Ийд Рамазон ва Мустақиллик айёми муборак!  ( 39561 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Habib  26 Avgust 2011, 15:20:33

Ассаламу Алайкум азиз форумдошлар!
Барчаларингизни бу йилги Ийд ал-Фитр - Рамазон ҳайити билан чин дилдан муборакбод этаман!
Аллоҳдан сўрайманки, чин ихлос билан тутган рўзаларингиз, қилган ибодату садақотларингиз Аллоҳнинг даргоҳи олийсида қабул бўлсин!



Кириб келаётган Мустақиллик айёми ҳам муборак бўлсин!

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Avgust 2011, 15:35:47

Assalomu alaykum!
Barcha musulmon ahliga kirib kelayotgan Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
Qutlug' oyda qilingan ibodatlarni O'zi maqbul aylasin!
Keyingi Ramazongacha sog'-omon, tinchlik-osudalikda yetishimizni nasib etsin!

Vatanimiz Mustaqilligining 20-yillik ayyomi ham qutlug' bo'lsin!
Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, iymonimiz butun bo'lsin!

Qayd etilgan


Habib  26 Avgust 2011, 15:58:15


Ватанимизнинг шонли байрами муборак бслсин!
Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бслсин! Ҳар бир хонадонга қут-барака, хотиржамлик, сиҳат-саломатлик, тинчлик-тотувликни Аллоҳдан астойидил ссраймиз. Юртдобошимиз ва юртдошларимизнинг Ватан учун қилаётган ҳайрли ишларида Ларвардигор мададкор бслсин! Юртимизни тинч қил, Аллоҳ! Тинчликка нима етсин!


Qayd etilgan


Музаффар  26 Avgust 2011, 17:02:21

Қсшалоқ байрамлар муборак бслсин азиз форум ахли!!!
Сиз ва сиз орқали барча сқинларингизни Ийд А амазон хайити ва Мустақиллик байрами билан табриклайман. Тутуган рсзаларингизни даргохида қабул қилсин. Худо сзи мухаббатини зиёда қилиб, ватанимизни мустақиллигини хам 100 йилликларини ксришни насиб стсин!!!

Qayd etilgan


Best friend  26 Avgust 2011, 23:41:06

 Bo'rilar o'rmondagi barcha quyonlarga hujum uyushtirmoqchi bo'lishibdi ammo, buni bir quyon bilib qolibdi. Bo'rilar u quyon boshqa quyonlarga ham xabar berishidan va extiyotkorlik choralarini ko'rishlaridan yoki qochib ketishlaridan xavotirlanib u quyonni tutib kelishibdi va quyonga: "Sen sirimizdan voqifsan va aniqki, bu gaplarni yaqinlaringa aytib ulgurgansan. Agar sirimiz barcha quyonlarga yetib bormasa senga oilanga va yaqinlaringa ziyon yetmaydi. Sizlar tinch yashaysizlar. Shartimga rozi bo'lsang o'zinga yaxshi, aksxolda hozir seni va hujumda yaqinlaringni holiga voy!", deb taxdid qilibdi. Quyon esa muhimi qarindoshlarim omon qolarkanu deb shartiga rozi bo'libdi va xabar bergan qarindoshlariga ham hech kimga aytmaslikni tayinlabdi, ko'ndirishga ko'zi yetmaganlarga esa xabarni noto'g'ri eshitganligini aytibdi. Nixoyat hujum qilish payti yetib kelibdi. Bo'rilar barcha quyonlarni asir qilib oxirida haligi quyonni va qarindoshlarini ham asirlar qatoriga qo'shibdi va: "Agar barchasiga xabar berganingada edi, barchasini saqlab qolar eding. Sen esa faqat o'z oilang tinchliginigina o'ylading. Axir bo'rilar va quyonlar bitm tuzganini qayerda ko'rgansan. Xolbuki sen ham shularday quyonsan, biz esa bo'rilarmiz!"
 Iloho hamisha tinchlik bo'lsin. Faqat bizga ( O'zbekistonga yoki o'zbeklarga) emas barcha mo'min ahliga. Zero Alloh taolo Muhammad s.a.v. ummatini bir millat qildi. Iloho Arab mamlakatlardagi notinchliklar to'laligicha yaxshikka hal bo'lsin. Amerika hujumiga qarshi chora izlab yurgan fors mamlakatidagilarga Alloh madad bersin va tinchlik ato etsin. Tinchlikda yashayotgan turkistonliklarga qalb xotirjamligini ham ato etsin. Ameen
 Mustaqillik muborak azizlar! Mahallamiz imomi roppa rosa bir yil oldin qadr kechasi kuni: "O'tgan yili hamma har hil narsalarni so'rgagan lekin, bu yil qirg'in voqeasidan keyin tinchlikni so'rashadi. Tinchlik Allohning ulug' ne'matidir", degandi. Ha! Xaqiqatdan ham tinchlik ulug' ne'matdir.

Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2011, 11:29:25

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar.

Mana Mustaqilligimizni 20 yilligiga bir necha kun qoldi. Shu fursatdan foydalanib barchangizni bu ulug' ayyom bilan tabriklayman. Butun ezgu tilaklarimiz Vatanimiz uchun bo'lsin. Onalarni ko'z yoshi oqmasin, bolajonlar yig'lamasin.
O'zbekistonimiz xozirgi kundan yana ham ko'p rivojlansin, butun dunyoni havasi kelsin inshalloh.
Ilm fan rivojlansin, ajdodlarimiz butun dunyoni ijodlari bilan hayratga tushirganlariday, kelajak avlod ham o'zlarining ihtirolari bilan Vatan ravnaqi uchun hissa qo'shadi, degan umiddaman.
O'zbek xalqining bolajonligi, birbiriga bo'lgan mehr muhabbati, mehnatkashligi topilmas hazinadir. Tilaymanki, bu hususiyatlar xalqimni aslo tark etmasin.
Tomirlaridagi sof qon Vatanimni, Millatimni bir kunmas bir kun yana ham farovon kunlarga olib keladi, deb ishonaman.

Alloh yomon ko'zlardan saqlasin seni, O'zbekistonim!!!


Qayd etilgan


Ansora  28 Avgust 2011, 11:52:22

Barchamizga Ramazon bayrami muborak bo'lsin. Toat ibodatlarimiz Yaratganni huzurida qabul bo'lsin, gunohlarimizni kechirsin iloyim. Ana shunda haqiqiy bayram bo'ladi biz uchun inshalloh...


Qayd etilgan


Shoxjahon12  29 Avgust 2011, 19:22:11

Shunday dorulomon kunlarga yetkazgani uchun Ollohga beadad shukurlar bo'lsin. Barchangizni kirib kelayotgan Ramazon Hayit va Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik bayramlari bilan tabriklayman. Qilgan va qilayotgan barcha ezgu amallaringizni Olloh o'z dargohida qabul qilsin. Yurtimiz tinch, xonadonimiz fayzli bo'lsin!

Qayd etilgan


Aqoid  29 Avgust 2011, 20:02:31

Hammaga bayramlar muborak!
Ramazon hayiti munosabati b-n menga hayitlik bermoqchi bo'lganlar diqqatiga: sovg'a-salomlarni arafa kundan ertasi kun tushgacha qabul qilaman xolos. Shoshilinglar vaqt chegaralangan.:-)

Qayd etilgan


Shuhrat_  29 Avgust 2011, 23:46:47

bet...  net...   ;D

Qayd etilgan