Muallif Mavzu: Ийд Рамазон ва Мустақиллик айёми муборак!  ( 28993 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Assalomu alaykum.


Barcha forumdoshlarni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

G_u_l_i

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2575
  • -oldi: 1137
  • Xabarlar: 848
  • Jins: Ayol
 :asl3:
Barcha forumdosh, dindoshlarga Iyd al-Fitr muborak bo'lsin. Alloh qilgan amallarimizni  O'z dargohiga qabul aylasin!
Alloh taologa chin tavakkal qilgan kishi Alloh taolo unga taqdir va taqsim qilgan narsaga rozi bo'lgan kishidir. (Bishr Xofiy)

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Ya Rabbim, O'zing tutgan ro'zalarimizni beriyo, benuqson dargohingda qabul qil! Yanagi Ramazonga barchalarimizni sog'-salomat yetkaz.

Barcha ahli islom birodarlarga, mo'min mo'minalarga Hayit ayyom muborak!

Duolarda unitmang...
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
 :asl3:
Биз бугун ийд фитр намозини Андижон вилояти марказий жомеъ масжидида Ñžқидик, Вилоят бош имом хатиби Нуриддин хожиаканинг (Ва амма бинеъмати роббика фахаддис) оятини тафсир қилиб бизни бугунги неъматларга шукур қилишга чақирганида беиҳтиёр кўзимга ёш келди, кичкиналигимиздаги ҳайит байрамларини эсладим: дадам, оппоқдадам ва амакиларим ийд фитр намозини қабристонлардами яна алла қандай жойларда Ñžқиб келгач апил тапил дуо қилишиб соатларига қараб ишга шошилиганларини эсладим, у вақтларда ҳайит байрами эскилик сарқити дейилиб байрам дам олиш куни ҳақида гап ҳам бўлиши мумкин эмасди. Хозир бизнинг даврда дадам мен ва укаларим борган масжидда шароитлар кондиционерли, юмшоқ гиламлар устида овоз кучайтиргичлар билан қуръон тиловати., ички ишлар ходимлари тонг саҳардан намозхонлар ҳавфсизлигини таъмирлаш учун хизматларига шай холатда туришлари, бунинг устига бу йилги 19- августга 20- августни хам қўшиб хайит байрамига дам олиш кунига айлантирилгани, бу неъматлар у давр одамларининг етти ухлаб тушига кирмаган бўлса керак, Истиқлол кунларини орзиқиб кутиб кўрмай ўтиб кетган боболаримиз хозир орамизга келиб қолса дод деб юборса керак. Энди бизга бу неъматларга тинмай шукур қилиш ва уларни қадрлаш ва то қиёматга қадар бардавом бўлишина Аллохдан сўраш ва қўлдан келганча харакат қилиш вожиб бўлади. Барча юртдошларимизни ва бутун дунё мусулмонларини ийд фитр байрами билан табриклайман. Аллоҳ то қиёмат бизнинг ватанимиздан истиқлол қуёшини сўндирмасин, биздан кейинги фарзандларимизга хам шундай осуда ва хотиржам ибодат қилишни насийб этсин, ва барча нотинч мамлакатларга хам Аллохнинг ўзи шундай тинч ва хотиржамликни насийб этсин :amn3:
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Хадича

  • Mehmon
Iyd Ramazon Hayit ayyomimiz muborak va qutlug' bo'lsin...

O'tgan Ramazon oyidagi barcha qilgan Duolarimiz ibodat ro'zalarimizni dargohida maqbul ibodatlar qatorida qabul aylasin...
Dardmanlarga shifo bersin, InshaAlloh keyingi Ramazonlarga sog' salomatlikda yetib borib keyingi Ramazonlarni ulug' savoblaridan  bahramand bo'lishlik,ro'za ila o'tqazishlik barcha dardman insonlarga nasibi ro'zi aylasin...

Yurtimiz tinch, Honadonlarimiz osoyishta bo'lsin. Hayitda qilingan duolar InshaAlloh ro'yobga oshadiki,bu kunda qilinayotgan barcha ezgu tilaklarimiz ijobat bo'lsin...

Avvalgiyu keyingi gunoh xatolarimizni Ar- Rohiym bo'lgan zot avf-u mag'firat etsin...
 Qalblarimizga mustahkam Taqvo, Diyonat, E'tiqod berib umrimizni g'ofillikda o'tqazib yuborishlikdan asrasin...
Bayramingiz muborak ahli Muslim - Muslimalar....

InshaAlloh keyingi Ramazonlarga yetish nasibi ro'zi aylasin... :)

Abdumuhaymin

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 182
  • -oldi: 603
  • Xabarlar: 728
  • Jins: Erkak

Skato

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 49
  • Xabarlar: 64
Assalamu alaykum vr.vb forumdoshlar!!! Barchangizni xamda butun dunyo musulmonlarini iyd fitr ramazon hayiti bilan tabriklayman. Shu ramazon oyini barcha fazilatlari, yaxshiliklaridan barchamizni barhamat etkin ya RObbiy bilib bilmiy qilgan gunohlarimiz avf etkin o'zin avf qilishni yaxshi ko'rasan ya RObbiy shu qolgan oylar xam ramazon oyidek o'tishini nasib et kelasi ramazon oyigaxam barchamizni yetkaz biz musulmonlar intizorlik bilan kutib qolamiz alvido ramazon alvido..... Amin!!!
Aqlli odam o'zgalarni qilgan xatosidan o'rnak oladi, Aqlsiz odam esa o'zini qilgan xatosidan o'rnak oladi.

Mo'min Mirzo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 789
  • -oldi: 1540
  • Xabarlar: 1088
Assalomu alaykum ahli forum.
Alloh sabrlilar bilandir, Ramazon oyini biz bandalariga sabr oyi qilib tushirdi. Biz bu oyda nafaqat yeb ichishdan, balki qo'pollik, talashib tortishish, urush janjal qilishdan tiyilamiz.
Endi bu ulug' oyni yana 11 oy kutarkanmiz, Alloh kelasi Ramazonga ham eson-omon yetkazsin.
Barchangizga Iydi Ramazon muborak bo'lsin, tutgan ro'zalarimiz dargohida qabul bo'lsin.
Masjidda 3 yoshli do'mboq bolachalar do'ppi kiyib, shiringina bo'lib namoz o'qib yurishibdi. Buni ko'rib ko'ngil tog'day ko'tarildi, beihtiyor ko'zga yosh keldi. Ulug' bayramimizni go'daklarga sevdirayotgan shunday ota-onalardan, buva-bobolardan Alloh rozi bo'lsin.
Barchangizga Bayramni ko'ngildagiday o'tkazib olish nasib qilsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohu barakatuh.

 

Ахлокан бузуклик укитувчига ярашадими

Muallif saraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 35
Ko'rilgan: 15311
So'nggi javob 18 Noyabr 2010, 09:16:00
muallifi JaviK
Саволлар.ислом.узга аъзо бўлиш (йўриқнома)

Muallif ҲанафийBo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2997
So'nggi javob 14 Iyun 2012, 09:23:05
muallifi Ҳанафий
Основные правила грамматики русского язы

Muallif AbdulAzizBo'lim Chet tillari

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 14580
So'nggi javob 09 Yanvar 2013, 22:19:01
muallifi korean.syntax
2012-йил 21-декабр куни киёмат бўладими?

Muallif Muhammad AminBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 18593
So'nggi javob 06 Mart 2013, 09:01:28
muallifi Muxsiya
Литературный портал Узбекистана

Muallif AbdulAzizBo'lim Узбекская библиотека

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 55298
So'nggi javob 17 Dekabr 2013, 13:38:32
muallifi AbdulAziz