Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 103309 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 19 B


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:37:35


Assalomu alaykum hurmatli dindoshim!
Yana bir necha kundan keyin musulmonlar uchun eng aziz oy - Ramazonni kutib olamiz.
Ushbu muborak oy barchangizga qutlug' bo'lsin!
Muqaddas oy arafasida bu oyda qilinadigan amallarni eslash barchamiz uchun foydadan holi emas.
Ushbu mavzuda "Hilol" taqvimi va boshqa manbalardan olingan Ramazon oyi haqida ma'lumotlarni berib boramiz.

Islomiy bo'limdagi Ramazon bilan bog'liq mavzular:

Ushbu mavzu doirasida:

RAMAZON SOG‘INCHI
TAQVO YO‘LI
RO‘ZA ARKONLARI
RO‘ZANING SUNNATLARI
RO‘ZANING MAKRUHLARI   
RO‘ZANI BUZUVCHI NARSALAR
RO‘ZADOR UCHUN JOIZ BO‘LGAN ISHLAR
XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK
RO'ZA
Рўзанинг фазилати
Рўзанинг фойдалари
Рўза одоби ва суннати
Улуг ой мобайнида нималар килиш лозим?
Рўзага оид баъзи хукмлар
Рамазоннинг кириб келганини кандай биламиз?
Рўза тутиш кимларга фарз
RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS?
IFTORLIK FAZILATI
Qazo va kafforat
Рамазон-Fанимат дамлар

Alohida mavzular:

Forumdoshlar, Ramazonda Qur'oni Karim xatm qilaylikmi?
Ramazon kundaligi. 1432 Hijriy - 2011 Milodiy yil
Bolalar uchun ramazon
1431 Hijriy - 2010 Milodiy yil, Ramazon yangiliklari
Ramazon 1431 Hijriy / 2010 Melodiy
1431 Hijriy - 2010 Milodiy yil, Ramazon yangiliklari
1429 Hijriy yilning Ramazon hayiti qayerda qachon nishonlandi?
Ramazonga oid, Ibratli hikoyatlar
Ramazonga oid qanday xotiralaringiz bor?
Ramazon muborak!
RAMAZON HAYITI muborak!
Ramazon haqida ajoyib sherlar
Ramazon 1430 hj / 2009
KECHIR BIZNI RAMAZON
Ramazon kechalarida!!!
Ramazon darsligi! (she'riy ko'rinishda)
Ramazon suhbatlari
Ramazonni to'htatmagin Yo Rabbim!
Рамазонни кутиб олиш учун 10 насиҳат
Рамазондан сўнг мусулмоннинг аҳлоқи
АЁЛЛАРГА РАМАЗОН НАСИҲАТЛАРИ
Рўзадорлар йўл қўядиган айрим хатолар
Рўза тутинглар, шояд тақволи бўларсиз!
Ro'za haqida hadislar
"Ramazon saboqlari" turkumidan
Fitr zakoti (рўзаи фитр) нинг хукмлари
Охирги ўн куннинг фазилати
ШАВВОЛ ОЙИ РЎЗАСИ ВА УНИНГ ФАЗИЛАТЛАРИ
Эҳтимол бу сен учун охирги рамазондир

Kitoblar

IHYOU ULUMID-DIN (Ro'za sirlari kitobi). Imom G'azzoliy

RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon

Ramazon – rahmat oyi
Assalom, mohi muborak!
Ramazonning fazilatlari
Taqvo ahli bo‘ling
Ro‘zadorning mukofoti
Gunohdan voz kechish
Tavbaga shoshiling
Nafsni yengish oyi
Ro‘zadorning duosi
Jahannamga kiradiganlar
Oxiratga hozirlik ko‘rish
Kundalik zikrlar
Mag’firat oyi
Ramazon ortidan

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:38:29


RAMAZON SOG‘INCHI

Bandalarini yo‘qdan bor etib, hisobsiz ne’matlarga burkagan, yaxshilik ila tanishtirib, yomonliklardan qaytargan, gunoh va xatolardan poklaguvchi ibodatlarni tayin etgan parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.

Ummatlari uchun qayg‘urgan, ularga hidoyat yo‘lini ochiq-oydin va mukammal qilib ko‘rsatib, jannat sari chorlagan payg‘ambarimiz Muhammadga salovot va salomlar yog‘ilsin.

Assalomu alaykum, aziz birodarlar! Kutlug‘ kunlar ostonasida Siz bilan uchrashib turganimiz Parvardigorimizning bizga bo‘lgan yana bir marhamatidir.

Mana, hayotimizga ma’no-mazmun bag‘ishlab, qalblarimizga sayqal-salohiyat berib, dillarimizdagi g‘illu g‘ashliklarni haydab, vujudlarimizdagi gunoh-isyon dog‘larini yuvib, yana Ramazan kelayotir! Marhabo, qutlug oy, marhabo!

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:38:49

 Ramazonni uzoq sog‘indik, o‘n bir oy (!) intizor kutdik. O‘tgan yilgi ramazonning ortidanoq, uyg‘ongan edi bu sog‘inchimiz. To‘g‘ri, orada uni bir oz unutdik, dunyo xavaslarimi-ey, turmush tashvishlarimi-ey, bizni chalg‘itdi. Lekin mehribon Parvardigorimiz bugun bizni yana unga yetkazdi.

Ramazonning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, so‘ngi do‘zaxdan najotdir. Yana unda ming oydan yaxshiroq kecha bor, kutlug‘ oyning kutlug‘ kechasi. Qiyomatda butun boshli asrlar u kechaning poyida bosh egajak, tarozida tortiladigan minglab oylardan u
og‘ir kelajak. Ana shunday barakotli oy bizning ramazon!

Aziz birodarlar, ramazon Parvardigorimizning bizga bergan ulug‘ ne’mati, jannatni qozonib qolish fursatidir. Tan olmog‘imiz kerakki, qalblarimiz anchadan beri g‘uborli, bir-birlarimizga nisbatan kibrli, uzrli-uzrsiz xatolarimiz ko‘p. Bu holatda Parvardigorimizning huzuriga rihlat etishdan Allohimizning o‘zi saqlasin. Rabbimiz qiyomatda bizning bunday uyatli savolda turishimizga hech qachon rozi emas. Shuning uchun ham Alloh taolo bizga ramazonday ulug‘r ne’matni ato etgandir.

Asl mohiyatni yaxshi anglamog‘imiz kerakki, ramazon ozish, tanani epaqaga solish, ziyofatxo‘rlik yoxud yana bir balolar oyi emasdir. Balki u ibodatga sho‘ng‘iydigan, Allohga yaqinlashadigan savoblarni ko‘paytiradigan, bir so‘z bilan aytganda, do‘zaxdan najot topadigan oydir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:39:40

Nabiy alayhissalom bir juma kuni xutba qilish uchun minbarga ko‘tarilayotib, uch marta «amiyn» dedilar. Xutba tugagach, sahobalar buning boisini so‘rashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jabroil alayhissalom kelib:

«Ota-onasining yoki ulardan bittasining hayotligida roziligini olib, jannati bo‘lmagan kishi xor bo‘lsin!» degan edi, men: «Amiyn (Allohim, ijobat qil)», dedim. So‘ng: «Ramazon oyida nafsini isloh qilib, Allohga yaxshi banda bo‘lolmagan kishi ham xor bo‘lsin!» dedi. Men yana: «Amiyn», dedim. Keyin Jabroil: «Muhammad Allohning elchisidir, deyilganda, sizga salovot aytmagan kishi ham xor bo‘lsin!» degan edi, tag‘in: «Amiyn», dedim».

Xullas, sog‘inib kutganimiz ramazon keldi, ammo u juda oz fursat, hademay, o‘tib ketadi. Jabroil alayhisalom aytganidek, shu oyda nafsimizni isloh etolmasak, Rabbimizga yakin bo‘lolmasak, yaxshi bandalar sirasidan joy ololmasak, boshqa hech qachon bu ishning uddasidan chiqolmaymiz. Jannatni qozonib, do‘zaxdan najot topishning eng katta imkoniyati ham shu oydir.

Ramazonga bo‘lgan sog‘inchimiz hammamizni jannatlarga boshlasin. Amiyn, yo Robbal alamiyn.

"œHilol taqvimi" tahririyati

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:40:29

TAQVO YO‘LI

Yilda bir marta ramazon oyida ro‘za tutish har bir og‘il, bolig‘ musulmonga farz qilingan ibodatdir. Bu ibodatning tartibi va shartlari Qur’oni karimda va Payg‘ambarimiz hadislarida batafsil bayon etilgan. Ammo ro‘za faqat yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyili?dangina iborag emasligini aksar kishilar bilishmaydi yoki bilishsa ham, e’tibor qilishmaydi.

Jumla maxluqotning egasi Alloh taolo hakim Zot. Uning zo‘r bir amrida sonsiz hikmatlar yashirin. «Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingaii kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilipdi» (Baqara, 183), deya Alloh taolo ro‘zaning farzligini mo‘minning taqvosiga qayd qilgandir. Demak, sahardan to kechgacha och, tashna yurishdan ko‘zlangan maqsad — taqvo. Agar shu maqsad amalga oshmasa, banda Payg‘ambarimizning tanbehiga uchragan ro‘zadorlar jumlasidan bo‘lib qolishi shubhasiz: «Qancha ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasi ochlik va tashnalikdan boshqa narsa emas» (Nasoiy rivoyati).

Ayni hikmatga ko‘ra, salaf olimlarimiz ro‘zaning uchta darajasini farqlashgan: qorinni va jinsiy a’zoni shahvatdan tiyish; quloq, ko‘z, til, qo‘l, oyoq va boshqa a’zolarni gunohdan tiyish; qalbni Allohdan o‘zga barcha narsadan tiyish.

Mo‘minning taqvosi mazkur darajalar bilan belgilanadi. «qalb ro‘zasi», ya’ni qalbning faqat Alloh bilan band bo‘lib, Undan o‘zga barcha narsadan tiyilishi o‘ta mushkul ish. Bu maqom payg‘ambarlar, siddiqlar, Allohga muqarrab bandalarning martabasi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Avgust 2006, 21:41:01

«Solihlarning ro‘zasi a’zolarni gunohlardan tiyishdir», deydi Imom G‘azzoliy. Banda sahar chog‘i pok qalb bilan ro‘zani niyat qilib, kuni bilan och yursa-yu, ko‘zlari ko‘chada «olma tersa» — nomahramlarga qarasa, tillari lag‘v, yolg‘on, chaqimchilik, dilozorlikdan tiyilmasa, quloqlari g‘iybat tinglasa, qo‘llari zulmga chog‘lanib, oyoqlari harom sari yursa, bunday ro‘zadorni solih deb bo‘ladimi? Iftordan to tong yorishguncha qornini anvoi taomlarga to‘ldirib, ibodatlarga erinchoqlik qilib turganda, tutgan ro‘zasi uni taqvoga boshlaydimi, shaytonning bo‘ynini sindirib, shahvatlarini so‘ndira oladimi? Ro‘zada yeymiz, deb necha oylarda ham tutamaydigan oziq-ovqatlarni ramazon uchun g‘amlashni qanday tushunish mumkin? Axir ramazon oyi tom ma’noda ochlar holini his etish, nafs taqvosini o‘ldirish, taqvo ustiga taqvo barpo qilish oyi emasmi?

Aslida iftordan so‘ng ro‘zadorning qalbi xavf bilan rajo oralig‘ida muztarib bir holatda tursa, bugungi ro‘zam qabul bo‘lib, Allohga yaqin bandalar jumlasidan bo‘la olamanmi yoki tutgan ro‘zam rad qilinib, nafratga loyiqlar jumlasidan bo‘lib qolamanmi, deya nafs taftishga tutilsa, naqadar a’lo!

Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy kahqaha otib kulayotgan bir qavmni ko‘rib dedilar: «Alloh ramazon oyini bandalari uchun toatda musobaqalashadigan oy qildi. Peshqadam qavm zafar quchadi, orqada qolgani imkoniyatni boy beradi. Ajabo! Peshqadamlar zafar quchadigan, dunyo talabida bo‘lganlar yutqazadigan bu kunda bunchalik xandon otib kulishlar nedan?! Allohga qasamki, agar parda ochilsa, yaxshilar o‘zining yaxshiligi bilan, yomonlar o‘zining yomonligi bilan ovvora bo‘ladi». Ya’ni, maqbul amalning sururi o‘yin-kulgudan chalg‘itadi. Rad qilingan amalning hasrati kulgu eshigini yopadi.

Aziz muxlis! Yuqorida keltirilgan oyatdan ma’lum bo‘ladiki, «mo‘minman» degani hali «taqvoli bo‘ldim» degani emas. Alloh taologa behad hamd bo‘lsin, mana, ramazon oyiga yetdik. Peshqadamlar safidan joy olib, haqiqiy g‘alabani qo‘lga kiritishga yana bir imkoniyag, yana bir yo‘l ochildi. Barchamizga Taqvo yo‘li muborak bo‘lsin!

Abdurashid Zohid

Qayd etilgan


Laylo  01 Sentyabr 2006, 07:56:51

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin, AbdulAziz!
Ramazonni biz ham intiqlik bilan kutyapmiz.
Allohim, barchamizga ushbu muborak kunlarni nasib etsin!
Ibodat bilan lazzatlanish barchamizga nasib etsin.
Kirib kelayotgan ramazoni sharif muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Sentyabr 2006, 12:20:49

Assalamu alaykum,Abdulaziz!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Men ham barcha musulmon birodarlarimizni qalblarimizga quvonch va ko'zlarimizga sevinch yoshlarini olib kelib yaqinlashayotgan Muborak Shari Ramazon bilan qutlayman.
Alloh taolo shu Ulug' oyning hurmatidan barchalarimizni gunohlarimizni avf etib,O'zing Rahmatiga noil qilsin! Amiyn!

Qayd etilgan


Shahnoza  02 Sentyabr 2006, 17:21:23

Barchaga salom!
Sizlardan 1 iltimosim bor edi,agar ma`lol kelmasa bu yilgi anaqani,nima deydi,haligi qaysi shaharda og`izni soat nechada ochib nechada yopadigan taqvim bo`ldi-yu.o`shani e-mailimga jo`natsangiz.
Shakira@doda.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Sentyabr 2006, 19:26:45

Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin, AbdulAziz!
Ramazonni biz ham intiqlik bilan kutyapmiz.
Allohim, barchamizga ushbu muborak kunlarni nasib etsin!
Ibodat bilan lazzatlanish barchamizga nasib etsin.
Kirib kelayotgan ramazoni sharif muborak bo'lsin!

Va alaykumussalam.

Assalamu alaykum,Abdulaziz!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Men ham barcha musulmon birodarlarimizni qalblarimizga quvonch va ko'zlarimizga sevinch yoshlarini olib kelib yaqinlashayotgan Muborak Shari Ramazon bilan qutlayman.
Alloh taolo shu Ulug' oyning hurmatidan barchalarimizni gunohlarimizni avf etib,O'zing Rahmatiga noil qilsin! Amiyn!

Va alaykum assalom!
Barchamizga yana bir bor Ramazoni sharif muborak bo'lsin!

Qayd etilgan