Said Ahmadni (Alloh rahmat etsin) ismlarni har eshitganimda yuragimda har doim bir iliqlik paydo bo'ladi. Befarq qaray olmayman bu ismga.
Bolalik chog'larim, 12-13 yoshlarim, Andijon buvimni uylarini, yoz issiq'ida ayvonlarida mukka tushib "Ufq" romanini juda katta hayajon, bazan yuzimda nim tabassum, bazan ko'zimda yosh bilan o'qigan chog'larimni eslatadi bu ism.
Inson bolasini dardi shunchalik ham "zavqli" anglatiladimi, ayting hurmatli o'quvchi?
Kelinglar, bu mavzuda, tom ma'noda adabiyotimizni ustozlaridan biri bo'lgan, Said Ahmad haqlarida, u kishing o'lmas, zabardast asarlari haqida fikr yuritaylik.