Assalomu alaykum ahli forum.
Alloh sabrlilar bilandir, Ramazon oyini biz bandalariga sabr oyi qilib tushirdi. Biz bu oyda nafaqat yeb ichishdan, balki qo'pollik, talashib tortishish, urush janjal qilishdan tiyilamiz.
Endi bu ulug' oyni yana 11 oy kutarkanmiz, Alloh kelasi Ramazonga ham eson-omon yetkazsin.
Barchangizga Iydi Ramazon muborak bo'lsin, tutgan ro'zalarimiz dargohida qabul bo'lsin.
Masjidda 3 yoshli do'mboq bolachalar do'ppi kiyib, shiringina bo'lib namoz o'qib yurishibdi. Buni ko'rib ko'ngil tog'day ko'tarildi, beihtiyor ko'zga yosh keldi. Ulug' bayramimizni go'daklarga sevdirayotgan shunday ota-onalardan, buva-bobolardan Alloh rozi bo'lsin.
Barchangizga Bayramni ko'ngildagiday o'tkazib olish nasib qilsin.
Assalomu alaykum va rahmatullohu barakatuh.