Islom - terrorni qoralaydi!  ( 15465 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:35:16

Mavzu eski forumdan ko'chirilmoqda.
Muallif: DJ Dilshodbek:

Asosiy oqimlar haqida qisqacha ma'lumot
Hozirgi zamon jamiyatshunosligi ijtimoiy taraqqiyot haqida o'zidan oldingi tarixiy qarashlarining mantiqiy davomi bo'lib, ularga vorislik mu-nosabatlarini namoyon qiladi. Jamiyat haqidagi ta'limot va nazariyalarning ijodiy rivojlantirilishi, bir tomondan, uning umumiy rivojlanish xususiyatlarini aks ettirsa, ikkinchi tomondan, tarixiy taraqqiyotning nazariy, metodologik, amaliy jihatlarini aniqlashtiradi va istiqbollarini ko'rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, hozirgi zamon jamiyatshunosligini insoniyat taraqqiyoti haqidagi ilmiy qarashlarning davomi sifatida qarash lozim.
Hozirgi zamon jamiyatshunosligi g'oyat xilma-xil muqobil ta'limotlardan iborat. Jamiyat haqidagi muqobil qarashlarning turli-tumanligi, bir tomondan, uni kompleks-sistemali tasavvur qilishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, «ta'limotlar ummonidan* ma'qulini tanlashni murakkablashtiradi. Shuning uchun insoniyat oldida qaysi la'limot ilmiy. obyektiv haqiqatga da'vogarlik qilishi mumkin, degan savol muqarrar bo'lib qolmoqda.
Hozirgi zamon jamiyatshunosligidagi (bizning nazarimizda, hozircha nisbatan kam o'rganilgan) asosiy yo'nalishlaming ayrimlari haqida fikr yuritamiz.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:38:05

Irratsionalizm (lotincha irrationalis — aqlsiz, ongsiz) falsafiy atama bo'lib, asosan «irratsional» tushunchasiga tayanadi. Irratsionalizm — inson ruhiy faoliyatining ratsionallik doirasidan, ya'ni tafakkurdan tashqariga chiquvchi xilma-xil jihatlarini birinchi o'ringa qo'yadigan turli falsafiy tizimlar va yo'nalishlar tarzida namoyon bo'ladi. Masalan, bir holatda irodani (volyuntarizm), ikkinchi holatda intuitsiya (intuitivizim), uchinchi holatda esa ongsizlik (psixoanaliz) va boshqalarning mutlaqlashtirilganligini ko'rishimiz mumkin.
Aslini olganda olamga irratsional qarash qadimiydir. Bitishning ratsional shaklidan boshqa yuqoriroq darajalari mavjudligi haqidagi qarashlar, qadimiy manbalardan bo'lgan Hind falsafly merosida bayon etilgan. Unda eng oliy haqiqatga, hatto eng yuqori darajada rivoj topgan aql yordamida ham erishib bo'lmaydi, degan aqida hukmronlik qiladi.

XX asrning yirik hind mistik faylasufi Aurobindo Ghosh: «Aql — inson tabiatini (shu jumladan, o'z ijtimoiy mohiyatini, jamiyami - M.S.) to'liq o'zgartira olmaydi», — deb hisoblaydi. Uning fikricha, aql turli ilmiy tizim va doktrinalarni yaratishdan nariga o'ta olmaydi. Vaholanki, bu tizimlarda ifoda etilgan g'oyalarning o’zi nisbiy va toliq emas. Ijtimoiy hayot esa, har qanday formula va tizimlarni chetlab o'tadi, u inson intellektiga, irodasiga bo'ysunmaydigan, beqiyos murakkab va cheksiz yashirin imkoniyatlarga egadir. A.Ghosh ong evolutsiyasining aqldan yuqori va aqldan quyi pog'onalari mavjudligini, hozirgi davr irratsionalistik falsafiy oqimlari, xususan psixoanaliz ongning aqldan boshqa shakllarini o'rganish uchun endigina qadam qo'yayotganini ko'rsatib berdi.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:39:03

Pozitivizm (lotincha positivus — ijobiy) yo'nalishining asoschisi fransuz faylasufi, sotsiologiyaning asoschilaridan biri Ogyust Kontdir (1798—1857).
Pozitivistlar fikricha, mavjud ijobiy bilimlarning barchasi alohida mayjud bo'lgan maxsus fanlarning natijasi va ularning uzviy birlashuvi natijasi hisoblanadi.
Pozitivizmning hozirgi davrdagi shakli bo'lmish neopozitivizm falsafaning predmeti va vazifalarini o'ziga xos izohlashda namoyon bo'ladi. Uning vakillari tabiiy-ilmiy bilimlaming qat'iy namunalariga yo'naltirilgan «sof» ilmiy falsafa g'oyalarini himoya qiladilar. Ular aniq fanlar tushunchalarini ijtimoiy hodisalarni o'rganishga tatbiq etishga urinmoqdalar. Mazkur yo'nalishning asosiy namoyandalari insonparvarlik va demokratiyani himoya qilish orqali o'zlarining ijtimoiy-siyosiy hodisalarga munosabatlarini ifodaladilar. Masalan, olim va mutafakkir B. Rassel xalqlar o'rtasida tinchlik va demokratiya g'oyalarini izchil targ'tb qildi, ularni amalga oshirish uchun kurashdi.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:40:12

Neotomizm katolitsizmdagi eng ta'sirchan maktablardan biri. U Foma Akvinskiy ta'limotidan kelib chiqqan bo'lib, Italiya, Ispaniya, Germaniya, AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlarida keng tarqalgan.
Neotomizm ta'limotiga ko'ra, fan ham, diniy ishonch-e'tiqod ham mavjud. Agar diniy e'tiqod bilan ilmiy bilimlar oqilona birlashtirilsa, ular bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini to'ldiradi. Haqiqatan ham, din va fan bir maqsadga olib boruvchi ikki yo'ldir.
Neotomizmga ko'ra, fanning, avvalo Yangi davrda jadallik bilan rivojlangan labiatshunoslik fanining taraqqiyoti ijobiy tomotilari bilan birga salbiy tomonlarga ham ega edi. Jumladan, fan hozirgi zamon kishisini axloqiy va diniy ideallarning ahamiyatini tushunishdan chalg'itadi. Inson haddan tashqari fanga ishonadi, holbuki neotomizmga muvofiq fan inson mavjudligining ma'nosi haqidagi masalalarni hal etishga qodir emas va hal etmaydi ham.
Neotomizm jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish jarayonini o'rganuvchi sotsial ilohiyotchilikka ham katta e'tibor beradi. Bu sohada ham ularning turli yo'nalishlari mavjudligini ko'ramiz. Masalan, xristianlikni «buyuk ijtimoiy umid» sifatida talqin etadigan siyosiy ilohiyotchilik ham neotomizmning muhim yo'nalishidir.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:42:08

Pragmatizm (yunoncha — pragmatos — «ish», «xatti-harakat» ma'nolarini anglatadi) XIX asrda AQSHda vujudga kelgan falsafiy oqim. Uning asosiy g'oyalari Ch.Pirs (1839-1914) tomonidan ishlab chiqilgan. Pragmatizm g'arb mamlakailarida falsafa va sotsiologiyaga katta ta'sir ko'rsatdi. Pragmatizmning asosiy tushunchasi insoniy xatti-harakatlardir. U insonning mavjudlik (hayot) shaklidan iborat bo'lib, onglilik va maqsadga qaratilganlik xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham Ch.Pirs pragmatizmni «Haqiqatni qidirish, manfaatdorlik bilan belgilanuvchi ta'limot», deb ta'riflagan edi
Binobarin, bu insoniy xatti-harakatlarning muvaffaqqiyatliligi, foydaliligi va samaradorligini ta'minlovchi tafakkur operatsiyalari va boshqa strukturalarni o'rganish bilan shug'ullanuvchi ta'limotdir. Mazkur yo'nalishning ba'zi bir tarafdorlari pragmatizmning vazifasi — ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadlariga xizmat qiluvchi metodlami ishlab chiqishdan iborat deb biladilar. Zero, pragmatizm, asl ma'noda,
insonni foydali faohyatga, «foydaga» qanday qilib erishish yoilari va usullari haqida mulohaza yuritishga undovchi ta'limotdir.
Pragmatizm erkin bozor iqtisodiyotining falsafasi bo'lib, biznesni, jumladan, har qanday «foydali» faoliyatni tashkil etish uchun qulay bo'lgan metodologik qurol sifatida, o'z vaqtida Amerika ishbilarmonlari, menedjerlari, siyosatdonlari va davlat arboblari o'rtasida keng yoyilgan bo'lsa, bugunga kelib dunyodagi barcha ishbilarmonlik faoliyatlarning falsafasiga aylanmoqda..   

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:43:19

Ekzistensializm (lotincha exsistentia so'zidan olingan bo’lib, «mav¬judlik», «mavjud bo'lmoq» degan ma'noni anglatadi) hozirgi zamon falsafiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, insonning mavjudligi, hozirgi dunyoda insonning taqdiri, ishonch va ishonchsizlik, hayotning mazmunini anglash va uni yo'qotish, hoziigi paytda dunyoda, ijtimoiy guruhlar va har bir kishi hayotida nimalar yuz berayotganini tushunish va ularni oqilona tushuntirish uning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Ekzistensializm birinchi jahon urushi arafasida Rossiyada paydo bo'ldi (Berdyayev, Shestov). Keyinchalik, birinchi jahon urushidan keyin u Germaniyada (Xaydegger, Yaspers, Buber), ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada (Sartr, Marsel, Kamyu) rivojlandi. XX asrning 60-yillarida AQSHda keng yoyildi.
N. A. Berdyayevning yozishicha, «davlat, avvalo tabiiy tartibsizliklar tashkilotchisidir, u tartib, kuch, qudrat, ekspansiya, katta tarixiy hodisalarning hosil bo'lish jo'shqinligi bilan harakatga keladi. Eng kam darajadagi yaxshilik va haqqoniylikni majburan saqlab turgan davlat buni ezgulikni yaxshi ko'rganidan, yaxshiligi uchun qilmaydi, yaxshilik davlat uchun yot narsa, u bularni ozgina bo'lsa ham ezgulik va haqqoniylik bo'lmasa, o'ta tartibsizliklar boshlanishi va bu tarixiy hodisalarning parchalanishi xavfini bartaraf etish uchungina qiladi.»
Ekzistensializmning diqqat markazida turgan narsa — hayotning mazmuni, shaxsiy erkinlik va mas'uliyat muammolaridir.
Ekzistensializm juda ham qarama-qarshi va murakkab oqimdir. Unda diniy va ateistik yo'nalishlar ajratiladi. Fransuz va rus ekzistensializmida, xususan Yaspersda, insoniy erkinlik muammosi diqqat markazida turadi. Mareel va Yaspersga ko'ra, Xudoga ishonish bilan erkinlikka erishish mumkin. Sartrga muvofiq esa erkinlik turmushga nisbatan salbiylikdir. Inson o'zini o'zi «loyihalayotgan», o'zini yaratayotgan, o'zining shaxsiy subyektivligidan boshqa hech narsa bilan belgilanmagan holda o'z mohiyatini tanlab olgandagina erkindir. Sartr fikriga ko'ra, voqelikdagi barcha jarayonlar «narsa o'zida» bo'lib qolaveradi, biz ularning sirini bilolmaymiz. Hatto o'limning muqarararligi holatida ham insonda erkin tanlash imkoniyati mavjud. Agar inson o'zining erkinligidan voz kechsa, bu o'limdan ham og'irroq bo'ladi.
Xaydegger fikricha, rangtasvir va musiqa insonning ichki mohiyatini ochishga yordamtashuvchi vositalardir. Aynan ana shu sohalarda insondagi ichki yashirin ijodiy kuchlar o'zini namoyon qiladi.
Yaspers fikriga ko'ra, emotsiyalar inson ruhiyatining eng qimmatli qismi hisoblanadi. U nomoddiy qadriyat bo'lib, qalb xotirjamligi, ruhiy sokinlikdir. .Ichki xotirjamlik esa eng buyuk kuchdir.
Ekzistensialistlar «ekzistensiya» so'zi ostida insonning chegara vaziyati holatidagi, masalan, o'lim, kasallik, halokat vaziyatlaridagi kayfiyati, histuyg'ularini tushunadilar. Bunday holatlar odatdagi turmushda kam uchraydi.
Ekzistensializm falsafasi XX asr boshlari va o'rtasidagi fojiali hodisalarni aks ettirdi va bulardan chiqish yo'llarini izladi. Ekzistensialist faylasuflar Yaspers, Xaydegger, Sartr, Kamyu insondagi ruhiy va axloqiy kuchga murojat qilishdi. Ularning insonga tanlash erkinligini qoldirganligi ulardagi g'oyalarning insonparvarlik yo'nalishidan dalolat beradi.

Qayd etilgan


Mohinur  29 Avgust 2006, 06:44:22

Freydizm va neofreydizm alohida insonning, yirik ijtimoiy guruhlarning va, umuman jamiyatning xatti-harakatini anglanmagan psixik faoliyat, instinktlar (eng avvalo jinsiy va o'z-o'zini saqlash instinktlari) orqali tushuntirishga intiluvchi hamda madaniyat hodisalari, ijod jarayonlari va, umuman jamiyatni tushuntirishga Z. Freydning (1856-1939) psixologik ta'limotidan foydalanishga intiluvchi turti-tuman yo'nalishlarning umumiy nomini anglatadi. Ularni ijtimoiy doktrina sifatida ongsiz psixik jarayonlarni o'rganish metodi bo'lgan psixoanalizdan farq qilish kerak. Z. Freyd psixoanaliz tamoyillarini universal ahamiyatga molik deb tushungandi, bu esa jamiyat va shaxs masalalarini psixologiyalashtirishga olib keladi.
Freyd ta'limotining dunyoqarashga oid imkoniyatlari inson va madaniyatning o'ziga xos tushunilishi bilan bog'liq. U olim sifatida madaniyatning taraqqiyoti inson baxt-saodatining kamayishiga olib keladi, ayni paytda cheklovlarning kuchayishi tufayli tabiiy istaklarning amalga oshirilishi kishilarda ayblarning ham ortib borishiga olib ketadi, degan xulosaga keladi.
Neofreydizmda boshlang'ich qoida ijtimoiy (E. Fromm) yoki madaniy muayyanlik hisoblanadi. U Freydning (individdagi ongsizlik belgilovchi narsa deb hisoblagan) biologizmidan farqli ravishda sotshimdagi shaxsdan kelib chiqadi. Psixoanalizning ichki psixik jarayonlarga asosiy e'tibor berishidan chekinilib, diqqat markaziga shaxslararo munosabatlar qo'yiladi. Ular freydizmni sof sotsiologik va madaniyatshunoslik g'oyasiga aylantirishga urinishadi. Neofreydizm psixologik bo'lmagan obyektiv ijtimoiy qonuniyatlarni inkor qiladi.
XX asr oxirida falsafiy muammolarning rivoji butunlay yangi g'oyalar doirasini belgilab olishga intilish bilan xarakterlanadi. Inson mavjudligining mazmuni, inson bilimlari va haqiqatni talqin qilishni maqsad qilgan neofreydizm va postpozitivizm yangi falsafiy yo'nalish yaratish maqsadida o'zaro birlashmoqdalar.
Hozirgi zamon ijtimoiy va falsafiy fikri yorqin ilmiy kashfiyotlar va o'ziga xos diniy yangi fan ishlar bilan xarakterlanadi.

Qayd etilgan