Ийд Рамазон ва Мустақиллик айёми муборак!  ( 29979 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Bonuxon  30 Avgust 2011, 21:48:41

Assalamu alaykum! Qöwaloq bayramla muborak qadri baland qadirdonlarim...

Qayd etilgan


Sofdil  31 Avgust 2011, 01:26:40

 :asl3:

Aziz forumdoshla, Iyd bayramila mubore busin, Alloh kelasi yilgacha eson omonlikda, iymon butunligicha yetip borishi nasip qisin.
Forumgayam baraka bersin kelasi yillada

Hurmat bn

R.

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Avgust 2011, 07:37:41

 :asl3:
Barcha forum ahlini Muborak bayram Hayit bilan tabriklayman. Bu yilgi o'tgan Ramazon oyi Allohning roziligini, Jannatning Rayyon eshigidan kirishdek ulkan baxt olib kelgan bo'lsin. OMIN

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Avgust 2011, 07:46:01


Qayd etilgan


Муслимшухрат  31 Avgust 2011, 08:45:09

Barcha barchani romozon hayiti bilan tabriklayman. Alloh ibodatlarimizni qabul qilgan bôlsin.

Qayd etilgan


AbdulAzim  31 Avgust 2011, 08:50:19

Barcha forumdoshlarga Ramazon Hayiti va Istiqlol bayrami muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Shuhrat_  31 Avgust 2011, 09:04:13

 :asl3:
bayram muborak!

Qayd etilgan


Secret  31 Avgust 2011, 09:47:48


 
DIQQAT!!! O’ZBEKISTONDAN GAPIRAMIZ!!!
BARCHA O'ZBEKISTON XALQINI VA XORIJDAGI YURTDOSHLARIMIZNI ALBATTA USHBU FORUM AHLINI MUSTAQILLIKNING 20 YILLIGI BILAN TABRIKLAYMIZ!!! UZOQ UMR, SIXAT-SALOMATIK TILAYMIZ!!! YURTIMIZ RAVNAQIGA O'Z XISSASINI QO'SHAYOTGAN BARCHA VATANDOSHLARIMIZGA OMAD VA BAXT TILAB QOLAMIZ!!!
YANAGI YIL SHU KUNLARGA YARATGANDAN XAMMAMIZNI BAG'RI BUTUNLIK BILAN YETISHLIKNI SO'RAB QOLAMIZ!!! BAYRAM MUBORAK!!!



Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2011, 10:06:57

Yurtimizda Iyd al-Fitr manzaralari (fotoreportaj)

Farg‘ona viloyatidagi eng katta va qadimiy masjidlardan biri, Marg‘ilon shahridagi «Xonaqoh» jome’ masjidida bu yil Ramazon har yilgidan-da fayzli o’tdi. Rahmat oyi avvalidan boshlangan xatmi Qur’onni 1968-yildan beri ushbu jome’da xizmat qilayotgan ulamo, masjid imom xatibi Mulla Sobirjon qori Marg’iloniy tabarrukan boshlab berib, Muhammad Tohir qori Marg’iloniy va shogirdlari kuniga 2 juz’dan, tajvid bilan o’qib berishdi. 16-kechada Qur’oni karim xatmonasiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tashrif buyurib, ma’ruza qildilar va xatmi Qur’on so’nggida yurtimiz va xalqimiz haqiga xayrli duolar qildilar.

Erta tongdan bomdod namozini ham jamoat bilan o’qish maqsadida yig’ilgan mo’minlar allaqachon «Xonaqoh» masjidining asosiy binosini to’ldirishdi. Bomdoddan so’ng, Hayit namozi uchun jamoat yig’ilguncha hayit kuning fazilatlari kabi mavzularda mav’izalar qilindi. Shu kuni masjid joylashgan shoxko’cha IIB xodimlari tomonidan to’silib, namozxonlarga sharoit yaratib berildi. Jamoat masjid hududidan tashqariga ham kengayib, bugungi Iyd namozini birgina “Xonaqoh” masjidida 10000 ga yaqin musulmonlar ado etdilar. Namoz so’nggida xutba o’qilib, namozxonlar, xalqimiz, yurtimiz haqiga duolar qilindi va barcha musulmonlarni katta bayram bilan tabriklandi.

Bu yilgi hayit kuni kuni haqida “falon joyda bir kun oldin hayit ekan, biz ro’zamizni ochishimiz kerak ekan”, degan bir qancha mish-mishlar tarqaldi. Mulla Sobirjon qori Marg’iloniy:
«Alloh taoloning shariati kimningdir yoki biron yurtning amali bilan emas, Qur’on va sunnatga ko’radir. Ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan hadisda «Oyni ko’rib ro’za tutinglar va uni ko’rib ochinglar. Agar uni bulut to’sib qolsa, o’ttiz kunni mukammal qilinglar», deb marhamat qilingan. Sunnatga ko’ra, har bir o’lka o’zi hilol ko’rishi haqidagi hadislar ham vorid bo’lgan. O’zbekiston Musulmonlari idorasi Falakiyot instituti olimlarining ma’lumotlariga ko’ra, 29-kuni hilol ko’rinmagach, shu bugunni hayit deya belgiladilar. Bizlarga esa ushbu fatvoga amal qilish lozim bo’ladi. Vaholanki, 29-kuni Vatanimizda biron kimning hilol ko’rgani haqida xabarni eshitmadik.»

Ayni paytda Marg’ilon shahrida 26 ta jome’ masjidi mavjud bo’lib, bu yil ularning har birida tarovih namozlarida Qur’oni karim xatm etildi. Mulla Sobirjon qori Marg’iloniy:
«Sovetlar zamonida hayit namozlarini o’qib olish qanchalik mushkul edi, berkinib, xavotirda namoz o’qilardi. Bolalar, yoshlarni masjidlarga yaqinlashtirishmas, maktablarda majburan ro’zalarini ochtirib yuborardilar… Murattab qorilar ham barmoq bilan sanarli edi. Mustaqillik, tinchlik ne’matini bergan Allohga hamdlar bo’lsin. Hozirda mana shunday shinam, go’zal masjidlarda bexavotir tarovihlarni o’qiyapmiz. Birgina Marg’ilon shahrimizdan 100 dan ortiq murattab qorilarimiz yetishib chiqdilar. »

473 yillik tarixga ega bo’lgan, UNESCOning tarixiy obidalari ro’yxatida turuvchi «Xonaqoh» jome’ masjidi O’zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va bir qator saxovatpesha tashkilotlar mablag’lari hisobiga 2009-yilning fevral oyidan qayta ta’mirlanib, 2010-yil Mustaqillik bayrami arafasida asosiy qism foydalanishga topshirilgan edi. Ayni paytda ta’mirlash va qayta rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda. Jome’ masjidda bir vaqtning o’zida 5000 dan ortiq namozxonlar ibodat qilish imkoniyatiga egadir.

Barcha musulmon ahliga kirib keltgan Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
Qutlug’ oyda qilingan ibodatlarni O’zi maqbul aylasin!
Keyingi Ramazongacha sog’-omon, tinchlik-osudalikda yetishimizni nasib etsin!

Vatanimiz Mustaqilligining 20-yillik ayyomi ham qutlug’ bo’lsin!
Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon, iymonimiz butun bo’lsin!

Davronbek Tojilaliyev.
Muallif olgan suratlar.


http://vatandosh.uz/yurtimizda-iyd-al-fitr-manzaralari-fotoreportaj/
http://davronbek.ziyouz.com/?p=925

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2011, 10:10:00



Marg’ilon shahridagi "œXonaqoh" jome’ masjidi



"œXonaqoh" jome’ masjidi imom-xatibi Mulla Sobirjon qori Marg’iloniy



Hayit namozidan so’ng bir-birlarini qutlayotgan nuroniylar

Qayd etilgan