yod olishga yordam beradi.

Qayd etilgan