Registan (Ilhomjon) o'g'ilcha muborak ;)  ( 20083 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Best friend  24 Avgust 2011, 03:13:35

Dada bo'lganiz bilan tabikleman aka. Barcha yaxshi tilaklarga ikki martadan qo'shilib qolaman.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  24 Avgust 2011, 13:35:51

  :asl3:

     O'g'ilchalik bo'libsan, eshitib juda hursand bo'ldim, Alloh ko'zni quvontiradigan, solih farzandlar qatoridan qilsin.

Shu postni o'qib, registan o'g'illik bo'lgan bo'lsa kerak degan fikr o'tdi...
Manimcha registan o'g'illik bo'lgan bo'lsalar kerak...
Agarda tahmin hato bo'lsa ham, baribir forumdoshni o'g'illik bo'lganliklari bilan muborakbod etamiz..
Iloho, zurriyotlarini ko'zlarining quvonchi qilsin va ikki dunyoda toj kiydirsin va umr sihatini ziyoda qilsin...




Men ham sezgandim, chunki Abdul_Malik senlab yozgandilar:) "sen" deyish uchun samimiy bo'lish kerak u odam bilan, Abdul_Malik Qahqadaryodanlar, u yerdan bizga eng yaxshi tanish: Chehmik, Registan, Abu Muso aka borlar. Abu Muso aka nasib bo'lsa opog' dada bo'ladigan akaxonimiz shuning uchun xabar u kishiga taalluqli emas, qolaversa Abdul_Malik "sen" deyishga kichkinalik qiladilar. Chehmik endigina uylandilar o'zi ;D

xullas men ham registan, deb o'ylagandim, duo so'ragandilar qolaversa "dadajon"



Ey qoyil, :D  bitta post sabab - yangi  mavzu, shuncha tabriklar..... bu yildan "ENG SINCHKOV FORUMCHI"mi yoki "Forum Sherlok Holmsi" degan yangi nominatsiya ochsakmikin?... ::)

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2011, 14:02:45

registanni vaqtlari bo'lmagandir aytgani bu xushxabarni, mayli endi, biz ham shunday deb qabul qilamiz, aksi taqdirda "nimaga aytmadingiz?" deb hafa bo'lishga to'g'ri keladi:)

Bilmadim, men forumni "forum", deb emas, har kuni ko'rishib turgan insonlar yashaydigan joy, deb hisoblayman. Shuning uchun quvonchimniyam, hasratimni ham bu yerda bo'lishaman hamma bilan. Qolaversa ko'pchilikni duosini olish hammaga ham nasib qilavermaydi.

Alloh butun duoga qo'l ochgan din qardoshlardan rozi bo'lsin....

Qayd etilgan


AbdurRohman  24 Avgust 2011, 15:43:13

Otec - molodec, tarbiklimiz.
Alloh umri bilan, rizqi bilan bergan bo'lsin! Solih bandalardan qilsin!

Qayd etilgan


Shuhrat_  24 Avgust 2011, 18:52:33

 :asl3:
muborak bulsin.
Alloh ilmini umrini ziyoda qilsin

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  24 Avgust 2011, 19:50:49

Barcha forumdoshlarning tilaklariga omin deymiz ! Olloh taolo suygan va Olloh taolo rozi bo'lgan , Olloh taolodan rozi bo'lgan bandalardan bo'lishligini tilayman !
   Shunday hayru - barokatli oyda ulug' va go'zal baxtli kunlarga yetishlik bizlargayam nasib qilsin !
   Iymon e'tiqodli, faxmu farosatli, azmu shijoatli, baxtu saodatli, iboyu hayoli, mehr muruvvatli, taqvoyu iymonli, rahm shavqatli, hayru barokatli, aql zakovatli, ko'zlaringiz quvonchi bo'lgan farzand bo'lishligini nasib etsin !

Qayd etilgan


Secret  24 Avgust 2011, 20:53:37


                   :asl3:

ALHAMDULILLAH, SAFLARIMIZ KENGAYMOQDA _ O`G`IL MUBORAK!!!
ALLOHIM UMRINI BAROKATLI QILSIN. JIYANIMIZNI SIROTUL MUSTAQIMDA QILSIN.  OTA-ONASIGA FAQAT DUO KELTIRUVCHI, DINIGA, OILASIGA, ELIGA KO`P FOYDASI TEGADIGAN HAQIQIY SOLIH MO`MIN BO`LIB ULG`AYSIN.
BOSHQALAR HAVAS QILADIGAN FARZAND BO´LSIN.


           

Qayd etilgan


G_u_l_i  26 Avgust 2011, 08:19:23

 :vsl3:

Alloh muborak qilsin, solihlardan bo'lsin.

Qayd etilgan


Bonuxon  26 Avgust 2011, 16:24:37

Rizqi bn bergan bulsin iloxim... Mandan oldingi va mandan keyingi tabriklaga qöwilib qolaman...

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2011, 14:06:57

Registan, kichkintoy yaxshimilar? Toychoqni ismlari nima bo'ldi endi:)

Qayd etilgan