Muallif Mavzu: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 2-jild. Hajviyalar, pyesalar  ( 7106 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 2-jild. Hajviyalar, pyesalar



Muallif: Said Ahmad
Hajmi: 2,88 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
« So'nggi tahrir: 07 Yanvar 2012, 10:45:11 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hajviyalar
« Javob #1 : 28 Avgust 2011, 08:25:00 »
SAID AHMAD

TANLANGAN ASARLAR

III jildlik

II
JILD


hajviyalar, pyesalar

«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA KONSERNI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT - 2000
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hajviyalar
« Javob #2 : 28 Avgust 2011, 08:25:32 »
KITOBXONNING QULOG’IGA AYTADIGAN GAPLARIM

Bir yozuvchi o‘rtog‘im menga ta’na qildi:
— Nima qilasiz, hajv yozib. Jiddiy hikoyalar yozavermaysizmi?
— Nima uchun yozmasligim kerak ekan? — dedim ajablanib.
— Lsv Tolstoy bitta ham hajviy hikoya yozmagan.
— Tolstoy o‘zbek emas-da. O’zbek bo‘lganda albatta yozardi, — dedim hazil qilib.
Har gal hajv yozayotganimda o‘sha o‘rtog‘imning gaplari esimga tushadi. Shu gapning o‘zi bitta xajviy hikoyaga mavzu emasmi, deb o‘ylab qo‘yaman.
Mabodo birov, falonchi dunyodan kulmay o‘tib ketdi, desa, qulog‘imga uylanmay o‘tib ketdi, deb eshitiladi. Kulmaslik o‘zini o‘zi rohatdan, huzur-halovatdan tiyish demakdir. Kulmaslik, o‘zi och bo‘lishiga qaramay, oldiga qo‘yilgan lazzatli taomga ko‘l urmay, so‘lagini yutib o‘tirish bilan barobar.
Kulgi odamning ichidan chiqadi. Demak, ichi toza odam kuladi. Ichida g‘ubori bor odam kulolmaydi. Kulish, kulmaslik odamning o‘z ixtiyorida emas. Kulgisi qistab turgan odamning bo‘yniga atom bombasini osib qo‘ysangiz xam baribir kulaveradi. Kulganda ham silkinib-silkinib kuladi.
Qiziq! Kulmaydigan odam xasis bo‘ladi. O’zim ko‘p kuzatganman. Nega shunaqa, bilmayman. Bunaqalarning uyiga mehmon kelmaydi. O’zini ham birov mshmonga chaqirmaydi. Mabodo adashib kelib qolsa, ziyofatni g‘urbatga aylantiradi.
Quvnoq odam sermehmon bo‘ladi. Uyidan odam arimaydi.
Ustoz G’afur G’ulom ana shunaqa quvnoq, zavqi baland odam edi. Qachon bormang, uyi to‘la odam. Gurra-gurra kulgi. Tesha tegmagan latifalar shu joyda aytilardi. O’zi to‘qigan latifalar tandirdan uzilgandek bug‘i chiqib turganicha dasturxonga qo‘yilardi. Hech kim u kishichalik latifani do‘ndirib aytolmasdi.
Yozuvchining yozgani o‘ziga o‘xshaydi degan gap bor. G’afur akaning yozganlari xuddi o‘zi edi. Bu mumtoz san’atkorning hikoyalari orasidan shundoqqina o‘zi ko‘rinib turardi. Qo‘zlari, yuz ifodalari, xozir sizlarni boplab kuldiraman, deb turganga o‘xshardi.
Shaxsga sig‘inish paytlarida nikoh to‘ylarimiz mitingga o‘xshab qolgandi. Qisqacha dokladdan ksyin ikki tomondan ikkita partkom, ikkita komsomol komitetining kotibi, kasaba uyushmasi raislari so‘zga chiqishardp. Siyosiy qo‘shiqlar, siyosiy raqslar ijro etilardi. To‘yda faqat kulgi bo‘lmasdi. Chunki o‘sha paytlarda kulgidan siyosiy xato qidirilardi. Shunaqa «siyosiy xato» jabrini tortganlarning ko‘pini ko‘rganman.
Hozirgi to‘ylarimiz qiziqchisiz o‘tmaydi. Mashhur komik artistlarimiz Ergash Karimov, Obid Asomov, Mprza Xolmedovlar qatnashmagan to‘y to‘ydek bo‘lmay qoldi. Hojiboy Tojibosv ishtirok etgan to‘y dasturxoniga ichkilik qo‘ymasa ham bo‘ladi. Mehmonlar kulgidan kayf qiladilar.
Hajvsiz adabiyotning bir cheti kemtik bo‘lib qoladi. O’risning Gogoli, Chexovi, Turkning Aziz Nesini, Ozarbayjonning Sobir Tohirzodasi, Ukrainaning Ostap Vishnyasi, Qozoqning Sodiqbek Adambekovu Turkmanning Kaminasi bo‘lmasa adabiyoti juda g‘arib bo‘lib kolardi.
Bugun Ns’mat Aminov bilan Anvar Obidjon bo‘lmasa o‘zbek adabiyoti bitta tugmasi qadalmagan ko‘ylakka o‘xshab qolmasmidi? Hayotimizga shular fayz kiritib turganini tan olishimiz kerak.
Zavqi baland, serkulgi, quvnoq o‘quvchi, bu kitob sizniki. Kulmaydiganlar o‘qimasin! Agar o‘qisa, illo-billo rozi emasman.
MUALLIF
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. II jild. Hajviyalar
« Javob #3 : 28 Avgust 2011, 11:13:56 »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 1-jild. Hikoyalar

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 20019
So'nggi javob 20 Avgust 2011, 12:36:46
muallifi AbdulAziz
Muqimiy. Tanlangan asarlar. 1-jild. Lirika

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4930
So'nggi javob 12 Yanvar 2011, 14:05:05
muallifi AbdulAziz
Tog'ay Murod. Tanlangan asarlar. 1-jild

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5998
So'nggi javob 08 Noyabr 2010, 10:22:48
muallifi AbdulAziz
Muqimiy. Tanlangan asarlar. 2-jild. Hajviyot

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4052
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 16:08:13
muallifi AbdulAziz
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 1-jild. She'rlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6413
So'nggi javob 05 Fevral 2011, 16:19:00
muallifi AbdulAziz