Assalamu alaykum!
Hurmatli Forumnnb,oradagi ikkinchi muddatni katta olibsiz. Yani bu siz keltirgan fikrlar ba'zi diniy kitoblarda ham keltirilgan, faqat sal boshqacharoq.
Farzand tug'ilgandan yetti yoshga kirguncha siz "qul", u esa "shoh" bo'lsin. Yetti yoshdan 13-14 yoshgacha siz "podshoh", u esa "qul" bo'lsin. Bundan keyin esa siz unga do'st bo'ling.
Oradagi uchunchi bosqich, bola bu yoshda balog'at yoshiga qadam qo'yadi. Unga do'stdek muomala qilish lozim. Shundagina uni har hil yomon yo'llardan va fikrlardan uzoq turtish mumkin.
O'zi aslida hozirgi bolalar juda tez rivojlanayapti. Fikr doirasi keng. Ba'zan kattalarning aqli yetmaydigan narsalar haqida so'zlashadi. Fikrlar bildiradi. Farzandf tarbiyasi juda ham qiyin. Oldin shunaqa gaplarni eshitsam hayron qolardim, hozir esa o'zimni boshimda bor bu kunlar. Haqiqatdan farzand tarbiyasi juda ham bir ma'suliaytli ish.
tarbiyada ota-ona bir o'rinni egallashi lozim. Farzand tarbiyasida birinchi o'rinda ota-onaning fikri va dunyoqarashining yakdilligi turadi, manimcha. Chunki, agar ota-ona hamma narsa haqida farzandiga bir hil munosabatni bildirsa, farzand ikkilnmaydi va shuni to'g'ri deb biladi. Shunda oilada ham kelishmovchiliklar kamroq bo'ladi.
Forumnnb to'g'ri aytganlar,oilada farzand balog'atga yeta boshlaganda kelishmovchiliklar ko'payadi. buning sababi farzandga ota-onaning fikri ikki hil qilib tushuntiraladi, deb o'ylayman.Masalan:Bir hodisa bo'ldi. Unda ikki hil shahs qatnashgan Biri yahshi,ikkinchisi yomon fe'lga ega. ota birinchisini,ona ikkinchisini yoqlaydi va har ikkisi o'zini haq deb biladi. Bunday holatda farzand qanday yo'l tutadi? Albatta o'ziga yoqqanini va osonrog'ini oladi, garchi u yomoni bo'lsa ham.
Yana bir misol: Farzand ayb qilib qo'ydi. Ota uni urishadi.So'zsiz onani unga ichi achiydi. Bu holatda ona qanday ish qiladi? Bazi onalar bor sabr qilib,otaning gapini ma'qullaydi. Ana shunda oila tinch bo'ladi va farzandning tarbiyasiga putur yetmaydi. Agar ona otani oldida,u bolani urishayotgan vaqtda bolani yonini olib, otaga qarshi borsa, so'zsiz farzandning fikrida bo'linish paydo bo'ladi. unga kim yoqadi:hafa bo'lib gap eshitib turganida yonini olgan ona yoqadi. Agar shu holat qaysiki oilada yuzaga kelar ekan, bilingki, shu oilada tinchlik ham bo'lmaydi, yahshi tarbiya ham.
Bu mening fikrim.