Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 155906 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 19 B


AbdulAziz  02 Sentyabr 2006, 19:29:01

Barchaga salom!
Sizlardan 1 iltimosim bor edi,agar ma`lol kelmasa bu yilgi anaqani,nima deydi,haligi qaysi shaharda og`izni soat nechada ochib nechada yopadigan taqvim bo`ldi-yu.o`shani e-mailimga jo`natsangiz.
[email protected]

Va alaykum assalom!
Bu yilgi 1427 hj. - 2006 yil Ramazon taqvimini shu yerdan olishingiz mumkin:
http://islam.ziyouz.com/Articles/ramazon2.html

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Sentyabr 2006, 19:31:03

RO‘ZA ARKONLARI

Ro‘zaning sahih bo‘lish sharti uning ikki rukniga bog‘liq. Ular: niyat — qalbda Allohga bo‘ysunish va Unga yaqinlashish maqsadi bilan ro‘za tutishga azmu qaror qilish, subh-tong kirgandan to quyosh botguncha yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyilish.

RO‘ZANING SUNNATLARI

1. Saharlik qilish. Undan murod sahar payti turib, kunduzi ro‘za tutish niyatida yeb-ichishdir. Ibn Munzir saharlik qilish sunnat ekaniga olimlar ittifoq qilishganini aytganlar. Payg‘ambar alayhissalomning saharlik qilmasdan ro‘za tutganliklari uning vojibligini bildirmaydi. Saharlik qilish bilan mo‘minlar ahli kitoblardan farqlanib turadilar. Saharlikning eng kami biron narsa yeb olishdir. Bir qultum suv ichib olinsa ham, saharlik qilgan hisoblanadi. «Saharlik qilingiz, saharlikda baraka bordir», deganlar Nabiy alayhissalom (Muttafaqun alayh).

2. Saharlikni tongga yaqin qilish. Zayd ibn Sobit aytadilar: «Rasululloh bilan birga saharlik qildik. So‘ng u zot namozga turdilar. Men: «Saharlik bilan azon orasida qancha vaqt bor?» deb so‘radim. «Ellik oyat miqdoricha», dedilar (Muslim rivoyati).

Saharlik qanchalik tongga yaqin qilinsa, shunchalik afzal bo‘ladi. Faqat tong kirib qolgunga qadar kechikgirmaslik kerak. Kechroq saharlik qilgan kishi ko‘proq ajr oladi, kunduzi ham to‘qroq yuradi. Yeb-ichib o‘tirgan kishi tong kirib qolganini sezsa, yeb-ichishni to‘xtatadi va ro‘zasini tutaveradi. Vaqt juda kam qolganini bilaturib, o‘zini g‘aflatga solib, yeb-ichib o‘tirish uzr bo‘lmay qolishi mumkin. Shuningdek, ehtiyot yuzasidan deb subhi sodiqdan ancha ilgari, masalan, bir soat oldin og‘iz yopib olish ham sunnatga xilofdir.

3. Iftorni ertaroq qilish. Quyosh botgani aniq bo‘lganidan keyin darhol og‘iz ochish lozim. Payg‘ambar alayhissalom bu haqda shunday deganlar:
«Odamlar iftorni ertaroq qilar ekanlar, mudom yaxshilik ustida bo‘ladilar» (Muttafaqun alayh). Anas (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom suv bilan bo‘lsa ham, og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar» (Termiziy rivoyati).

4. Iftor mahali duo qilish. Payg‘ambar alayhissalom og‘iz ochganda quyidagicha duo qilar edilar: «Chanqoq qondi, tomirlar ho‘llandi va ajr sobit bo‘ldi, inshaalloq» (Imom Buxoriy rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu esa shunday derdilar: «Ey Allohim, men Sendan hamma narsadan keng bo‘lgan rahmating bilan suraymanki, gunohlarimni kechir» (Ibn Moja rivoyati).

Qayd etilgan


sita  04 Sentyabr 2006, 15:01:52

RO‘ZANING MAKRUHLARI

Ro‘zador uchun quyidagi ishlarni qilish makruh:

1. Tahorat olayotib, og‘iz va burunni chayganda, tomoq va dimog‘ning oxirigacha suv olish. Payg‘ambar alayhissalom: «Burunga suvni chuqur olgin, ammo ro‘zada unday qilma», deganlar («Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan).

2. O‘pmoq. Bo‘sa shahvatni qo‘zg‘atib, ro‘za paytida qat’iyan man qilingan jimo’ga olib kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, ayrim ulamolar: «Kishi o‘zini tutib tura olishiga ishonsa, bo‘sa olishi joiz, o‘ziga ishonmasa, haromdir», deyishgan.

3. Ahliga shahvat nazari bilan boqish.

4. Jinsiy aloqani fikr qilish.

5. Ahliga shahvat bilan teginish.

6. Saqich yoki shunta o‘xshash narsalarni chaynash.

7. Qozonda turgan taom mazasini tatib ko‘rish. (Ammo ba’zilar nazdida oshpazlar o‘zlarini ehtiyot qilgan holda zarurat yuzasidan taomning tuzini tatib ko‘rishlari joizdir.)

8. Qon chiqarish yoki oqizish. Bu yerda zuluk yoki boshka narsa vositasida ko‘p miqdorda qon oldirish nazarda tutilgan. Chunki bu ish inson tanasini zaiflashtirib, ro‘zasini ochishga majbur qilishi mumkin. Ba’zi ahli ilmlar qon oldirishni ro‘zani buzuvchi amallardan sanaganlar. Tibbiy tahlil uchun qo‘l uchidan kam miqdorda qon oldirishning esa zarari yo‘q. Chunki uning tanaga ta’siri sezilmaydi.

9. Visol, ya’ni ikki-uch kun iftorsiz ro‘za tutish. Payg‘ambar alayhissalom visol qilishdan qaytarganlar. Ayrim ulamolar shu hadisdan kelib chiqib, visolni harom ham deyishgan. Lekin makruh degan fikr kuchliroqdir. Chunki bu hadisdan so‘ng sahobalardan ayrimpari Payg‘ambar alayhissalom bilan birga visol qilishgan. Shunda Payg‘ambar alayhissalom ularga indamaganlar. Agar u harom bo‘lganida, ularga sukut qilmasdilar.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni qilish garchi ro‘zani buzmasa-da, uning savobini kamaytirishi mumkin.



Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Sentyabr 2006, 23:59:28

RO‘ZANI BUZUVCHI NARSALAR

Ro‘zani quyidagi narsalar buzadi:

1. Jinsiy aloqa. Bu ish ro‘zani buzuvchi amallarning eng ulkanidir. Ramazonda kunduzi qovushish haromligini bilaturib, ro‘zador ekani esida bo‘lgan holda, o‘z ixtiyori bilan jinsiy aloqa qilgan kimsa qattiq gunohkor bo‘ladi. Agar u bu ishini halol sanasa, dindan chiqib, kofir bo‘ladi (Alloh asrasin).

2. Maniyni qasddan chiqarish. Ammo maniy insonning ixtiyorisiz, masalan, uyquda chiqsa, ro‘za buzilmaydi.
      
3. Ichga ozuqa kiritish. Bu ish ikki xil uslub bilan bo‘ladi:
a) yeb-ichish. Kim qasddan, ro‘zaligini bilib turib yeb-ichsa, qattiq gunohkor bo‘ladi;
b) yeb-ichish ma’nosidagi narsalar. Masalan, quvvat beruvchi dori-darmonlarni olish.

4. Qasddan qusish. Payg‘ambar alayhissalom:
«Kim qasddan qayt qilsa, qazosini tutib bersin», deganlar. Ammo qayt qilish beixtiyor amalga oshsa, ro‘za buzilmaydi.

5. Hayz qonining kelishi. Ayollarda hayz qonining kelishi ro‘zani bekor qilib, qazoni vojib qiladi.

6. Ro‘za tutish niyatidan voz kechish. Kim ro‘za holida ro‘zasini ochib yuborishni qalbdan qasd kilsa, ro‘zasi bekor bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2006, 00:01:32

RO‘ZADOR UCHUN JOIZ BO‘LGAN ISHLAR

1. Misvok tutish. Ko‘pchilik ulamolar uni ro‘zada ham joiz, deb aytishgan. Faqat ayrim olimlar uni tushdan keyin — iftorga yaqin ishlatishni makruh sanashgan. Lekin ular ham misvok ro‘zani buzuvchi narsa deb emas, balki: «Ro‘zadorning og‘zidan keladigan esa Alloh nazdida mushkdan ko‘ra, xushbo‘yroqdir», degan hadisga binoan makruh ko‘rishgan. Ammo tish yuvish pastalarini ro‘za paytida ishlatmaslik durustdir. Chunki uning ta’mi o‘tkir bo‘lib, ichga sizib kirishi mumkin.

2. Issiq taftini olish uchun suv bilan salqinlanish, ya’ni cho‘milish. Bunda ustidan suv quyib yuvinishning ro‘zaga xalali yo‘q. Ammo suvning ichiga tushib cho‘milishdan bir oz ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki quloq burun yo orqa teshikdan me’daga suv yetish ehtimoli bor.

3. Tongga qadar yeb-ichish va ayoliga qovushish.

4. Ehtiyoj yuzasidan safar qilish, hatto og‘iz ochishga to‘g‘ri kelishini bilsa ham, joiz. Faqat ro‘zadan kutish maqsadida safar qilmasa bas.
      
5. Ichga kirmaydigan halol dorilar bilan davolanish.
Bunga nina orqali ozuqa bo‘lmaydigan dorilarni olish ham kiradi.

6. Go‘dakka og‘izda taom chaynab berish. Bunda ro‘zador o‘zining ichiga biror narsa ketib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

7. Atir va boshqa bo‘ylardan foydalanish.


8. Ayollar ko‘zga surma, qo‘lga xina qo‘yishlari.

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Sentyabr 2006, 22:46:42

As-Salamu Alaykum ahli birodarlar! Yana ko'rishib turganimdan hursandman! Alloh amallaringizni qabul aylasin, ilm berishda hali ham bardavomsizlar, uzr manda biroz vaqt bo'lmay, uzlilshga to'g'ri keldi, InshaAlloh endi sila bilan doim ilm o'rganishga harakat qilaman!
Man Ramazon kelishidan oldin Sha'bon oyi haqida ham yozmoqchi edim, chunki bu oy oylar ichida ulug'langan oylardan biridir. Rasululloh bu oyda ramazonda ro'za tutganlari kabi, ko'p va uzluksiz tutishga harakat qilgan va tutgan ekanlar, hech bir oyda Sha'bon oyida ro'za tutganchalik ro'za tutmagan ekanlar! Birodarlar, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallamga ergashib, Alloh qodir etsin ilohim!

Qayd etilgan


Muslima_subh  10 Sentyabr 2006, 22:53:48

ShA’BON OYIDA RO’ZA TUTISh
Oisha onamizdan (raziyallohu anho) rivoyat etiladi:
«Allohning Rasuli (sallalohu alayhi vasallam) ro’zani shunchalik maromiga yetkazib tutar edilarki, biz hatto u kishi har doim ro’zador bulsalar kerak derdik. Ro’za tutmagan paytlarida esa endi sira ro’za tutmasalar kerak deb o’ylardik. Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to’liq ro’za tutganlarini ko’rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda dam to’liq ro’za tutganlarini ko’rmadim».
Rasululloh sallalohu alayhi vasallam Sha’bon oyining fazilati haqida shunday deganlar:
«Ushbu oy Rajab bilan Ramazon o’rtasidagi oydir».
«Sha’bon oyida tutilgan ro’za Ramazon oyiga ta’zimdir».
«Oylarning sevimlisi Ramazon oyiga bog’liq Sha’bon oyidir».

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2006, 08:00:15

XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK

1. Ayrim musulmondar ramazonni yegulik g‘am-tashvishi bilan kutib oladi. Ammo u oziq-ovqat jamg‘aradigan emas, aksincha, topgan-tutganimizni faqirlar bilan baham ko‘rib, imkon qadar ko‘proq toat-ibodat va xayrli amallar qilish oyidir.

2. Ba’zilar saharlikni tong kirishdan ancha vaqgli qilib olishadi-da, ko‘p ajru savobdan quruq qolishadi.

3. Bomdodga azon chaqirilayotgan paytda suv yoki choy ichib olishni odat qilish ham xatodir. Chunki azon tong kirgandan keyin aytiladi.

4. Ramazon kirganidan bexabar qolgan kishi «Endi baribir, ulgurmadim», deb o‘sha kunning qolgan qismida yeb-ichib yurishi noto‘g‘ri.

5. Ramazonda unutib yeb-ichib qo‘ygan ba’zi kishilar «Ro‘zam ochilib ketdi», deb yana yeb-ichishga kirishib ketishadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Sentyabr 2006, 08:00:58

6. Ba’zi kattalar voyaga yetgan farzandlarini «rahmdillik» yuzasidan «hali yoshsan» yoki «charchaysan» yoxud «o‘qishingga (ishingga) xalal beradi» degan bahonalar bilan ro‘za tutishdan qaytaradilar. Holbuki, ularni ro‘za va namozga buyursalar, katga mehribonlik ko‘rsatgan bo‘ladilar.

7. Ro‘za tutadigan kishi ro‘zani buzadigan amallarni bilmay yurishi juda katta xatodir. Kishi ro‘zasi sahih bo‘lishi uchun ramazondan avval ro‘za hukmlarini yaxshilab o‘rganmog‘i lozim.

8. Muslima ayollar ko‘chaga yasan-tusan qilib, atir-upalar sepib chiqishlari va ovozlarini ko‘tarib gapirishlari juda katta xatodir. Muslimalar, chin ma’noda mastura bo‘lingiz!

9. Ramazonning oxirgi o‘n kunini ba’zi birovlar kiyim-kechak tanlash, hayitdagi turli «rasmiy marosimalarga tayyorlanib, tuxum, sariyog‘ xarid qilish bilan o‘tkazadilar. Nahot Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga shuni o‘rgatgan bo‘lsalar?! Axir u zot oxirgi o‘n kunlikda O‘zlarinn ibodatga bag‘ishlab, bellarini mahkam bog‘lab, tunlari bedor bo‘lib, ahli oilalarini ham Alloh ibodati uchun uyg‘otar edilar.

10. Bolalarni yoshligidan ro‘za tutishga o‘rgatib borish zarur. Toki ular ibratga ko‘niksinlar va odat qilsinlar. Robe’ binti Muavviz aytadi: «Bolalarimizga ham ro‘za tuttirar edik. Ularga jundan o‘yinchoq yasab berardik. Birontasi ovqat deb yig‘lab qolsa, iftorgacha o‘yinchoq berib ovutar edik» (Imom Buxoriy rivoyati).

11. Ro‘zador baqirib-chaqirmasdan, nojoiz so‘zlarni ishlatmasdan, og‘ir-vazmin bo‘lib yurmog‘i kerak. Chunki ro‘za faqat yeb-ichishdan emas, gunoh-ma’siyatlardan tiyilish, yomon xulq va so‘zlardan saqlanish hamdir.

12. Ro‘zador ramazonning qimmatli kunlarini uyin-kulgi, bema’ni kinolar tomoshasi va boshqa ko‘ngilxushliklar bilan isrof qilmasligi lozim. Aqlli mo‘min bag‘oyat qimmatli ne’matni arzimas xasga almashtirmaydi!

Qayd etilgan


Muslima_subh  11 Sentyabr 2006, 12:47:56

As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
AbdulAziz Alloh rozi bo'lsin, haozirgi hayotimizdagi xatolarni shundan ko'zguga qo'yib qarang degandey aniq yozibsiz, ha biz g'ofilmiz va g'ofil holda yashab kelyapmiz! Ramazonda shaytonlar bog'lansada, ro'zador bo'lsak-da, shayton sabab bo'lmagan gunoh ishlarni qilamiz, g'aflatda yotamiz! Alloh hammamizni hidoyatga boshlasin!

Qayd etilgan