Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 156396 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 B


JeeS  20 Iyul 2012, 04:29:16

:bsm3:
Assalomu alaykum hurmatli musulmon birodarlar!

Alloh subhanahu vataolo sizu bizga Iydul Ramazonni muborak qilsin!
Ramazoni sharifada holis Alloh uchun qilgan barcha amallarimizni Alloh O`zi qabul aylasin va ulug` ajrlar bilan mukofatlasin!
Zero Alloh Karami kehg, Mehribon va Rahmdil zotdir.

Qayd etilgan


Sadulla  20 Iyul 2012, 07:39:50

Assalomu alaykum.

Forumdoshlar barchangizga kirib kelgan Moxi Ramazon muborak bo'lsin!Olloh tutayotgan ro'zalarimizni o'z dargohida qabul aylasin,barcha ro'zadorlarga sabru jamiyl bersin! :amn3:
 Jum'a muborak forumdoshlar!

Qayd etilgan


Best friend  20 Iyul 2012, 08:37:46

 :as:

 Kecha alhamdulillah tarovehni o'qidik, Abdug'ani qori huftondan ozgina avval ma'ruza qilidilar, ramazon haqida shunday gapirdilar ko'zlarga kelayotgan yoshlarni qaytarishni imkoni yo'q edi. Bu oyning qadrini faqat sog'inganlar biladi, kimki sog'ingan bo'lsa, uni ochiq kayifiyatda kutgani aniq. Bu oy shunday oyki, o'n ikki oyning ichida faqatgina shu oy zikr qilingan Qur'onda. Haqiqiy mo'minlarni ajratadigan oy mana yozning ayni qizigan pallasida keldi. Bu oyni sog'inib: "Ko'zlarimni tagi ko'karsa ham, ochlikdan sillam qurisa ham, chanqoqdan og'izlarim qurib ketsa ham seni osonlikcha qo'ldan boy berib qo'ymayman, ey Ramazon!", deganlarga Ramazon muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Iyul 2012, 09:15:01

Assalamu alaykum!

Ramazon oyi kirib kelgani bn barchani tabriklayman.
Alloh bu oyni barchamiz uchun barokatli va muborak qilsin!


Qayd etilgan


Secret  20 Iyul 2012, 13:51:07


Kunda besh vaqt namozga chorlaganiday-azon,
 Hush kelding qalbimizga rahmat oyi Ramazon.

 Gunohlardan tiyilgum, biroz savob ham qilgum,
 Har mo'min musulmonga toat oyi Ramazon.

 Birodarlar iffati, aka-uka hurmati,
 Mo'minning dil sharbati izzat oyi Ramazon.

 Suv ichmayman yonsamda, tuz totmam och qolsamda,
 Iftorgacha tolsamda toqat oyi Ramazon.

 Musulmonlar vaslisan, chin savobning aslisan,
 Sen ming oydan yaxshisan hikmat oyi Ramazon.

 Sinalsakda o'ttiz kun, iymonimda bir ustun.
 Haq rahmati tufayli rohat oyi Ramazon.


Qayd etilgan


BilmasOY  20 Iyul 2012, 14:22:27

                                Xush kelding, Ramazon!!!
Tarqaldi qorong'ulik, nurga g'arq bo'ldi jahon,
Xush kelding, safo kelding, ey muborak Ramazon!
Marhabo! Ey oylarning shahanshohi, sultoni!
Marhabo! Ey Allohning tengsiz lutfi, ehsoni!
Shukrlar Rabbimizga, yetishdik senga takror,
Ro'za, namoz, niyoz-la baxtiyormiz, baxtiyor!
Nur sochib quyosh yanglig' yurtimizning baxtiga,
Xush kelding, safo kelding, ko'nglimizning taxtiga!
Ilohiy fayzing ila to'lib-toshadi qalblar
Senga talpingan banda yaqin bo'ladi Haqqa.
Tarqalar sen kelganda, ruhlardagi kadar, g'am,
Qilamiz tashrifing-la barcha mo'minlar bayram!
Minoralar, masjidlar suzarlar nur ichinda,
O'qilur Kalomulloh xushu', huzur ichinda.
Bugun endi emasdir siynamiz dardli, puryon,
Yurtimizga xush kelding, rahmat oyi RAMAZON!!!

                                            Jamol O'g'iz

Qayd etilgan


AsiRa  20 Iyul 2012, 16:00:01

Hammadan ilgari tabriklamoqchi edim niyatim bor edi nasib ekan.

Haa endi so'z mengaa qanii.




Avvalambor Assalomu alaykum wa Rahmatullohi wa Barakatuh!

Aziz forumdoshlar, sizlarni kirib kelgan muborak mohi RAMAZON bilan chinnnn qalbim bilan tabriklayman. Bu yilgi qilgan yaxshi amal, yaxshi niyatlarilar Haq ta'olo nazarida bo'lishini so'rayman. Yangi oila qurganlarga bu yil 1-ramazon yili bo'ladi. Niyatim umr bo'yi birga shundek boshlaganilar kabi bahtli oila bo'lib Ramazon oyini kutib o'tkazilar. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga esa bu yil 1-ramazon yili bo'ladi ha ularni kutib olgan birinchi ramazon yili. Vay tovba chaqalola ramazoni nimaligini bilishami degan narsa tepib qoldi  ::) ha o'rgataslarda to'g'rimi  ;D silarde ilmli ota-onasi bo'lsa o'rgatilmasa. Chaqaloqlarga tilagim, tug'ilganida gunohsiz tug'ilganidek umri davomida gunoh ishlardan uzoqlashib, har yili shundek quvonch bilan ramazoni kutib olishi. Bu yilgi ramazon honadonilarga rahmat, mag'firat va barakat olib kirsin. Har doim shundek quvonchli kayfiyatda ramazoni kelishini sog'inib unga tashna bo'lgan ramazon shaydolariga RAMAZON muborak. Alloh ta'olo sizlarga o'zi sabr, madad berishini so'rab Asira!


Ps: Rasm judaaa katta tuyilyapti. Men bundan yaxshi rasm topolmagande his qigandim shuni qo'ya qoldim telda kiradigonladan uzr so'raganiski  ::)

Qayd etilgan


Rabella  20 Iyul 2012, 21:07:29



Qayd etilgan


Lu`lu`  24 Iyul 2012, 07:27:36

Qadrli dindoshlarim, muslima opa va singiljonlarim. Hammamiz intizor bo'lgan va ajrlaridan umid qilgan mohi Ramazon oyini kutib oldik, alhamduliLlah. Muborak oy Alloh taoloning bandalariga qilgan ulug' ne'mati ekanini bilamiz va shu oy o'zaro tinchlik- totuvlik,  chiroyli sabr va haqiqiy shukronalikni o'zimizda jamlab, sayqallatishimizga berilgan imkon deb qabul qilamiz.
Iymon shukr va sabrni jamlaydi. Ro'za esa bu ikkisini tarbiyalab, iymonimizni yanada mustahkamlaydi. Shunga ham samoviy dinlarning hammasida ro'za farz qilingan.
Alloh inson vujudini bir tomchi haqir suvdan go'zal shaklda yaratib, ochlik orqali ojiz  bir bandaligini anglashi uchun ro'zani amr qildi. Bu shunday ilohiy mo'jizaki, ro'za sabab inson o'z zaifligini biladi, tan olgach atrofidagi ojiz, bechorahollarni tushunadi, suyanchiq bo'lishga harakat qiladi, urish-janjalning  mohiyatini anglaydi.
Ro'zaning foydalarini sanab adog'iga yeta olmasligimizni ko'plarimiz tushundik, butun insoniyat yuqorida aytilgan birgina foydani bilib, amal qilsalar edi... qanchadan-qancha odamlarning uylarida tinchlik o'rnatilarmidi...
Nabirachamni tili chiqib, aqlini taniy boshlaganida ro'za haqida ko'p savollar bera boshladi; yaxchi ishlar ro'zada qilamiz, keyin ham yaxshi ish qilinadimi? Hech kimni hafa qilmaymiz, ro'zadan keyinchi?..
Faqat ro'zada kasallarni borib ko'rish kerakmi; nega birovlar bir-birlari bilan urishishadi yoki ular ro'za tutishmaydimi va hokazolar...
Bolajonning murg'ak, gard qo'nmagan qalbi to'kis javobga mushtoqligini jovdirab turgan ko'zlariga qarab tushunamiz. Og'zaki javob yanada boshqa savollarga olib borishini anglaganimizda faqat amal va yana amalgina fitrati pok bolaning qalbiyu aqlini hotirjam qilishini bildik.
Aziz dindoshlarim bizning kelajagimiz bugungu amal va qadamlarimizdir, farzandlarning kelajagi o'tmishidan olgan saboqlaridir. Xonadonlardagi tinchlik-totuvlik, qarindoshchilikning uzilmas rishtalariyu qo'shnichilikning oqibatli haqlari, birdamliklarning barcha-barchasi bu kungi tanamiz bilan tutgan ro'zamiz va iymonli vijdon bilan qilgan amallarimizdir. Keling, shu amallarning boqiyligiga hissamizni qo'shaylik, go'zal natijasidan esa ikki dunyoda bahramand bo'laylik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2013, 07:51:55


Qayd etilgan