ODAM ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI  ( 121376 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


JaviK  27 Noyabr 2010, 09:56:14

SEZGI A’ZOLARI


Sezgi organlari orqali inson tashqi olam ta’sirlarini qabul qiladi. Sezgi organlari yordamida inson eshitadi, ko‘radi, hid biladi, ta’mni sezadi. 


Ko‘rish organlari


Ko‘rish organi ko‘z soqqasi, qovoqlar, ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi muskullar va ko‘z yoshi apparatidan tashkil topgan. 
Ko‘z soqqasi (olmasi) uch qavatdan:
1) ko‘zning fibroz qavati, ya’ni tashqi qavati;
2) ko‘zning o‘rta tomirli pardasi;
3) rangdor pardalardan iborat. 


Ko‘zning fibroz pardasi tashqi eng qattiq parda bo‘lib, ko‘zning oldingi qismida tiniq shox pardaga aylanadi, u ko‘zning nur sindiruvchi qismini tashkil etib, yorug‘lik nurlari to‘siqsiz qabul qilinadi. 
Ko‘zning o‘rta tomirli pardasi qon tomirlarga boy bo‘lib, u kiprikli tana bilan birlashadi. Kiprikli tana esa, o‘z navbatida, yoy (kamalak) parda bilan tutashib, uning o‘rtasida qorachig‘i bo‘ladi. Muskul tolalaridan iborat yoy parda qisqarganda, ko‘z qorachig‘i torayadi, bo‘shashganda esa
qorachiqlar kattalashadi. Qorachiqlarning kattalashishi va torayishi ko‘zga tushayotgan yorug‘lik nurining kuchiga bog‘liq. Ya’ni qanchalik yorug‘ bo‘lsa, qorachiq shuncha toraygan bo‘ladi va aksincha. 

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 10:00:39

Shox parda va kamalak parda o‘rtasidagi bo‘shliq ko‘zning oldingi kamerasi deb yuritiladi. Kamalak parda orqasida ko‘z gavhari bo‘lib, uning ortida ichi sariq shilimshiq modda bilan to‘lgan ko‘zning orqa
kamerasi mavjuddir. Shuning uchun u shishasimon tana deb ataladi.  Ko‘zning eng muhim pardasi to‘r parda hisoblanadi, unga tashqi tomondan qon tomirlar yopishib tursa, ichki tomondan shishasimon tanaga tegib turadi. To‘r parda, o‘z navbatida, o‘nta qavatdan tashkil topgan. To‘r pardadagi bosh miyadan keluvchi ko‘ruv nervining oxiri «kolbacha» va «tayoqcha»simon hujayralardan iborat. «Tayoqchalar» oq va qora nurlarni, «kolbachalar» esa yorug‘likda rangli nurlarni qabul qiladi. 
Turli xil jismlardan qaytib, ko‘zga tushayotgan yorug‘lik shox parda va ko‘zning oldingi kamerasidan, qorachiq, ko‘z gavhari, shishasimon tanadan o‘tib sinadi va to‘r pardada o‘sha jismning tasviri paydo bo‘ladi. Bu tasvir ko‘ruv nervi orqali bosh miyaga uzatiladi. Bosh miyada jismning rangi, katta-kichikligi, shakli, uzoq-yaqinligi tahlil qilinadi va miyamizda shu tasvir haqida tasavvur hosil bo‘ladi.

Qayd etilgan


JaviK  27 Noyabr 2010, 10:03:23

Eshitish a’zolari


Eshitish a’zolari uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki quloqdan iborat. 

Quloq suprasidan iborat tashqi quloqqa tashqi eshitish yo‘li ham kiradi. 
O‘rta quloq esa nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan iborat. 
Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida chegara nog‘ora parda mavjud. O‘rta quloqdagi nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari zanjir kabi tutashgan bo‘ladi. Bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning ikkinchi boshi ikkinchi eshituv suyakchasi sandonchasiga tegib turadi.
Sandoncha ham, o‘z navbatida, uchinchi eshitish suyakchasiga — uzangichaga tegib turadi. Uzangicha esa ichki quloqning labirinti teshigini yopib turadi.  Shunday qilib, tovush to‘lqini quloq nog‘ora pardasiga tegib uni tebratadi, natijada eshituv suyakchalari orqali tebranish ichki quloq
labirintiga keladi. Ichki quloq labirintida eshitish nervi boshlanadi, eshituv nervi oxirlari ta’sirni eshitish yo‘li orqali miya po‘stlog‘idagi eshitish markaziga olib boradi. 
Ichki quloqda eshituv nervlaridan tashqari, muvozanatni ta’minlaydigan nervlar ham joylashgan. 

Hid bilish a’zolari
— atrof muhit va predmetlarning hidini aniqlaydi.

Ta’m bilish a’zolari —  og‘iz bo‘shlig‘i va til yordamida ovqat konsistensiyasi va mazasini aniqlaydi. 

Sezish a’zolari — terida joylashgan retseptorlar orqali predmetlar va boshqa narsalarni sezishni amalga oshiradi. 

Qayd etilgan


albatros  15 Sentyabr 2011, 14:35:14

Odam anatomiyasining rangli suratlari ya'ni atlasini mana bu yerdan ko'rishingiz mumkin.

Qayd etilgan